Mavzu: Bolaning intelektuval bilish malakalarini shakillantirish


Ertalabki soatda “Onalarga kim qanday yordam beradi” mavzusida suhbat o’tkazish



Yüklə 42,84 Kb.
səhifə7/14
tarix27.09.2023
ölçüsü42,84 Kb.
#149803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Mavzu Bolaning intelektuval bilish malakalarini shakillantirish-www.hozir.org

Ertalabki soatda “Onalarga kim qanday yordam beradi” mavzusida suhbat o’tkazish.
Ish, loyihalar, oila yumushlari bilan to’la hayotimizda farzandlar uchun ham vaqt ajratish ularda ijobiy xislatlar shakllanishida juda ahamiyatli.
Quyida bolalar bilan mazmunli vaqt o’tkazishning bir qancha usullari bilan tanishtiramiz.
1. Farzandlaringiz bilan yolg’iz qolishni rejalashtiring. Bir ayol o’zining maktabdan keyin onasi bilan o’tkazgan eng samimiy suhbatlarini yodga oladi: onasi ataylab dazmollashni kunning aynan shunday vaqtiga rejalashtirgan-ki, toki ishlab turib ham qizi bilan suhbatlashishga qulay fursat bo’lgan. Juma kunlari «oila oqshomi» deb belgilangan va hech kim bu oqshomni ko’chada o’tkazmagan.
Tufts universiteti psixologi David Elkind ota-onalarga ovqat vaqtida kuni bo’yi erishgan yutuqlari haqida suhbatlashish hamda ular duch kelgan muammolarini hal qilishga yordam berishni odatga aylantirishni maslahat beradi.
2. Siz farzandlaringiz bilan birga bajarishga qiziqadigan mashg’ulotlar toping.
Bolalar ota-onasi sevib bajaradigan mashg’ulotlarni tez o’zlashtirishadi. Va ular qachon aldayapsiz va qachon o’zingizni ular bilan o’tirishga majburlayotganingizni ham yaxshi sezishadi. O’zingizga ham yoqadigan mashg’ulotlarni toping. Kichkina o’yinlar orqali ularni kattaroq mashg’ulotlarga o’rgatib borish mumkin. Sekin-sekin farzandlaringiz orasidan o’zingizning keyingi kuchli raqiblaringiz tarbiyalana boshlaydi.
Boshqa bolalar ota-onalaridagi sayr qilishdan rohatlanish tuyg’usini «yuqtirib olishadi». Olti bolaning onasi o’z xotiralarida «Montana(Ameriakdagi shtatlarning biri)da qish kunlarida o’ta sovuq bo’lishidan qat’iy nazar to’ng’ich o’g’lim bilan har kechqurun ko’chada sayr qilar edik» Hozir ham o’g’li balog’atga yetgach, dam olishni xohlab qolsa, sayrga chiqishini afzal ko’radi.
Ertalabki qabulni mustaqil o’tkazish, Elementar matematika uslubiyatidan ochiq mashg’ulotlarni kuzatish.
Bolalar bog`chalarida tarbiyalanuvchilar uch guruhga bo`lingan holda tarbiyalanadilar, ya'ni: kichik guruhlar, o`rta guruhlar, katta guruhlar. Olib borilayotgan mashg`ulotlarning mazmuni ularning yoshiga va qobiliyatiga mos holda tashkil etiladi.
Maktabgacha yosh davri- bolalarning rivojlanishidagi muhim bosqich bo`lib hisoblanadi,bu davrda ularning fiziologik,psixologik,jismoniy, ruhiy,ma'naviy, axloqiy,aqliy jihatdan rivojlanadi va shu bilan birgalikda insonlarga mеhr oqibatlt bo`lish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat qilish kabi bir qator insoniy fazilatlarni tarbiyalashga zamin yaratiladi.Shu boisdan maktabgacha tarbiya muassasalarida mazkur maqsadlarga ko`ra kator ishlarni olib borish, shu jumladan, turli didaktik o`yinlar tеxnologiyalaridan foydalanish va boshqa vositalar orqali bolalarning elеmеntar matеmatik tasavvurlarini shakllantirish shakllantirish, ularni har tomonlama barkamol, jismonan sog`lom,aqlan yеtuk, ruhan tеtik qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O`yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy fazilatlaridan biridir. Bola hayotining asosiy qismini o`yin bilan o`tkazadi. «Bola uchun o`yin- voqеlik-dеb yozgan edi K.D.Ushinskiy,-binobarin, tеvarak atrofdagi voqеlikdan ko`ra ancha qiziqroq voqеlikdir. U bolaga xususan tushunarli bo`lgani uchun qiziqdir, o`yin bolaga shuning uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o`zi yapatgan narsa bor Didaktik o`yinlar orqali bolalarning faoliyati musiahkamlanashi bilan birgalikda turli xil shakllar to`g`risidagi ma'lumotlarni bеrish orqali bolalarning elеmеntar matеmatik tasavvurlari shakllanib boradi. Didaktik o`yinlar orqali bolalar faoliyati mustahkamlanadi, hayot haqidagi ilk tasavvurlari, jonli va jonsiz tabiat haqidagi o`y fikralri, turli buyum prеdmеtlarning ko`rinishi, nomi, rangi, shakli,tuzilishi, o`simlik va hayvonot olamidagi rang-baranglikni anglaydilar.


Yüklə 42,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin