Mavzu Bolaning intelektuval bilish malakalarini shakillantirish-www.hozir.org
Bolalar bilan odobnoma mashg’ulotlarini tashkil etish, suhbat o’tkazish. Ma’lumki o’qish va odobnoma darslari mazmuni va vazifasi jihatdan bir-biriga yaqin bo’lib, ushbu fanlarni inntegratsiyalash imkoniyatlari juda keng va qulay. O’qish darsllari o’quvchillar og’zaki nutqini o’stirish bilan birga bir qator tarbiyaviy vazifalarni amallga oshiradi. Odobnoma darslariniing asosi maqsadi esa o’quvchillarni har tomonlama, milliy an’analarimizga xos tarzda tarbiyalashdir.
Fanlarni o’zaro integratsiyalshdan aasosiy maqsad o’quvchiarga berilayotgan bilimlarni takrorllanishini oldini olish, bir hillikka barham berish va vaqtni tejab qolishdir. Shunday ekan yuqorida ko’rib o’tilganidek inegtratsiyalash orqali biz juda ko’p vaqtni tejagan holda o’quvchilarga har tomonlama puxta billlim berishimiz va darslarni qiziqarli tashkil etishimiz mumkin bo’ladi.
Oqish va odobnoma fanlarini integratsiyalsh haqida bugungi kunda juda ko’p baxs-munozaralarni ko’rishimiz mumkiin. Ayrim mutahassislar fikriga ko’ra har ikki fanni birlashtirgan holda yagona integrativ kurs tashkil qilish bo’yicha takliflar ham bo’lgan. Masalan: NamDU 2006-yil boshlang’ich ta’lim kafedrasi magistranti Egamberdiyeva Go’zalning “Boshlang’ich sinflarda ta’lim jarayonini integratsiyalashtirishning pedagogik texnonlogiyasi” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasida boshlang’ich sinfllarda integratsiyalashuv masalalri bilan birgalikda o’qish, odobnoma hamda tasviriy san’at fanlarini integratsiyalanib alohida “Odobli o’qish san’ati” chegara fani hosil qilingan.5 Bunda fanlardagi bir-biriga yaqin mavzular qisqartirilib tasviriy san’at bilan birgalikda yangi fan hosil qilinganin ko’rishimiz mumkin. Ushbu magistrlik dissertatsiyasidagi chegara fan albatta har uchala fanning o’quv dasturidan kelb chiqqan holda tuzilgan. Lekin bu yerda birincnidan, chegara fanning nomi fikrimizcha bohqacharoq bo’lishi lozim. Ya’ni agar biz uning nomiga e’tibor beradigan bo’lsak, “Odobli o’qish san’ati,”albatta, chegara fan nomi integratsiyaga kirishayotgan fanlar nomidan kelib chiqadi, lekin bu yerda fan nomi notog’ri tanlangan.