Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida Tabiiy fan dasturidagi geografiyaga oid tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari Reja



Yüklə 19,8 Kb.
tarix14.06.2023
ölçüsü19,8 Kb.
#130395
12-Mavzu Geografiya


Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida Tabiiy fan dasturidagi geografiyaga oid tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari
Reja
1.Tabiiy geografiya kursining vazifalari, mazmuni va tuzilishi
2. Kurs mazmunini o‘rganish metodlari.
3. Tabiiy geografiya kursida darslar tizimi.

Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi maktab geografiyasi kurslari ichida yerimiz tabiiy geografiyasini urganishni boshlab beruvchi birinchi regional predmet xisoblanadi. Bu kurs o‘quvchilarda materiklar va ularning yirik qismlari xaqida tasavvur va tushunchalar tizimini shakllantirishga xizmat qiladi. 5-sinfda egallangan qator yakka va umumiy tabiy geografik tushunchalarni mustaxkamlashda va ularga tayangan xolda qator yangi tushunchalar tizimini xosil qilishda kursning axamiyati katta. O‘quvchilarning 4-sinfda iqlim, relyef xaqida olgan umumiy tushunchalari kurs misolida yanada oydinlashadi va yangi tushunchalar bilan boyitiladi. O‘quvchilar materiklarni o‘rganish jarayonida qator yangi tushunchalarni egallaydilar. Jumladan Afrika iqlimi mavzusida passatlar, izotermalar, iqlim xosil qiluvchi omillar, iqlim mitntaqalari, iqlimning vaqt o‘tishi o‘zgarish va x.k. shular jumlasidandir.


O‘quvchilar kurs misolida tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi murakkab aloqadorlik masalalarini xam chuqurroqo‘rganishga kirishadilar.Tabiatning rivojlanish qonuniyatlarini, tabiiy muxitning bevosita ichki va tashqi kuchlar ta’sirida o‘zgarishini materiklar misolida bilib oladilar va o‘rganadilar.Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi inson xo‘jalik faoliyatining qit’alar tabiatiga ta’sirini xam tadqiqqiladi.Kursda o‘quvchilarning mavjud kartografik tasavvur va tushunchalari yanada chuqurlashadi va bu bilimlarning aksariyati ko‘nikma va malakalar darajasiga yetadi, oqibatda ular materiklar va okeanlar kartalarini ukiy olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Kursni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar quyidagi bilimlar tizimini egallaydi:
1. Har bir materikning tabiiy geografiyasi xaqidagi tushunchalar.Geografik o‘rin, materikning kattaligi, qirgoq tuzilish, relyefi, iqlimi, tabiiy resurslari;
2. Xar bir materikning faqat o‘ziga xos xususiyatlarini, uning boshqa materiklardan farqini, tabiat elementlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni;
3. Tabiat zonalari va tabiiy geografik rayonlarini xamda ularga xos bo‘lgan xususiyatlarni;
4. Materiklarni kashf kilgan va tadkik etgan buyuk sayyox va olimlar faoliyatini;
5. Sayyoramizdagi tabiiy geografik obyektlarni (dengizlar, qo‘ltiqlar, bo‘g‘ozlar, tog‘lar, yassi tog‘liklar, tekisliklar va ularning xilma xil turlarini, orollar va yarim orollarni, daryolar va ko‘llarni);
6. Dasturda berilgan geografik nomlarni, faqat xar bir materik uchun xos bo‘lgan belgilarni esda saqlashi va ularni kartada topa olishlari kerak;
7. Yer sharidagi yirik davlatlarni, xalqlarni bilishi, dunyo siyosiy kartasi xaqida tasavvurga ega bo‘lishi, materiklar va tabiiy georafik rayonlarda istiqomat qiluvchi xalqlarning xo‘jalik faoliyati xaqida bilim va tasavvurlarga ega bo‘lishlari;
8. O‘quvchilar davlatlarni va ularning poytaxtlarini kartadan topa olishlari kerak. Xozirgi kundagi siyosiy kartadagi eng muxim o‘zgarishlarini bilishlari;
9. Materiklarning tabiiy geografik xususiyatlari bilan boglik bulgan tushunchalarni (relyef tiplarini, toglar va tekisliklarning kelib chikishi, materiklar relyefining vakt utishi bilan uzgarishini, yer iqlimlarini, yerdagi iqlim xosil qiluvchi omillarni, iqlim bilan relyefning aloqadorligini, tabiiy va vertikal zonallikni, iqlim va geografik mintaqalarni, inson bilan tabiatni o‘zaro aloqadorligi bilan bog‘liq bo‘lganjarayonlarni tabiatning inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida o‘zgarishini) egallashlari kerak.
10. Materiklar va okeanlarga oid bo‘lgan kartografik bilim, ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. Kartalarni mazmuni va tematikasiga ko‘ra ajrataolishi, xilma xil kartalardan foydalana olishlik, kartalardan bilim manbai sifatida foydalana olishni. Geografik obyektlarga (maxsus rejalar bo‘yicha) karta asosida ta’rif berishni, aloxida davlatlarni karta asosida tariflay olishni va x.k.larni.
Quyida Yevrosiyo materigi bo‘yicha o‘quvchilar egallashi zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga misollar keltiramiz.
1. Yevrosiyoning geografik o‘rni, qirg‘oqlari, rel’fi va foydali qazilmalari, iqlimi, ichki suvlari.
2. Yevrosiyoning iqlim va tabiat zonalari, ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik, mo‘tadil, arktika, subarktika iqlim mintaqalariga xos bo‘lgan eng muxim xususiyatlarni.
3. Yevroosiyo tabiat zonalarining iqlimi, tuproqlari, o‘simlik va xayvonot dunyosi xaqida tasavvurlarga ega bo‘lishlari.
4. Yevrosiyo xududidagi eng muxim tabiiy geografik obyektlarni; quyidagi obyektlar xaqida tasavvur va tushunchalarga ega bo‘ladilar.
O‘rta dengiz, Bering dengizi va bo‘g‘ozi, Arabiston dengizi, Gibraltar bo‘gozi, Bolqon, Arabiston, Xindiston, Xindixitoy yarim orollarini, Yaponiya, Indoneziya orollarini, Sharqiy Yevropa, G‘arbiy Sibir tekisliklarini, Alp, Kavkaz, Pomir, Oltoy, Tyanshan, Ximoloy, Kunlun toglarini, Vezuviy, Fudzyama, Klyuchi Sopkasi, Krakatu vulqonlarini, Ob, Yenisey, Lena, Volga, Gang, Yanszi, Xuanxe, Tigr, Amudaryo, Sirdaryo, Dnepr, Dnestr daryolarini, Kaspiy, Orol, Baykal, Balxash, Issiqko‘l, Zaysan ko‘llarini, Gobi, Taklamakan, Qoraqum, Qizilqum cho‘llarini.
5. Yevroosiyedagi eng yirik xalqlarni ularning qayerda yashashligini;
6. Siyosiy kartadan quyidagi davlatlarni topa olish; Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Eron, Afgoniston, Xindiston, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya va boshqalar.
Yirik shaharlar: Tokio, Shanxay, Pekin, London, Parij, Dexli, Texron, Istambul, Jakarta, Moskva va x.k.
7. Yevrosiyo materigidagi passatlar, issik va sovuq izotermalar, passatlarning yog‘inlar taqsimlanishidagi ro‘lini, tabiat zonalarini, tekisliklar va tog‘lardagi tabiiy sharoitning o‘zgarish sabablarini;
8. Tayyor rejalar orqali kartalar asosida materik rel’fini ta’riflay olishi materikning u yoki bu xududidan istalgan nuqtagacha bo‘lgan masofalarni aniqlay olishi, tematik kartalarni qiyoslay olishi. Oddiy iqlim grafiklari va diagrammalarini tuza olishi...
9. Daryolar, dengizlar, ko‘llarni eng oddiy rejalar asosida ta’riflay olishi.
10. Tabiat elementlari o‘rtasidagi sabab aloqadorlikni o‘rnata olishlari talab etiladi.
Barcha materiklarni o‘rganish tartibi quyidagi reja asosida o‘rnatilishi talab etiladi.
1)Geografik o‘rni. 2) Kattaligi. 3) Chegaralari. 4) Qirgoqlari. 5)O‘rab turgan dengiz va okeanlari. 6) Qisqacha kashf etilish tarixi, tadqiq qilgan qishilari xaqida. 7) Relyefi va foydali qazilmalari. 8) Iqlimi. 9) Ichki suvlari. 10)Tuproqlari. 11) O‘simliklari. 12) Xayvonot dunyosi. 13) Axolisi va siyosiy kartasi. 14) Materikning yirik tabiiy rayonlari va oblastlari (dasturda berilgan bulsa). Bu kursni urganish quyidagi maqsadlarni o‘z ichiga oladi:
- O‘quvchilarda mavjud tabiiy-geografik bilimlarga tayangan xolda geografik qobiqning yagona TTK ekanligini, umumiy geografik qonuniyatlarini, sayyoramiz axolisi va ularning xujalik faoliyati, inson bilan ta- biat urtasidagi muxim aloqadorlik jarayonlarni, materiklardagi yirik davlatlarni;
-Tabiat bilan jamiyat urtasidagi muammolarni, o‘quvchilarda tabiat xodisalariga nisbatan tugri ilmiy dunekarash shakllantirish;
- Materiklarni kashf etgan, tadqiqqilgan sayyox va olimlar faoliyatini uz vataniga muxabbat, dunedagi barcha xalk va millatlar bilan xamdustlik, tabitga nisbatan mexr muxabbat, nafosat tarbiyalarini singdirish;
-Kursni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan taxlil, qiyoslash, umumlashtirish kabi fikrlash usullarini o‘quvchilarda shakllantirish;
- Kurs mazmunini o‘zlashtirishda qo‘l keladigan zamonaviy metodlarni qo‘llash…
O‘rta osiyo tabiiy geografiyasi maktab geografiya kurslari ichida aloxida ta’limiy axamiyatiga ega. O‘quvchilar kursni o‘rganish jarayonida quyi sinflarda egallagan tabiiy-geografik bilimlarni, yuqori ilmiy darajada mustaxkamlaydi va ularni ma’lum tizimga solishda yordam beradi. Kurs o‘quvchilarni ekologik tarbiyalashda xam katta axamiyatga ega. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasining vujudga kelishini mustaqillik maxsuli deb bemalol ayta olamiz. O‘quvchilar buyuk vatanimiz joylashgan tabiiy o‘lka –O‘rta Osiyoning o‘ziga xos tabiiy xususiyatlarini o‘rganadi. Kursni o‘rganishning bosh maqsadi nafaqat bilim, ko‘nikma va malakalar shakllantirish balki TXKlar mavjud bo‘lishlik g‘oyasini bilib olishga imkon beradi. O‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi o‘quvchilarda quyidagi dunyoqarash g‘oyalarini shakllantirishga imkon yaratadi.
- TXKkomponentlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘likliq, aloqadorlikni, tabiatning tuxtovsiz rivojlanishiga olib kelishligini;
- Tabiat kompleksining bir butunligini, uning komponentlaridan birontasi uzgarishi kompleksning boshka kismlari uzgarishiga olib kelishligini;
- Tabiiy xodisa va jarayonlarning ritmikligini (tog‘ xosil bo‘lish jarayonlarida, tabiatdagi mavsumiy xodisa va jarayonlarda);
- TXK va ularning shakllanishida yer qobigi va iqlimning yetakchi ekanligini;
- Tabiatda suvning aylanishi, quyosh energiyasining taqsimlanishini;
- Inson va jamiyat xayotida tabiiy muxitning yetakchi ekanligini;
- Tabiatni urganishda geografik kartalar, atlaslarning ro‘lini;
- Asta-sekinlik bilan xar bir o‘quvchidan mustaqil fikrlay oladigan yetuk shaxslarni tarbiyalash vazifasini qo‘yadi.
Yetuk shaxslarni faqatgina ijodiy va mustaqil faoliyat orkaligina shakllantirish mumkin. Ma’lumki ukuvchilar Sobik Sovetlar mamlakati davrida nafakat mamlakatimizni, balki bizga qo‘shni bulgan xududlar tabiiy geografiyasini urganishdan maxrum edilar. Bunday imkoniyat faqat mustaqillik yillardagina paydo buldi. qachonki o‘quvchilar o‘zlari yashab turgan joyga yakin bulgan xududlar tabiiy geografiyasini puxta egallasalar, uz vatani tabiiy geografiyasini xam kizikish bilan urganishga asos solinishi mumkin. Eng muximi ukuvchilarda atrof - muxitga nisbatan tugri dunyokarash shakllantirishda bu kurs katta axamiyatga ega. O‘rta osiyo tabiiy geografiyasini urganish jarayonidagi asosiy e’tibor o‘quvchilarda bu kursning asosiy tushunchasi bo‘lgan tabiiy xududiy kompleksni (TXK) o‘quvchilar ongida shakllantirishdan iborat. O‘quvchilarning bu tushuncha moxiyatini egallashi ularda tabiatning bir butun ekanligini va uning o‘ziga xos tabiiy sharoitga ega ekanligini tushunishga yordam beradi. Bu orqali
- Xududning geologik tuzilishi bilan relyefi o‘rtasidagi bog‘liqlikni;
- Tabiiy sharoit va resurslardan oqilona foydalanishni;
- O‘rta Osiyo tabiatini qo‘riqlash muammolarini va uni ifloslanishdan saklash yullarini;
- Tabiatni qo‘riqlash va asrashda maxalliy xalqlarning milliy an’analari va urf- odatlariga oid ma’lumotlarni bilib oladilar. O‘quvchilar mavzularni o‘rganishda ular dunyoqarashini shakllantirishga oid bo‘lgan ko‘pgina bilimlarni xam egallaydilar. Masalan, O‘rta Osiyoning geologik tuzilishi va relyefi mavzusida o‘quvchilar o‘lka relyefi litosferaning uzoq davom etgan rivojlanishi, xamda yer kobigining ichki va tashki kuchlar ta’sirida yemirilishi okibati ekanligini bilib oladilar. Ulka ichki suvlarini urganishda ilgari egallangan nazariy va faktik materiallar asosida daryolarga xos bulgan xususiyatlarni, oqimi, suv sarfi, eroziya turlari va boshqalarni bilib oladilar. Yuqoridagi xususiyatlarning vujudga kelish sabablari dar bilan relyef, uni tashkil qilgan tog jinslari, joyning geologik strukturalari bilan bog‘liq ekanligini xam mushoxada qilib o‘rganadilar. Daryolar rejimi, daryolarning mavsumiy jarayonlari, yillik suv sarfi bevosita iqlimga, tabiatning boshka komponentlariga, xamda insonning xujalik faoliyatiga aloqador ekanligini o‘rganadilar. Darslarda ukuvchilar dunyoqarashini rivojlantirishga oid bo‘lgan topshiriqlarni mustaqil bajarishlari tabiiy geografik bilimlarning puxta bo‘lishini ta’minlashga yordam beradi. Ukuvchilarga bu borada dunekarash shakllan-tirishga oid bulgan mustakil topshiriklar berish yanada yaxshi natijalar be-radi.
Darslarda yuqoridagi tarzda va unga uxshash topshiriklarni bajarish ukuvchilarda nafakat kunikmalarni shakllantirishga, balki ularda mantikiy fikrlash xulosalar chikara olish, geografik konuniyatlarga oid topshirik-larni mustakil yecha olish kabi xislatlarni tarbiyalashga imkon yaratadi. Kursning ta’lim - tarbiyaviy axamiyatini xar bir mavzuda ruyobga chikara olish lozim. Shundagina kuzlangan maksadga erishish mumkin.
NAZORAT UCHUN SAVOLLARI
1. Hozirgi maktab geografiyasining mazmuni qachon ishlab chiqilgan? 
2. Geografiyani fundamental fanlar qatoriga qо‘shilishiga qaysi omillar sabab?
3. Maktab geografiyasi kurslarini takomillashtirish qanday yо‘nalishlar bо‘yicha olib borilgan?
4. Geografiyani ayrim kurslarini о‘rganish tartibini aytib bering ?
Yüklə 19,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin