MUNDARIJA: Kirish Asosiy qism Kompyuter va axborot texnologiyalari tushunchasi mazmun va mohiyati.
Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash tamoyillari.
Kompyuter texnologiyalarini o`quv jarayonida qo`llash vositalari.
Elektron o`quv qo`llanmadan o`quv jarayonida foydalanishning pedagogik asoslari.
Elektron o`quv adabiyotlarga qo`yiladigan talablar.
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH O`zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da o`quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi yetarli emasligi, yuqori malakali pedagog-kadrlarning yetishmasligi, sifatli o`quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta`lim tizimi, fan va ishlab chiqarish o`rtasida puxta o`zaro hamkorlik va o`zaro foydali aloqadorlikning yo`qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sarasiga kiradi, deb ko`rsatib o`tilgan. Shuning bilan bir qatorda, ilg`or pedagogik texnologiyalarni yaratish va o`zlashtirish yuzasidan maqsadli inovatsiya loyihalarini shakllantirish hamda amalga oshirish orqali ilm-fanning ta`lim amaliyoti bilan aloqasini ta`minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ilg`or axborot va pedagogik texnologiyalarni amalga oshirish uchun tajriba maydonchalari barpo etish orqali esa ilmiy tadqiqotlar natijalarini ta`lim-tarbiya jarayoniga o`z vaqtida joriy etish mexanizmini ro`yobga chiqarish, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuterlar tarmoqlari negizida ta`lim jarayonini axborot bilan ta`minlash rivojlanib borishi belgilab qo`yilgan.
Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo`yicha vazifalarni hal etish uchun O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002- yil 30-mayda chiqargan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g`risida” gi Farmoni va ushbu farmonning bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 6-iyunda qabul qilgan “2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” to`g`risidagi qarorlarini keltirish mumkin Hozirgi axborot texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan pedagogik dasturiy vositalarda multimedia elementlaridan foydalanib, elektron o`quv adabiyot, kurs, kitob va virtual stendlar yaratish imkoniyatlari mavjud.