An`anaviy (bosma) o`quv adabiyotlari - ta`lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma`lumotlar hajmi, shriftlari, qog`oz sifati, muqova turi va boshqa ko`rsatkichlarni hisobga olgan holda qog`ozda chop etiladigan manba.
Elektron o`quv adabiyotlari - zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma`lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni muloqot usulida taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatlariga ega bo`lgan manba.
Elektron o`quv adabiyot (elektron o`quv adabiyot )ning o`quv jarayonida o`quv-materiallaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar yaratadigan o`quv vositasi sifatida alohida o`rni bor.
Tajribadan ma`lumki, inson eshitish a`zolariga nisbatan ko`rish a`zolari yordamida olingan ma`lumotlarni 5 marotaba ortiq eslab qolishi mumkin. Eshitish a`zolaridan farqli ravishda ko`rish a`zolaridan olinayotgan ma`lumotlar qancha kodlashtirilmay, to`g`ridan-to`g`ri xotiraga o`tadi va uzoq saqlanadi.
Elektron o`quv adabiyot an`anaviy darslikka qaraganda o`quv materiallarini namoyish qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. elektron o`quv adabiyot talabalarning ko`proq mustaqil ishlashlari uchun mo`ljallangan didaktik funksiyalarni bajarish bilan bir qatorda, o`quv jarayoniga qo`yilgan barcha talablarga javob berishi kerak.
Shunday qilib, elektron o`quv adabiyotlarni ta`lim jarayoniga tadbiq etishda ularning pedagogik tomonlaridan tashqari, psixologik va gigiyenik tomonlarini ham e`tiborga olish talabalarning intellektual qobiliyatlarini va ularning bu jarayonda faol ishtirok etishini ta`minlaydi.
Elektron o`quv adabiyotlarga qo`yiladigan talablar. Ana`naviy darslikdan elektron o`quv adabiyotning afzalligi uning “intellektual” kuchga ega bo`lishi bilan bir qatorda ma`lumotlarni o`z vaqtida va kerakli joyda taqdim etish imkoniyatga ega ekanligidadir. Elektron o`quv adabiyot ma`lum bir predmet bo`yicha barcha tegishli o`quv materiallarini o`zida ifoda etgan bo`lishi kerak. Uning intellektual darajada bo`lishi esa o`z navbatida oddiy darslikka nisbatan bir qator afzalliklarni tug`diradi. Masalan, ma`lumotlarni tez izlab topish, mavzularni o`zlashtirish darajasini multimedia va grafika elementlari yordamida amalga oshirish va hokazo.
Har bir elektron o`quv adabiyot alohida ko`rinishda bo`lishi va ma`lum bir standart talabiga javob berishi lozim. Elektron o`quv adabiyot - kompyuterli o`quv uslubini qo`llashga va fanga oid o`quv materialining har tomonlama samarador o`zlashtirilishiga asoslangan o`quv adabiyoti bo`lib, to`rt toifaga bo`linishi mumkin:
1-toifa: o`quv materialini faqat verbal (matn) ko`rinishida taqdim etadigan;
2-toifa: o`quv materialini verbal (matn) ikki o`lchamli grafik shaklida taqdim etadigan;
3-toifa: «multimedia» (multimedia - ko`p uslubli) darsligi, ya`ni ma`lumot uch o`lchamli grafik ko`rinishda, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklida taqdim etiladigan multimediali elektron o`quv adabiyot;
4-toifa: material ovozli va uch o`lchamli fazoviy ko`rinishda bo`lib qolmasdan, taktik (his qilinuvchi, seziladigan) xususiyatli ma`lumotlar vositasida bayon qilinib, o`rganuvchini "ekran olamida" stereo nusxasi tasvirlangan real olamga kirish va undagi ob`yektlarga nisbatan harakatlanish tasavvurini yaratadigan elektron o`quv adabiyot.
Barcha toifadagi elektron o`quv adabiyotlar o`quv jarayonining samaradorligini oshirishda va talabalarning mustaqil bilim olishlari hamda masofadan o`qitishni tashkil qilish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Elektron o`quv adabiyotlaridan foydalanishdan asosiy maqsad yangi axborot - ta`lim uslubini shakllantirish, zamonaviy axborot-pedagogik, axborot va kompyuter texnologiyalarini qo`llash orqali ta`lim jarayonining samaradorligi, sifati va unumdorligini oshirish, uzluksiz ta`lim tizimida zamonaviy o`quv manbalari elektron - o`quv adabiyotlarini keng qo`llash, ularning ma`lum ma`noda kutubxonalarini tashkil etish, ta`limning masofadan o`qitish usullarini amalda joriy etish va umumjahon elektron o`quv tizimiga kirishdan iborat.
Elektron o`quv adabiyotning xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
o`quv materialini multimedia, ya`ni ma`lumot berishning vizual, gipermatn, ovoz shakllaridan foydalangan holda taqdim etilishi;
turli o`quv adabiyotlari - darslik, lug`at, masalalar to`plami va amaliy - laboratoriya mashg`ulotlari uchun tegishli barcha o`quv qo`llanmalarining bir joyda jamlanishi;
o`rganuvchi va o`rgatuvchi o`rtasida o`zaro bevosita aloqa o`rnatilishi;
o`qituvchining o`quv jarayonini boshqarish va nazorat qilish vazifalarining ma`lum qismini kompyuterli o`quv vositalari zimmasiga yuklash imkoniyati;
talaba tomonidan qabul qilinadigan - maslahat, tushuntirish, ma`lumotni izlash bo`yicha savol-javob va bilimni o`zlashtirish darajasini nazorat qilishni tezkor uslubiga o`tish imkoniyati;
kompyuter vizualizatsiyasi orqali o`rganilayotgan ob`yektning kompyuterdagi imitasiya modellaridan foydalanish;
o`quv materialiga nisbatan yengil o`zgartirishlar kiritilishi va takomillashtirish imkoniyatlarining yaratilishi;
o`quv materiali yaratish va adadlashning arzonligi;