Mavzu: “Boshlang’ich sinf


Ona tili darslarida lug’at ishi va uning bayon yosishdagi ahamiyati



Yüklə 308,24 Kb.
səhifə14/30
tarix21.06.2023
ölçüsü308,24 Kb.
#133545
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30
Bitiruv malakaviy ishi

Ona tili darslarida lug’at ishi va uning bayon yosishdagi ahamiyati.


Boshlang'ich sinflar o'quv dasturida „Ona tili, o'qish bolalarning lug'atini boyitish, bog'lanishli nutqni o'stirish, adabiy - estetik tafakkurini kamol toptirish, nutq madaniyatini shakllantirish, nutq ta'sirchanligini ta'minlashning muhim omilidir”, deyiladi. Bu vazifalar grammatik mavzularni o'rganish, mashq
matnlarini kuzatish va tahlil qilish, maxsus lug'aviy-grammatik mashqlar orqali bajariladi.
Ona tili o'qitishning bosh maqsadi ham tilning jamiyatda tutgan o'rni, vazifasi bilan belgilanadi. Til — aloqa vositasi, chunki so'zlovchi fikr- mulohazalarini til orqali bayon qiladi, tinglovchi esa til vositalari orqali ro'yobga chiqqan fikrni anglaydi.
Ona tili fani o'quvchilarni fikr bayon qilish va uni uqib olish faoliyatiga tayyorlaydi. Fikr til vositasida ro'yobga chiqadi, shu sababli har bir kishi tilni va undan foydalanishni bilishi zarur. Tilni bilish, tilning grammatik qonun- qoidalarini, ta'riftni o'zlashtirishgina emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan amaliy foydalana bilish hamdir, ya'ni fikrni og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, tushunarli va savodli ifodalay bilishdir. Bunga erishish uchun ona tili darslarida lug'at ustida ishlashga alohida e'tibor qaratish lozim.
Lug'at ishida so'zning ma'nosi, talafifuzi va imlosi e'tiborda tutiladi. Bular ustida ishlashdan asosiy maqsad ehtiyoj sezilgan paytda o'quvchilarning ulardan nutqda foydalanishlariga erishish, o'zgalar nutqini anglashlarini ta'minlashdir. Buning uchun o'qituvchi ona tili darslarida qo'llangan har bir so'zning va ta'limiy jarayonlarda: ekskursiya, o'zaro suhbat, turli tadbirlarda ishlatilgan so'zlarning ma'nosiga e'tibor bilan qarashi, ularning qaysilari maxsus ishlashni taqozo etishini belgilab olishi kerak.
Tilning lug'at boyligini o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi uchun ona tili darslarida so'zlar va ularning ma'nolari quyidagicha tanishtiriladi:

  1. O'quvchilarni notanish so'z va iboralar bilan tanishtirish. O'quvchilar darslikdagi so'z va iboralarga birinchi marta duch kelayotgan bo'lishi mumkin. Bu so'z yangi paydo bo'lgan so'z bo'lmasa ham, o'quvchi uning ma'nosini bilmaydi, demak, o'quvchi uchun yangi so'z hisoblanadi. Masalan, l-sinf „Ona tili" darsligida xabib (do'st), darparda (oyna o'rniga shaffof qog'oz yopishtirilgan deraza parda), mag'rur (kekkaygan, mag'rur — kamtor), kamol (har tomonlama yetuk, to'kis, kamol topmoq — xazon bo 'Imoq), xaroba (qarovsiz qolgan vayrona), qardosh (do'st, birodar, qarindosh-urug'), safdosh (harbiy xizmatda birga,

tashkilotda birga), sarkarda (qo'mondon, lashkarboshi), zeb (bezak, ko 'rk, husn),
qasr (hashamatli saroy, ko 'shk) kabi so'zlarga duch keladilar.
Bunday so'zlarning ma'nosini sinonimlar keltirib kengaytirish yo'li bilan, qarama-qarshi ma'noli so'zlar bilan izoh berish yo'li bilan, gap tuzish orqali ma'nosini yechish, rasmlar orqali tushuncha hosil qilish yo'li bilan tushuntirish mumkin. Bunday ishlash o'quvchilarda so'z ma'nolariga nisbatan sezgirlikni yuzaga keltiradi.

  1. Yüklə 308,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin