Mavzu: “Boshlang’ich sinf


Ta’lim sohasida 2016-yilda



Yüklə 308,24 Kb.
səhifə2/30
tarix21.06.2023
ölçüsü308,24 Kb.
#133545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bitiruv malakaviy ishi

Ta’lim sohasida 2016-yilda amalga oshirilgan ishlar o’quv muasasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash borasidagi ishlar izchil davom ettirildi.O’tgan yili hammasi bo’lib 540 dan ziyod ob’yekt, shu jumladan, 380 ta maktab, 160 dan ortiq kasb –hunar kolleji va akademik litsey tubdan yangilandi. Mazkur maqsadlar uchun qariyib 550milliard so’m sarflandi.Ushbu mablag’larning 120 milliard so’mdan ortig’i ta’lim muassasalarini o’quv, labaratoriya va ishlab chiqarish uskunalari, kompyuter va multimedia vositalari bilan taminlashga ajratildi.
2011-2016 –yillarda oily ta’lim muassasalarining moddiy texnik ba’zasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 19 ta oily ta’lim muassasasida qurilish, rekanstruksiya qilish, kopital ta’mirlash va jihozlash bo’yicha qiymati
230 milliard so’mlik ishlar bajarildi. Andijon davlat universiteti, Buxoro muhandislik – texnologiya instituti, O’zbekiston Milliy universitetida yangi o’quv binolari barpo etildi.
2015-yilda bir qator yangi institut va fakultetlar, o’quv-ilmiy markazlar ochildi.Toshkent tibbiyot akademiyasining stomatologiya fakulteti va hududlaridagi tibbiyot oily o’quv yurtlari negzida Andijon, Buxoro, Samarqand va Nukus shaharlarida filiallariga ega bo’lgan Toshkent davlat stomatologiya
institute tashkil etildi.Toshkent davlat sharqshunoslik institutida xitoyshunoslik fakulteti ochildi, shuningdek, ushbu institut qoshida Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharq ko’lyozmalari markazi tashkil qilindi.
Janubiy koreyalik sheriklar bilan hamkorlikda Toshkent shahrida Inxa universiteti tashkil etildi. Mazkur oliy o’quv yurtida axborot-komunikatsiya texnologiyalari sohasida , birinchi navbatda, dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish , axborot tizimlari va kompyuter tarmoqlarini boshqarish bo’yicha xalqaro standartlar darajasida yuqori malakali mutahasislar tayyorlandi. O’tgan yili oily ta’lim muassasalariga qabul qilishning takomillashtirilgan tizimi joriy etildi, ya’ni test sinovlariga informatika bo’yicha savollar kiritildi, mutahasislikka oid fanlar bo’yicha baholash ballari oshirildi. Bu esa oily o’quv yurtlariga tanlagan kasbini hisobga olgan holda, eng yaxshi tayyorgarlik ko’rgan abiturentlarni saralab olish imkonini beradi.5 Har bir ish ta’limga borib taqalganidan keyin, shuni aytish joizki, maktab o`quvchisining ma`naviy qiyofasini tarkib toptirish paytida uning shaxsiy tajribasini ijtimoiy axloq norma va qoidalarini o`zlashtirib olish uchun qulay zamin yaratadi. Shaxsiy tajriba va ijtimoiy talablardan biriga ta`sir ko`rsatib turgan vaqtda o`quvchi shaxsni harakatga keltiruvchi motivlarga aylanib qo`lgan e`tiqod va ideallar sestemasi yuzaga keladi. Ana shu asosda shaxsning ahloqiy barqarorligi, ya`ni odamning o`zi o`zlashtirgan printsiplariga va ularga mos keladigan xatt-harakatiga har qanday sharoitda ham sodiq bo`lib qolish qobilyati paydo bo`ladi. To'la savodxonlikka erishishning muhim omillaridan biri, o'quvchilar nutq madaniyati ustida ishlash, ularni og'zaki va yozma nutqlaridagi kamchiliklarni o'z vaqtida aniqlash va tuzatishdan iboratdir. Shuning uchun 1-4- sinf o'quvchilariga dars berish jarayonida bir turdagi yozma ishlar bilan chegaralanib qolmay, balki yozma ishning barcha turlari ustida mashg'ulot olib borish, o'quvchilarda fikrni keng ko'lamda va xilma-xil ravishda bayon eta bilish
qobiliyatini o'stirish lozim.

5 “Turkiston” gazetasi 2016-yil 15- yanvardagi soni


Biz yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bitruv malakaviy ishimizning mavzusini Boshlang’ich sinf o’quvchilarni bayon yozishga o’rgatish metodikasi” deb nomladik. Boshlang’ich sinf ona tili nazorat darslarini qay tarzda o’tkazilayotganini, o’quvchilar ona tili darslarini qay darajada o’zlashtira olishlarini, ko’rsatkichlar DTS talablariga mosligini aniqlashda quydagilarni o’z oldimizga maqsad qilib qo’ydik.

Yüklə 308,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin