Mavzu: “Boshlang’ich sinf



Yüklə 308,24 Kb.
səhifə6/30
tarix21.06.2023
ölçüsü308,24 Kb.
#133545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bitiruv malakaviy ishi

Ko’rgazmalilik - faol o’qitish metodlaridan biri. Fan va texnika taraqqiyoti ona tili o’qitish metodikasini boyitishga ham, ona tili o’quv xonalarining jihozlanishiga ham ijobiy ta`sir etadi. Hozirgi vaqtda diafilm, diapozitiv, epi- diaskop, filmoskop, magnitofon, radio, kino, hamda televideniye, elektr tochkali doskalar va boshqa texnika vositalari ona tili o’qituvchilarining juda yaqin yordamchisi bo’lib qoldi. Diapozitiv va diafilmlardan mavzuga doir lug’at tuzish,
og’zaki hikoya tuzish, ayrim rasmlar bo’yicha suhbat va grammatik mashqlar o’tkazish, yozma bayon va insho kabi ishlarda foydalanish mumkin. Bular o’quvchilar nutqini va mantiqiy tafakkurini, mustaqil ishlash qobiliyatini oshirish uchun xizmat qiladi. Diapozitiv va diafilmlar darsda kuzatilgan asosiy maqsad (bu mavzu bo’yicha o’quvchilarga bilim va malaka berish yoki ularni mustahkamlash)ni amalga oshirishda qo’shimcha vositaginadir. Shunga ko’ra, darsda diafilm namoyish qilish 5 daqiqadan ortiq vaqt olmasligi kerak.
«Temuriylar sulolasi» diafilmi ko’rsatiladi. Ayrim kadrlar namoyish qilinganda, magnitofonga yozib olingan izohiy ma`lumot (komentariy) ham eshittirilib turishi mumkin. Bu vaqtda o’quvchilarning ham eshitish, ham ko’rish faoliyati rivojlanadi. Diafilmdan so’ng o’quvchilarga ba`zi savollar beriladi. Masalan: Amir Temur kim? Temiriy avlodlarining oilasi a`zolarini sanang. Ulug’bek kimning farzandi edi?
So’ng o’quvchilar bayon yozadilar.
4 – sinfda aniqlovchi va to’ldiruvchilarni qaytarish mashqi (bayon) uchun
«Paxta haqida hikoya» diafilmidan foydalanish mumkin. Syujetli filmlar olinsa, faqat ayrim kadrlar ko’rsatiladi.
Bayon syujetli film asosida o’tkazilsa (masalan, «Mustaqillik yutuqlari»,
«Oltovlon va yettinchi», «Alovuddin va sehrli chiroq.», «Ona bitta, Vatan yagona» kabi) film ko’rsatilgach, o’quvchilar qayta hikoya qiladilar, reja tuzadilar.
Filmlar, ayniqsa, o’quvchilarning nutq faoliyatini faollashtirishda juda qulay vosita hisoblanadi. Darslarda ona tili o’qituvchilari qisqa metrajli (ekranlashtirilgan adabiy asar) badiiy filmlarni, ilmiy-ommabop filmlarni, ocherk-filmlar, ertaklar asosidagi filmlarni namoyish qilish orqali o’quvchilarning bilim va malakalarini o’stirish uchun katta imkoniyatlar yaratadilar.
Ona tili darslarida bog’lanishli nutqqa doir yozma ishlar diafilmlar asosida o’tkazilsa, eng avvalo manzara asosida o’quvchilar ijodiy misol o’ylab topadilar. So’ngra birbiriga bog’liq gaplar topishga o’tadilar. Masalan: Bahor fasli boshlandi. Bahor kelishi bilan havo iliy boshlaydi qorlar eriydi. Tabiat ko’rkamlashadi. Qushlar uchib kela boshlaydilar.
Yuqoridagi kabi bir-biriga bog’liq gaplar topish o’quvchilar tomonidan
«Bahorning boshlanishi» degan mavzuda yoziladigan ijodiy insholarga zamin hozirlaydi. O’quvchilarning fikrlash va nutq malakalarini o’stirish uchun teleeshittirish va telefilmlar ayniqsa ko’p material beradi. Teleeshittirishlar ona tili va rus tili, ona tili va chet tillari, til va adabiyot fanlari orasidagi aloqani yanada yaxshiroq ochishga imkon beradi.
Radio va magnitofon eshittirish o’quvchilar nutqini takomillashtirishda eng yaxshi vositadir. Ifodali nutq na’munalarini magnitofon orqali bir necha bor eshittirish mumkin. Bu o’quvchilarning eshitish va qayta eslash malakasini yaxshilaydi.
Magnitofondan o’tilganlarni takrorlash yoki turli yozma ishlar o’tkazishda ham foydalanish mumkin. Masalan: shaxs oti yasovchi qo’shimchalar bo’yicha lug’at diktant o’tkazishda o’qituvchi, temirchi, sinfdosh, paxtakor, bog’bon, oshpaz, mehnatkash, chorvador, tabiatshunos so’zlari texnika vositasida diktovka qilinadi, uni o’quvchilar yozadilar. O’z diktant o’quvchilarning yodda saqlash qobiliyatlariga bog’liq bo’lganligi uchun, uni o’qituvchi to’g’ridan-to’g’ri magnitofon yordamida o’tkazishi mumkin. 4-sinfda uyushiq bo’lak, umumlashtiruvchi so’zlarda tinish belgilarining ishlatilishini qaytarish mashqini quyidagicha o’tkazish mumkin: magnitofon lentasiga yozib olingan gaplarning har biri uch martadan qaytariladi; shu vaqtda gaplar orasida qanday tinish belgilari ishlatish mumkinligi o’quvchilardan so’rab boriladi: “Do’stlik” oromgohida o’zbeklar, tojiklar, ruslar, ukrainlar, yahudiylar, qozoqlar - turli millat farzandlari dam oladilar.

    1. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida bayon yozdirish

Yüklə 308,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin