Mavzu: “Boshlang’ich sinf


Nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari



Yüklə 308,24 Kb.
səhifə22/30
tarix21.06.2023
ölçüsü308,24 Kb.
#133545
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bitiruv malakaviy ishi

Nazorat ishlarida xatolarning turlari va ularni bartaraf etish yo’llari.


Orfografiya o'qitishda o'quvchilarning savodxonlik darajasini o'rganish, ularning orfogafik va punktasion xatolarini tuzatish, ularni hisobga olish va baholash, xatolarni tugatish usullari alohida o'rin tutadi.
Maktabda o'tkaziladigan barcha turdagi yozma ishlar o'quvchilarning savodxonligini aniqlash vositasi hamdir. Binobarin o'quvchilarning savodxonligini aniqlashda yozma ishlarning hamma turlaridan foydalanish mumkin.
O'quvchilarning orfografik malakasi haqida tasavvur ta'sir qilish uchun ko'proq nazorat diktant, hamda insho va bayonlardan foydalanish tavsiya etiladi.
O'qituvchi o'quvchilarning yozgan ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormasa, o'quvchi keyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi, bajarsa ham, xatolarga beparvo qaraydi. O'quvchi o'zining har qanday yozma ishi o'qituvchining e'tiborida bo'lishini sezib turishi kerak. Bu o'quvchiga ilmiy oziq beradi.
Xatolarni tuzatishga o'quvchilarning o'zini ham jalb qilish mumkin. Lekin bu yozma ishning harakteriga bog'liq. Sinfda bajariladigan mashqlar ko'pincha sinfning o'zida o'qituvchi rahbarligida tekshiriladi. Bunda o'quvchi o'z yozganlarini tekshiradi, xatolarini tuzatadi, yoki partada o'tirgan ikki o'quvchi daftarlarini almashtirib, bir-birlarining yozganlarini kuchlari yetganicha tekshiradilar. Bunda o'quvchilarning savodxonlik darajasi inobatga olinadi.
Nazorat harakteridagi ishlar o'qituvchi tomonidan tekshiriladi.
Uyda bajariladigan mashqlar ham tekshirilishi mumkin. Bu quyidagicha bo'ladi:

      1. parta ustiga qo'yilgan daftarni tekshirib chiqish;

      2. biror o'quvchini doskaga chiqarib, unga yozganini o'qitib izohlatish;

V) har bir gapni navbat bilan o'qitish, yozilishini so'zlatish.
Ko'chirib yozilgan mashqlar, grammatik-orfografik tahlillar mana shu usul bilan tekshirilishi mumkin. Lekin bu o'quvchilar daftarini to'liq tekshirish imkonini bermaydi, shuning uchun daftarlar har ikki uch soat dars o'tilganidan so'ng yig'ishtirib olinib, darsdan so'ng yoki uyga olib ketib tekshirib chiqilishi kerak.
Xatolarni qanday tuzatish kerak?
Xato tuzatish ham ijobiy harakterdagi ishlar jumlasiga kiradi. Maktabda xatolarni tuzatishning xato yozilgan harflar ustidan qizil siyoh bilan chizib, tepasiga to'g'risini yozib qo'yish usuli keng tarqalgan. Lekin bu usulni hamma vaqt ham samarador deb bo'lmaydi. Agar o'quvchi o'zbekcha so'zlarda (tala-dala) yoki faol lug'atda o'tib ketgan ruscha, forscha va arabcha so'zlarda (maktab-maktap), (g'isht-g'ish), (ruchka-ro'chka), (stol-istol) xato qilsa va bu xatolarni tez payqab olish uquviga ega bo'lsa, harfni o'chirib, to'g'risini ustiga yozib qo'yish usulidan foydalanish mumkin. Imlosi qiyin so'zlarda (vzvod-vzvot; muzaffar-muzafar kabi) xatoga yo'l qo'yilgan bo'lsa va psixologik tomondan ana shu so'zlarning fotokopiyasini o'quvchi o'z ongida aks ettirish kerakligi e'tiborga olinsa, xato yozilgan so'zni qizil rang bilan o'chirib, ustiga to'g'ri shakli yoziladi.
Xato grammatik formada bo'lsa, harf emas, forma o'chiriladi yoki uning ostiga chiziladi: qurildi-quruldi, kulib-kulub. Chunki o'quvchi qaysi formada xato qilganini o'zi aniqlashi kerak. Ba'zi uslubchilar xatolarni o'qituvchi tuzatsa, o'quvchilar mustaqil ishlardan xoli qilib qo'yiladi deb, bu usulni qoralaydilar. Bu fikr to'g'ri deb bo'lmaydi, chunki tuzatishning bu usuli ham o'quvchilarni mustaqil ishlashga undaydi: o'quvchi maktab degan so'zda b o'rniga p yozgan bo'lsa, o'qituvchi uni tuzatib, o'quvchida shu qoidaga mos keladigan bir qancha so'zlar (kitob, bob, to'lib, o'qib, ayab, boylab) topishni vazifa qilib beradi. Lekin xato tuzatishning bu usulini yagona usul deb ham bo'lmaydi. Ayrim xollarda xato tuzatishning ko'proq mustaqil ishlashini talab qiladigan usullaridan ham foydalanish mumkin. Xatoni to'g'irlamasdan chizib qo'yish, xato yozilgan harfning yoki shu harfni o'z ichiga bo'g'in yoki so'zning tagiga chizib qo'yish, qaysi qatorda xato qilingan bo'lsa, o'sha qator hoshiyasiga belgi qo'yish ham xato tuzatish usullaridir. Lekin xato tuzatishda bu usullar aralash qo'llanmasligi kerak. Bunda o'quvchilarning yosh xususiyati, qoidaning sodda yoki murakkabligi, o'quvchilarga o'zlashish, ularni mustaqil ishlashga yo'llash darajasi hisobga olinishi kerak.
Orfografiya o'qitish tizimi butunicha imlo xatolarining oldini olishga qaratilgan.Yozilishi qoida bilan izohlanadigan orfogrammalarda bo'ladigan xatolarning oldini olish uchun bunday so'zlarni doskaga yozib, ularning yozilishiga
o'quvchilarning diqqatini jalb qilinadi: Masalan, b tovushining yozilishida xato bo'lmasligi uchun, o'qituvchi b va p tovushli bir qancha so'zlarni doskaga yozib, ularning imlosini esda saqlab qolish kerakligini ogohlantiradi. Xatolarning oldini olishda turli ko'rgazma va jadvallardan ham foydalaniladi. Ko'rgazmalar mavzuga doir yoki umumiy bo'lishi mumkin. Mavzuga doir ko'rgazmani ma'lum qoida, masalan b undoshi, jarangli-jarangsiz tovushlar, x va h undoshlari bo'yicha tayyorlab, sinf devorida osib qo'yiladi. Ko'rgazma umumiy bo'lganda, unga o'quvchilar ko'p xato qiladigan va har xil qoidaga xos so'zlar kiritiladi. Ko'rgazma o'z vazifasini o'tab bo'lguncha, ya'ni undosh tovushlarning yozilishida o'quvchilar xato qilmaydigan bo'lgunga qadar sinf devorida osig'liq turishi mumkin.
Xatolarni oldini olishda «Lug'at doskasi» dan ham keng foydalanish mumkin. Orfografik xatolarni oldini olish talaffuzni kamsitish hisobiga bo'lmasligi kerak: imlosi qiyin so'zlarni bo'g'inma-bo'g'in, harfma-harf aytib berishga aslo yo'l qo'ymaslik lozim. Maktabda ona tilidan olib boriladigan ishlarning hammasi deyarli orfografiya o'qitishni yaxshilashga bo'ysundiriladi.
Xatolar ustida o'quvchining o'zi ham ishlaydi. Bunda o'quvchilarni o'zlariga xatolarining sabablarini yozma va og'zaki izohlatish, qaysi qoidada xato qilingan bo'lsa, unga mos so'zlar toptirish qoidani takrorlatish usulidan keng foydalanish mumkin. Ba'zi o'quvchilar xato yozilgan so'zlarni bir necha bor yozdirish usulidan ham foydalanadilar. Lekin bu hamma vaqt ham samarali natijani beravermaydi. Bu usuldan yozilishi ma'lum qoida bilan izohlanmaydigan so'zlarni to'g'ri yozishga o'rgatishda foydalanish mumkin. O'quvchilardan vaqti-vaqti bilan qaysi qoidalarda xatoga yo'l qo'yganini, buni tuzatish sohasida nimalar qilinganligini so'rab turish mumkin. Ba'zan bir o'quvchining daftarini ikkinchi o'quvchiga tekshirtirish usulidan ham foydalaniladi. Bu o'quvchilarning qiziqishini ortiradi. Shunday hollar ham bo'ladiki, o'quvchi o'zi ma'lum so'zni xato yozadi-yu, lekin o'rtog'ining daftarida shunday yozilgan so'zning xato ekanligini topadi. Shunga extiyot bo'lishi kerakki, o'quvchilar o'rtoqlarining xatolarini tuzutaman deb, boshqa xatoga yo'l qo'ymasinlar, daftarlarni bekorga bo'yamasinlar. O'quvchi u yoki bu so'zning xato yozilganligiga to'la ishonsagina, uni to'g'irlash kerakligini anglasin.
O'quvchilar daftar tekshirayotganda, o'qituvchi sinfda aylanib yurib ayrim o'quvchilarga maslahat beradi. Tekshirish uchun berilgan muddat tugagach, o'quvchilar topgan xatolarini aytadilar. O'quvchi xato yozilgan deb hisoblagan so'zini, alohida qog’ozga yozadi, oxirida o'qituvchi ishtirokida buni aniqlab, keyin uni tuzatadi.
Xatolarni tuzatishda o'quvchining uyida mustaqil ishlashi juda katta ahamiyatga molikdir. Yo'l qo'yilgan xato bilan bog'liq qoidani o'qib kelish, unga mos mashqni bajarish, lug'at ustida ishlashning natijasi beqiyos kattadir.
O'quvchi ko'p xato qilib, past baho olaversa, ruhiy tushkunlikka tushib savodlilikka bo'lgan ishonchini yo'qotib qo'yishi mumkin. Bunday xol yuz bermasligi uchun o'qituvchi o'quvchining ruhini ko'tarishi, savodli bo'lib ketishga ishonch hosil qilishi, uning irodasini tarbiyalashi, unda orfografik mashg'ulotlarga qiziqish uyg'otishi kerak. Ko'p xato qiladigan o'quvchilar bilan ishlash tizimi bunday o'quvchilarning orfografik malakasiga bog'liq bo'lib, yakka yondashuvni talab qiladi. Ko'p xato qiladigan o'quvchilar bilan ishlashni ayrim qoidalarni so'rashdan boshlagan ma'qul. Ma'lum bir qoidaning mustahkam o'zlashganligi haqida ishonch hosil qilgach, navbatdagisiga o'tiladi. Shu asosda mashg'ulot asta- sekin murakkablashib boradi.
Mana shu yo'l bilan ko'p xato qiladigan o'quvchilar orfografiyani puxta o'zlashtirib boruvchi o'quvchilar bilan tenglashtiriladi. Ish jarayonida o'quvchining bu sohada erishgan yutuqlarini uni o'ziga sezdirish, buning sabablarini birga muhokama qilish ham muhimdir.
Odatda, yosh bola oilada ota-ona tili (dialekti) da so'zlashni o'rganadi. Maktabda esa adabiy tilni egallay boshlaydi. Adabiy til unga odatdagi tilidan boshqacharoq tuyuladi. Shu bilan birga o'quvchilar maktabda mahalliy shevada ham gaplashadilar. Hatto shunday hollar ham bo'ladiki, o'quvchilar maktabda, o'qituvchi oldida adabiy tilda gaplashishga harakat qilsa ham, boshqa sharoitda o'z mahalliy shevasida gaplashishini davom ettiradi, bu hol oqibatda o'quvchilarni yozma ishlarga ta'sir etadi. Ayrim dialektal xatolarni tugatish uchun maxsus mashqlar o'tkazish ham tavsiya qilinadi. Bunda yozma ishlarning ijodiy diktant
turidan yoki ko'chirib yozish usulidan foydalaniladi. Masalan, ko'pchilik qaysi qoidada dialektal xato qilgan bo'lsa, uni orfografik jihatdan to'g'rilab doskaga yoziladi. Buning talaffuzi bilan yozilishi qiyos qilinadi. Keyin bu to'g'irlangan so'z ishtirokida matnlar, jumlalar tuzdiriladi. Umuman, dialektal xatolarni tugatish o'qituvchidan turli usullardan foydalanishni talab qiladi. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi har darsda o'tilayotgan mavzuni o'quchilarni dialektal xatolarini yo'qotish, ularni to'g'ri talaffuz qilishga o'rgatish bilan bog'laydilar. Talaffuzi qiyin bo'lgan so'zlarning dialektal shakli bilan adabiy talaffuzdagi shakli qiyoslangan jadvallar tuzish muhim ahamiyatga egadir.



Adabiy tilda

Shevada

Narvon Qozon Chumoli Keladigan Gugurt
Pomidor

Shoti Qozan Chumoliq Keladig`on Gurgut
Patinjon

Dialektal xatolarni bartaraf qilishga darslikda berilgan matnlardan talaffuzi yozilishiga mos kelmaydigan so'zlarni toptirish ham ijobiy natija beradi. Lug'at ustida ishlash jarayonida ham o'quvchilarning dialektal xatolarini tuzatib borish talab qilinadi.


Punktasion xatolar va ularni bartaraf etish yo'llari.Tinish bulgilarini qo'llashda turli xil usullar bor:

  1. Tinish belgilarining qo'yilishi ohang usuli asosida belgilanadi.

  2. Tinish belgilarining qo'yilishi faqat mantiq va sintaktik asosda belgilanadi.

Punktuasiya usullari tilning fikriy va grammatik vositalarini hisobga olish asosida tuziladi (oxang ham shunga kiradi). Har qanday ohang va to'xtalish yozuvda belgi bilan ko'rsatilavermaydi, balki nutqning fikriy tomoniga ta'sir eta oladigan, ma'lum grammatik ahamiyatga ega bo'lgan to'xtalish va oxanglargina
belgi bilan ko'rsatiladi. Masalan boshlang'ich sinf ona tili darsida «Gap» mavzusi bor. Unda darak gapning oxiriga nuqta, so'roq gaplarning oxiriga so'roq, undov gaplar oxiriga undov belgisi qo'yilishi o'quvchilar ongiga singdiriladi. Ularni oxang orqali farqlash tushuntiriladi. Demak, tinish belgilarining bir turi og'zaki nutqda ohang orqali berilgan holatni ifodalaydi. Tinish belgilarining boshqa turi og'zaki nutqda oxang bilan emas, balki boshqa grammatik vosita bilan ifodalangan holatni bildiradi. Masalan, undalma gap bo'laklari bilan grammatik tomondan bog'lanmagani uchun vergul orqali ajratiladi. Tinish belgilarining yana boshqa bir turi na ohang yordami bilan, na boshqa grammatik vositalar bilan ifodalanishi mumkin bo'lmagan holatlarni ko'rsatadi (masalan, qo'shtirnoq). Bular to'g'ridan- to'g'ri nutqning fikriy jihatiga asoslanadi: Men «Zaynab va Omon»ni o'qidim. Punktuasiya o'qitishda onglilikni ta'minlash uchun o'qituvchi sintaksisdan o'tiladigan mavzularni punktuasiyaga bog'lashi juda zarur. O'quvchi har bir gapning mazmuniga to'la tushungan bo'lishi bilan birgalikda, undagi tinish bulgining nima uchun ishlatilganligi, uning sintaktik vazifasi nimadan iborat ekanligini aniq tasavvur qilib turish kerak. O'quvchi o'rgangan punktuasiya qoidalarini yozuvda va og'zaki nutqda to'g'ri qo'llay bilishi kerak.
Punktuasiya o'rgatish ohang kuzatishlar, to'xtalish va mantiqiy urg'u ustida kuzatish ishlari bilan bog'lab olib boriladi. Punktuasion savodlilik-bu, tinish belgilarini o'z o'rnida to'g'ri qo'llashdangina iborat bo'lmasdan, shu bilan birga, matnni ifodali o'qiy bilish ham demakdir. Bexato o'qiy olgan bola, albatta bexato ham yozishi kerak. Savodxonlik-boshlang'ich ta'lim dasturining asosiy maqsadlaridan biridir.
Diktantda xatoga yo'l qo'ygan o'quvchi ustozining tuzatishlariga, albatta, e'tibor bilan qaraydi. Biroq bu «ko'zdan kechirish» keyingi gal o'quvchining shu so'zni xatosiz yozishiga asos bo'lolmaydi. Xo'sh, shunday ekan, «Xatolar ustida ishlash» soatlari qanday tashkil qilinsa, bola shu xatoni keyingi gal takrorlamasligiga va imlo savodxonligining yaxshilanishiga erishish mumkin? Quyida malakali pedagoglar tajribasidan shu savolga javob axtaramiz.
Xato yozishdagi asosiy muammolar: Diktantda yo'l qo'yilgan xato o'quvchi yoshi va sinfidan kelib chiqib, u bilishi zarur deb qaralgan biror mavzuni yaxshi o'zlashtirmagani yoki tushunmaganini bildiradi. Qolaversa, o'quvchi yo'l qo'yayotgan xatoga qarab, uning nutqiy rivojlanish darajasi va muammoli jihatlari haqida xulosa chiqarish mumkin. Tovushlarni almashtirib yoki xato gapiradigan bola, albatta, diktantda ham o'sha so'zlarni xato yozadi. Tazyiq ostida bo'lib, kimdandir yoki nimadandir muntazam qo'rqib yurgan o'quvchi ham so'zlarning oxiridagi harflarni qoldirib ketadi. Xullas, imlo masalasi doimo dolzarb va jiddiy bo'lib kelgan. Shu bois, u pedagogikada hal etilishi shart bo'lgan muhim masalalardan biri hisoblanadi. Mutaxassislar imloviy savodxonlikni shakllantirish uchun imlo qoidalari ustida muntazam ishlab, bir qator ta'limiy diktantlarni o'tkazishni va o'quvchilarning imloviy savodxonlik darajasini muntazam tekshirib, tahlil qilib borishni maslahat beradi. Ammo ular ustida ishlashdan oldin o'qituvchi o'quvchilar yo'l qo'yayotgan xatolarni guruhlashtirib olishi zarur.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili daftarlarini ko'zdan kechirsak, quyidagi xatolarga duch kelamiz:

  • grafik xatolar: harf elementlarini tashlab ketish, harflarni tushirib qoldirish, ularning o'rinlarini almashtirib qo'yish va h.k;

  • so'z o'zagidagi xatolar: jarangli va jarangsiz undoshlarni almashtirish, yonma-yon kelgan bir xil undoshlarning birini tashlab ketish, talaffuzda tushib qoladigan undoshlarni yozuvda ham tashlab ketish; — so'z va shakl yasovchi qo'shimchalarni xato yozish; — bo'g'in ko'chirishdagi xatolar; — bosh harflarni qo'llashdagi xatolar; — shevaga oid xatolar.

    1. Grafik xatolarni tuzatish mashqlari: — kartochkaga harf elementlari tushirib qoldirilgan 8—10 tadan so'z yozilib, o'quvchilarga tarqatiladi. O'quvchilar esa tushirib qoldirilgan harf elementlarini o'z o'rniga qo'yib, daftarlariga ko'chirib yozadilar; — yana shunday kartochkalarga harf elementlarini noto'g'ri qo'yib, o'quvchilarga ularni to'g'rilab ko'chirish vazifasi topshiriladi; — doskada harflari tushirib yozilgan murakkab so'zlar «Qaysi qator oldin yozadi?» ta'limiy o'yini o'tkazish orqali mustahkamlanadi.

    2. Orfografik xatolarni tuzatish mashqlari: O'quvchilarga jarangli undosh bilan tugagan so'zlarni jarangsiz undosh tarzida o'qib, lug'at diktanti o'tkazish; tarkibida ketma-ket kelgan bir xil undoshli so'zlarning yarmini aytib, qolganini o'quvchi yozishini ta'minlaydigan lug'at diktanti o'tkazish. Masalan, al-alla, el- ellik, is-issiq, ar-arra kabi.

    3. So'z va bosh harflarni tuzatish mashqi: — so'zlardagi xatolarni tuzatish uchun o'quvchilarga shu so'z ishtirokida gap yozdirish; kichik harf bilan yozilgan so'zlarni esa ana shu so'zning kichik va bosh harflar bilan yoziladigan shakllari misolida gaplar tuzish. Masalan, O'lkamizga bahor keldi. — Men Bahor ko'chasida yashayman. Ona aziz inson. — Biznikiga Aziz keldi. Sayyoh orolda qoldi. — O'qituvchi Orol dengizi haqida gapirib berdi.

    4. Shevaga oid so'zlarni tuzatish mashqi: Bu turdagi xatolarni tuzatish uchun «Chalg'itma diktant»dan foydalanish yaxshi samara beradi. O'tkazilgan tajribalarda o'quvchilar diktant paytida shoshilmay, fikrlab, sheva bilan adabiy tilning farqini anglagan holda matnni yozishga harakat qilishgan. Chalg'itma diktant 3 - va 4-sinflarda olinishi mumkin. Chunki bu sinflarda imloviy jihatlarni qamrab oluvchi dars mavzulari ko'proq. Chalg'itma diktant o'tkazilishidan oldin o'qituvchi diktantni sheva asosida aytib berishini, lekin undagi so'zlarni o'quvchilar imlo qoidalariga muvofiq yozishlari lozimligini uqtiradi. Masalan, «Diktantlar to'plami»dagi «Qurbaqa» matni Andijon shevasida quyidagicha aytib berilishi mumkin: Qurbaqa foydali jonivor. Kunduzi qurbaqa biror namroq joyda yotadi. U kech kirgandagina ovga chiqib, turliy zararliy hasharotlarni tutub yeydi. Bunday diktantlar chog'ida o'quvchilar bitta matndan besh-oltita so'zni to'g'rilab yozishi natijasida muayyan darajada imloviy ko'nikmaga ega bo'lib boradilar. Mazkur diktant, ayniqsa, bayon va inshodan oldin o'tkazilsa, bolalar shevaga oid xatolarga yo'l qo'ymay yozadilar. Diktant o'tkazilishi davomida o'qituvchi shoshilmasligi, chalg'itadigan so'zlarni to'g'rilamasligi darkor. Diktantni tekshirish o'quvchilar bilan birga olib boriladi. Bunda matn doskaga ilinib, o'quvchilar yo'l qo'ygan xatolarini o'zlari topib tuzatadilar. Bu jarayonda ham o’quvchi xotirasining ahamiyati katta bo’ladi.

O’quvchilar xotirasini shakllantirishga qaratilgan o’yinlar juda ko’p bo’lib ulardan birini tavsiya etamiz:

  1. O’zgarishni top” : Sinf xattaxtasi tepasiga bir qancha predmetlarni teramiz: ayiqcha, archa, quyoncha, ruchka, kitob, gul, stakan, bayroqcha, oq ayiqcha, qo’g’irchoq. O’quvchilarga predmetlarni yaxshilab ko’rib, ularning rangi va o’rnini eslab qolish buyuriladi va o’qituvchi komandasi bilan bilan o’quvchilar boshlarini partaga qo’yishadi va bir daqiqa ko’zlarini yumishadi. Bu vaqtda o’qituvchi predmetlarning o’rnini almashtiradi va birortasini olib qo’yadi, yoki biror yangi predmet qo’shib qo’yadi. So’ng ko’zlarini ochish komanda qilinadi. Qaysi o’quvchi predmetlerni o’z o’rniga to’g’ri qo’ysa, bu g’olib sanaladi va rag’batlantiriladi.


  2. Yüklə 308,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin