Kesma uzunligini eng avvalo taqqoalash bilan kesmalarning ”teng”, ”katta”, ”uzun”, ”qisqa”, ”kalta” kabi tushunchalarini beramiz. Amaliy ishlar bilan bir-birining ustiga qo‘yib taqqoslaydigan uzunliklarni tayoqcha yoki metallar yordamida solishtiradilar. Turli xil o‘lchov birliklarini tanlash mumkin.
Masalan: sanoq cho‘pini uzunlik birligi qilib, u bilan boshqa uzunliklarni o‘lchab taqqoslaydilar. Bularga daftarning uzunligi, qarich, qadam kabi birliklarni ham tushuntirish kerak. Shundan keyin sanoq cho‘pining uzunligini sm bilan o‘lchash va u bilan boshqa uzunliklarni sm bilan aniqlash imkoni tug’iladi
Sm moduli orqali o‘quvchilar:
Sm moduli orqali o‘quvchilar:
1.Berilgan kesmani o‘lchash.
2.Berilgan uzunlik masalasini hal qiladi.
1 smli kesmani ketma-ket 10 marta qo‘yish bilan 1 dm ni o‘lchab kesib oladilar. Tayoqchalardan 1 sm, 1 dm o‘lchov birliklarini namuna sifatida yasab ular bilan atrofdagi turli xil narsalarning uzunligini o‘lchaydilar. O‘lchashda kesmada o‘lchash necha marta joylashish malakasi berilgandan keyin sm yoki dm li bo‘linmalarni raqamlar bilan belgilashga o‘tiladi. Shu asosda sm li, dm li o‘lchov birliklari hosil qilinadi. Chizg’ich qanday yasalgani hamda chizg’ich bilan o‘lchash malakalari beriladi. Chizg’ich bilan qog’ozda kesmalar chizish va o‘lchash, turli xil uzunliklarni o‘lchashga doir amaliy mashqlar bajartiriladi. Dm bilan 2-o‘nlikni o‘tishda tanishtirish amalga oshiriladi. Metr bilan tanishtirish 100 likni o‘tishda tanishtiriladi.
Navbatdagi bosqich o‘nliklarni hisoblashda dm va sm ni birgalikda ishlatishdir. O‘lchatishlar asosida 5 dm va 4 sm kabi uzunliklar hosil qilinadi va aksincha chizdiriladi. Eng kichik uzunliklarni o‘lchashda va 1000 liklar mavzusida km tushunchalari beriladi. O‘quvchilar chamalash yordamida uzunliklarni o‘lchash, qadamlarni metrga aylantirib, uylarigacha yoki boshqa obyektlarigacha bo‘lgan masofalarni m va km lar bilan aniqlaydilar. 4-sinfda uzunlik birliklari va ular orasidagi bog’lanishni biladilar va daftar orqasidagi jadvalni bilib olish topshiriq qilib beriladi. Bunda quyidagi topshiriqlar bajariladi: