Uzunlik o‘lchovining yangi birligi km bilan tanishtirilayotganda bu birlik haqidagi tasavvurlarni shakllantirish maqsadida yer ustida amaliy ishlar o‘tkazish tavsiya qilinadi. 1 km masofani qadamlab o‘tib, necha qadam km bo‘lganini, bir qadam uzunligi qancha uzunlikka egaligini keltirib chiqaradilar. Bir qadamning uzunligi chizg’ich, ruletka, o‘lchov lentasi bilan taxminan hisoblangandan keyin turli masofalarni qadamlab, keyin m yoki km ga aylantiradilar. 1 km=1000 m, 1 m=10 dm, 1 dm=10 sm, 1 sm=10 mm, 1 m=100 sm=1000 mm.

Massani jismning yerga tortilish xossasidan kelib chiqadi, deb o‘rgatish osondir. Boshlang’ich sinflarda faqat jismning massasi o‘rganiladi, shu sababli, ”og’irlik”, ”og’irlikni tortish”, ”og’irlik toshlari”, ”og’irlikni tenglashtirish”, so‘zlarini iloji boricha ishlatmay, ”massa”, ”jismlarning massasini o‘lchash”, ”massani o‘lchash asboblari” kabi so‘zlardan foydalanish kerak.
Narsalarni massasiga ko‘ra ”og’ir”, ”yengil” so‘zlari bilan farqlaymiz. Massa birliklari qilib, kg, g, s, t lar qabul qilingan.
Shulardan keyin massa o‘lchovlari jadvali kiritiladi, daftar orqasidan massa jadvalini tushuntiradi, uni bilish va yodda saqlash tavsiya qilinadi.
1 t = 10 s, 1 s = 100 kg, 1 kg = 1000 g.
Maktabgacha bo‘lgan yoshdayoq bolalar, ”yengil”, ”og’ir”, ”bir xil og’irlikda” kabi so‘zlarni eshitib, shug’ullanib massa haqida boshlang’ich tushunchalarni egallaganlar. 1-sinfda massa birligi 1 kg bilan tanishadilar. Tarozilar yordamida tortish bilan turli xil predmetlardan 1 kg haqida tushunchani amaliy ko‘rsatish mumkin. Navbatdagi darsda hajm (sig’im) o‘lchov birligi litr bilan tanishadilar. Bunda litrning har xil namunalarda bo‘lishi, ya‘ni 1 litrli banka, krujka, shuningdek ular yordamida chelak, kastryulka, bidon kabilarni o‘lchab to‘ldirish ishlari amalga oshiriladi.