Miqdorlarsiz tabiatni, borliq olamni o‘rganish mumkin emas. Chunki miqdorlarda turli narsalarning, borliq dunyoning xossalari aks etgan. Miqdor tushunchasi narsa yoki hodisaning xossasi bo‘lib, bu tushunchalar o‘quvchilarning butun o‘qishi davrida shakllanadi.
Biz o‘quvchilarga uzunlik, jismning massasi (og’irlik), hajmi, vaqt, figuraning yuzi kabi miqdorlar to‘g’risida tushuncha berishimiz kerak. Bu tushunchalarni o‘rganish arifmetik material bilan qo‘shib o‘qitiladi.
Masalan: o‘lchashni o‘rganish, sanashni o‘rganish bilan, parallel o‘qitiladi. Miqdorlarni o‘qitish matematikani hayot, sharoit bilan bog’liq holda o‘qitiladi. Hisoblash va yasash ishlarini bajarilishini, mehnat tarbiyasini, estetik ta‘lim berishni kuchaytiradi.Ayniqsa miqdorlarni ko‘rgazmali, aynan o‘zini va laboratoriyalarda tushuntirish imkoni mavjud. Atrof muhitdagi mavjud miqdorlar va ularni o‘lchashni amaliyotda ko‘radilar, kuzatadilar, haqiqatligiga ishonadilar. Hisoblash ishlarini yakka bajaradilar. Miqdorlarni tushuntirishda figuralar modellar, chizmachilik va o‘lchash asboblaridan keng foydalanish kerak.