Pedagogik texnologiyaning o'z tarkibi va mazmuni bo'yicha takomillashuvi,
uning kasbiy faoliyat sifatida samaradorligining ortishi uzluksiz davom etadi. Bunday
dinamik jarayon ta'lim tizimida sodir bo'ladigan o'zgarishlar bilan garmonik tarzda
kechadi.
Pedagogik texnologiyaning umumiy tavsifi va tarkibiy mazmuni uning ijtimoiy
hodisa ekanligida namoyon bo'ladi va ta'lim-tarbiya masalalari bilan bog'liq maqsad
va vazifalar, motiv va ehtiyojlar, talab va manfaatlar, qiziqish va xohishlarni amalga
oshirishda ro'y- rost ko'rinadi.
Dostları ilə paylaş: