2.2. Darsdan tashaqari mashg’ulotlarda keys texnologiyasidan foydalanish.
Keys: Atrof muhitni huquqiy muhofaza qilish
Mavzu: Atrof muhitni huquqiy muhofaza qilish.
Berilgan keysning maqsadi: O'quvchilarga atrof tabiiy muhitni buzlishi
natijasida insonlar hayotida jiddiy havf solinishi haqida tushintirish. Dunyoqarashini
kengaytirishga va mustaqil fikrlashga o'rgatish.
Yoshlar hayotini izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xatarlar:
ekologiyaga oid
huquqbuzarlik sodir etilishi, uning salbiy oqibatlari, ekologik
jinoyat sodir etganlik
uchun javobgarlik borligini ko'rsatib berish hamda tahlil qilish, ularning oldini olish
bo'yicha chora - tadbirlarni ishlab chiqish.
Mavzuda ko'rsatilgan muammolarni keltirib chiqaruvchi
sabablarni topish va
ularni o'zaro bog'lagan holda echimlarni aniqlash.
Kutilayotgan natijalar:
1. ekologik salbiy oqibatlarni tushunib yetadi;
2. ekologik huquqbuzarlik va jinoyatchilik tushunchalarini o'zaro farqlaydi;
3. o'rganilayotgan mavzu bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'ladi;
4. o'rganilishi nazarda tutilayotgan tushunchalar haqida malakaga ega bo' ladi;
5. muammoli vazifalami echishda nazariy bilimlarini qo'llaydi;
6. muammoni aniqlab, uni hal qilishda yechim topadi.
Keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o'quvchilar quyidagi bilimlarga
ega bo'lishi lozim:
O'quvchi bilishi kerak:
- ekologiya deb nimaga aytilishi;
- atrof-muhitning ifloslanish jarayonlarini bilishlari;
- axloqsizlik, ekologik huquqbuzarlik xislatlarining paydo bo'lish omillari va uning
kelib chiqish sabablari;
- ekologik burchlarnining buzilishi;
- atrof - muhitni muhofaza
qilishga oid qonunlar mazmuni;
O'quvchi amalga oshirishi kerak:
-mavzuni mustaqil o'rganadi;
muammoning mohiyatini aniqlashtiradi;
g'oyalarni ilgari suradi;
ma'lumotlarni tanqidiy nuqtai nazardan ko'rib chiqib, mustaqil qaror qabul qilishni
o'rganadi;
o'z nuqtai nazariga ega bo'lib, mantiqiy xulosa chiqaradi;
o'quv ma'lumotlar bilan mustaqil ishlaydi;
ma'lumotlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Dostları ilə paylaş: