Mаvzu boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan (2)
Ot
Sifat
Son
Fe’l
1.Predmet bildiradi.
1.Predmet belgisi bildiradi.
1.Predmetning sanog‘ini va tartibini bildiradi.
1.Predmet harakatini bildiradi.
2.Kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
2.Qanday? qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
2. Necha? yoki ne-chanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.
2. Nima qildi? Nima qiladi? Nima qila-yapti? Nima qilmoq-chi kabi so‘roqlarga javob bo‘ladi
3. Birlik va ko‘p-likda qo‘llanadi.
3. O‘zgardi
3.Asosan o‘zgarmaydi
3. Bo‘lishli va bo‘lish-siz shaklda qo‘llani-ladi.
4.Egalik qo‘shim-chalari bilan o‘zgaradi.
4.Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifa-sida keladi.
4.Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazi-fasida keladi.
4. Shaxs-son qo‘shim-chalari bilan tuslana-di.
5.Kelishiklar bilan turlanadi.
5. Uch zamonni bildiradi.
6.Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak vazifasi keladi.
6.Gapda kesim vazifasida keladi.
Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsuslashtirishni ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o‘quvchilar ot, sifat, son, olmosh, fe’l gap bo‘lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar.
So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirish hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllanitrish, atrof-muhit haqidagi bilimlarni boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasini ham amalga oshiriladi.
Test:
So‘z turkumlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda so‘zning tarkibi ustida ishlash qaysi sinflarga to‘g‘ri keladi?
3-4-sinflarga