Test: 1. Punktuatsiya qanday prinsiplarga asoslanadi? A) yuqorida sanalganlarning barchasi B) sintaktik prinsipga
D) intonatsion prinsipga E) semantik prinsipga
2. “Punktuatsiya ham, yozuv kabi, kishilar orasidagi aloqaning muhim vositalaridan biri sanaladi”. Matn muallifini aniqlang. A) Shoabdurahmonov Sh. B) Abdurahmonov G‘. D) Nazarov K.
E) Egamberdiyev B.
3. “Tinish belgilari fikrni aniq va tez uqib olishga hamda o‘zgalarga uqtirishga yordam beradi” . Matn muallifi kim? A) Abdurahmonov G‘.. B) Nazarov K. D Shoabdurahmonov Sh
E) Egamberdiyev B.
9-MA’RUZA
MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BADIIY ASARNI TAHLIL QILISH 1.Badiiy asarni tahlil qilishdagi mеtodik shartlar.
2.Boshlang’ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning adabiy asoslari.
3.Kichik yoshdagi o’quvchilarning badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari.
Tayanch atamalar: o’qish mavzulari, o’qish sur’ati, nutq madaniyati, bo’g’inlab o’qish, sidirg’a o’qish, avtomatlashgan o’qish , analitik bosqich, sintеtik boskich, avtomatlashgan boskich, ifodali o’qish, to’g’ri o’qish, ongli o’qish
Mustaqil ta’lim topshirig’i
Mavzu
Amalga oshirish shakli
Ongli o‘qishni ta’minlash usullari.
Mavzu yuzasidan taqdimot tayyorlash.
Ifodali o‘qishga o‘rgatish.
Darslikdan tez o‘qishga doir mavzularni tahlil qilish
Adabiyotlar: 1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 255 b.
2. G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi. –T.: TDPU, 2009. – 173 b.
3.G‘afforova T., Shodmonov E., Eshturdiyeva G. O‘qish kitobi (1-sinf uchun darslik). – T.: Sharq, 2019. – 128 b.
4 .Abdullayeva Q. va boshq. O‘qish kitobi (2-sinf uchun darslik). –T.: O‘qituvchi, 2018. – 185 b.
Rеspublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng boshlang’ich sinflar uchun yangi dastur va darsliklar yaratildi. O’qish dasturlarida badiiy asarni tahlil qilishga ko’prok ahamiyat bеrilib, matn ustida ishlash yuzasidan xilma-xil topshiriq turlaridan, tеxnika vositalaridan foydalanishga ko’proq e'tibor bеrildi.
Badiiy asar quyidagi mo`xim mеtodik qoidalar asosida tahlil qilinadi:
1.Asar mazmunini tahlil qilish va to’g’ri, tеz, ongli, ifodali o’qish malakasini shakllantirish bir jarayonda boradi.
2.Asarning g’oyaviy-tеmatik asoslarini uning obrazlari, syujеt chizig’i, qurilishi va tasviriy vositalarini tushuntirish o’quvchilarning Shaxs sifatida umumiy kamol topishiga, bog’lanishli nutqning usishini ta'minlaydi.
3.O’quvchilarning hayotiy tajribasiga tayanish asar mazmunini ongli idrok etishning asosi va uni tahlil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi.
4.Sinfda o’qishga o’quvchilarning bilish faoliyatini aktivlashtirish va atrof mo`xit haqidagi bilimlarni kеngaytirish vositasi hisoblanadi.
Asarni tahlil qilishda uning missiy ta'sirini ham hisobga olish zarur. O’quvchi matnni o’qibgina qolmay, muallif hayajonlangan voqeadan hayajonlansin. Matnni tahlil qilishda o’quvchilarda fikr uyg’onsin, ularda estеtik didni tarbiyalasin.
Boshlang’ich sinflar "O’qish kitobi" da turli janrdagi badiiy va ilmiy-ommabop maqolalar bеrilgan. Sizga ma'lumki, badiiy asarda hayot obrazlar orqali aks ettiriladi. Uning markazida inson, uning tabiat va jamiyatga munosabati turadi. Badiiy asarda borlikni, vokеlikni obrazlar vositasida tasvirlash, ob'еktiv mazmun va sub'еtiv bahoni aniq matеrialda bеrish haqidagi qoidalar mеtodika uchun katta nazariy-amaliy ahamiyatga ega. Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni muallifning asarida tasvirlangan voqealarga munosabati o`qituvchining diqqat markazida turadi. O’quvchilar voqеlikni obrazlar orqali tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlarini asta tushuna boshlaydilar. Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy voqealar tasvirlanadi. Asardagi voqealarga tarixiy yondashilgandagina asarga haqqoniy baxo bеrish mumkin. Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlari bilan o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda tanishtirish maqsadga muvofik. To’rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o’quvchilarni asarning g’oyaviy yo`nalishini tushunishga o’rgatish muhimdir. Psixolog olimlarning ko’rsatishicha, badiiy asarni idrok etish uchun uni tushunishning o’zigina еtarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo’lib, asarga, unda tasvirlangan voqеlikka qandaydir munosabatning yuzaga kеlishini o’z ichiga oladi. Kichik yoshdagi o’quvchilar adabiy qahramonga ikki xil munosabatda bo`ladi.
1.Adabiy qahramonga emotsional munosabat,
2.Elеmеntar tahlil qilish.
Asarda qatnashuvchi Shaxslarga baxo bеrishda o’quvchilar o’z Shaxsiy tushunchalaridan foydalanadilar. Qaxramonning boshqa fazilatlarini bog’lash uchun ularda so`z boyligi, tajriba еtishmaydi. O’qituvchining vazifasi o’quvchilar payqay olmagan sifatlarni ko`rsatish va o’quvchilar nutqiga kiritishdir. Yana shu narsaga e'tibor bеrish maqsadga muoviq.
1 .O’quvchilar asar qahramoniga munosabatlarini ifodalashda u xarakat qilgan sharoitni hisobga olmaydilar.
2.Qahramonning. nima uchun shunday qilishi kеrakligini tushunolmaydilar. uning uchun maqsadga muvofiq ish olib borilishi zarur.
Adabiy ta’lim oldida turgan vazifalardan biri badiiy asarni guruh bilan tahlil qilishni talab etadi. Maktab o’quvchilarida kitobga muhabbat o’qilgan kitobning sir-asrorini bilgandan keyingina shakllanadi. O’quvchi badiiy asardan lazzat tuysa, o’zining zavqini keltirgan tasviriy unsurlarni payqay bilsa, chinakam badiiyat namunasini soxta asarlardan ajrata olish malakasini egallagan bo`lsagina kitobxonga aylanadi. Chunki biror asarni o’qish jarayonida, uni tahlil qilish mobaynida tuyilgan lazzat o`quvchini boshqa asarlarni o’qishga, ulardan zavqlanishga undaydi. Amaliyotda badiiy tahlil qanday maqsadga yo’naltirilganligiga qarab ikki turga: filologik va didaktik tahlilga bo’linadi. Filologik (ilmiy) tahlil badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajaga muvofiq kelishini talab qiladi. Tahlil jarayonidagi har bir fikr mantiqiy tushunchalar, estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo’ladi. Filologik tahlil adabiy asarning badiiy mantiqi va estetik o‘ziga xosligini anglashga yo‘naltirilgan ilmiy talqin bo‘lib, kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo‘lishi lozimdir. Shuningdek, ilmiy tahlilda o‘rganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi o‘rni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta’siri darajasi ko‘rsatilishi ko‘zda tutilishi kerak. Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishi va har qanday adabiy hodisa mutaxassis nazari bilan tahlil etilishini taqozo qiladi. Lekin filologik tahlildagi asosiy narsa badiiy asarning badiiyligini, ta’sirchanligini ta’minlagan jihatlari qaysilar, badiiy joziba, so‘z sehri, san’atning sirli tomoni nimada ekanligini ko‘rsata bilishdir. Muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o‘quvchi tomoni idrok etilgan badiiy manzara hamisha ham adib istaganiday bo‘lavermay ba’zan o‘quvchi adib mutlaqo ko‘zda tutmagan, xayolga keltirmagan, muallifning qarashlariga zid, ammo hayot haqiqati oldida to‘g‘ri bo‘lgan badiiy xulosaga kelishi mumkin. Chunki hayotiy vaziyatning o‘zgarishi, ijtimoiy voqelikdagi yangicha holat ba’zan ijodkorning oddiy intim izhori dilidan chuqur ijtimoiy ma’no topishga olib keladi. Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantiqi hamda estetik jozibasini aiglashga yo‘naltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy tahlilga shu tariqa ta’rif berilganda hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olninadi, deyish mumkin. Didaktik (o’quv) tahlili– ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik faoliyat bo’lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir. Chunki pedagogik maqsadga yo’naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning asosiy belgisidir. Dars jarayonida to’g’ri amalga oshirilgan didaktik tahlil o’quvchining badiiy madaniyatini yuksaltiradi, estetik hodisalarni ko’rish, undan mantiqiy-hissiy ta’sirlanish va ular ta’sirida umumlashma xulosalarga kelish qobiliyatini shakllantiradi. Chunki badiiy asar tahlil qilinayotganda tarbiyalanuvchining tafakkuri va hissiyoti faol ishlashga majbur bo’ladi. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda maktabda o‘rganilishi ko‘zda tutilgan asarlarni ilmiy va estetik jihatdan to‘g‘ri tahlil etish hal qiluvchi o‘rin tutar ekan, o‘quv tahlili va unga xos bo‘lgan xususiyatlarni tadqiq etish adabiy ta’lim amaliyotida muhim ahamiyatga molik ekanligi tabiiydir. Har qanday didaktik tahlil ilmiy tahlil darajasiga ko‘tarilishga intiladi va filologik tahlil darajasiga yetganda o‘quv tahlilidan ko‘zda tutilgan maqsadga to‘liq erishilgan bo‘ladi. Ayni vaqtda badiiy asarni didaktik tahlil qilish filologik tahlil etishdan jiddiy farq ham qiladi. O‘quv tahlili ilmiy tahlil singari faqat ilmiy-estetik faoliyat bo‘lib qolmay, balki pedagogik-psixologik jarayon hamdir.
Chunki pedagogik maqsadga yo‘naltirilganlik har qanday didaktik tahlilning asosiy belgisidir. Agar filologik tahlil yolg‘iz olimning aqliy faoliyati natijasi bo‘lsa, o‘quv tahlili odamlar bilan bevosita muloqot mobaynida amalga oshiriladigan jarayondir. O‘quv tahlilini amalga oshirishdan maqsad badiiy asarni to‘g‘ri qabul etish orqali o‘quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirish bo‘lsa, filologik tahlildan maqsad asarning hayotiy va badiiy mantiqi hamda estetik o‘ziga xosligini imkon qadar to‘liq ochib berishdan iboratdir. Didaktik tahlilning vazifasi badiiy asarning jozibasini, sirini, o‘ziga xosligini, ta’sir ko‘rsata olish sabablarini aniqlash orqali talabalarda ta’sirchan qalb, hassos tuyg‘ular, sog‘lom estetik did, ravon va ifodali nutq shakllantirish bo‘lsa, ilmiy tahlilning vazifasi tekshirilayotgan asarning jamiyat ijtimoiy tafakkuriga ta’siri va milliy badiiyat xazinasida tutgan o‘rnini aniqlashdan iboratdir. Didaktik tahlil ilmiy tahlildan farq qilib, mantiqiy sillogizm (xulosa, qonuniyat)larning o‘zigagina tayana olmaydi. Negaki o‘quv tahlilida hamisha ma’lum yoshdagi, muayyan sinfdagi, o‘ziga yarasha hayotiy tajribaga va o‘z yoshi hamda taraqqiyoti darajasiga mos bilimga ega bo‘lgan o‘quvchilar bilan ish ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Ilmiy o‘quv tahlili vaqt jihatidan ham cheklangan bo‘ladi va tahlil doimo bir dars mobaynida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan estetik-mantiqiy harakatlardan iborat bo‘ladi. Shu ma’noda o‘quv tahlili maktab umumpedagogik jarayonining uzviy bir bo‘lagi hisoblanadi. Filologik tahlilda tadqiqotchi vaqt jihatdan o‘zini cheklamagan holda ish ko‘radi. Tahlillovchi uchun badiiy asarning butun sirini to‘liq namoyon etishdan bo‘lak maqsad yo‘q. Badiiy asarning cheklanmagan, adog‘i yo‘q go‘zalligi bilan ish ko‘rayotgan adabiyot o‘qituvchisi esa o‘quvchilar aqliy va hissiy imkoniyatlarining cheklanganligi, muayyan asarni o‘rganishga ajratilgan vaqtning chegaralanganligi bilan hamisha hisoblashishga majbur bo‘ladi. Didaktik tahlil har bir adabiyot o’qituvchisi uchun doim ikki bosqichli jarayon hisoblanadi. Birinchi bosqichda o’qituvchi darsga tayyogarlanish jarayonida ertaga sinfda o’qitiladigan asarni tahlil etadi, bu o’qituvchining yakka tartibidagi tahlili. Ikkinchi bosqichda o’qituvchi bilan sinfdagi o’quvchilar hamkorligida darsda muayyan asar tahlil etiladi. Buni jamoa yordamidagi tahlil deymiz. Didaktik tahlil jarayonida o`quvchilarning ishtirok etishiga ko`ra tahlilni alohida, guruhli, yoppasiga tahlil turlariga ajratish mumkin. O`quvchilar tomonidan berilgan har qanday javob qabul qilinishi kerak. Fikrni aytgan o`quvchi uni asoslaydi, sababini tushuntiradi. Asosiysi, o`quvchilar mavzuga kirishib ketadilar. Ajratilgan vaqt tugagach, o`quvchilar birma – bir timsollarni tanishtirib o`tadilar. O`qituvchi fikrlarni xulosalaydi qaysi guruh qanday bajarganligi izohlaydi. O`qituvchi guruhlarga savol tashlaydi. Har guruhdan o`quvchilar personajlar xususiyatlarini sanaydilar. O`quvchilarni faolligini susaytirmaslik uchun o`qituvchi ularning fikrini noto`g`ri deb aytmasligi lozim. Aksincha, asar bo`yicha savollar berib javoblarni asoslab oladi. Fikrlarni o`qituvchi xulosalaydi, keyingi bosqichga o`tiladi. Bu bosqichda o`quvchilar asar qahramonlarining ijobiy, salbiy va o`xshash tomonlarini topadilar.
O`quvchilar timsollarining o`xshash va farqli jihatlarini aytgach, fikrlar xulosalanadi. O`quvchilardan kutilmagan qiziqarli javoblar chiqishi mumkin. Muhimi, ular mustaqil fikrlaydilar. Yakuniy qismda o`qituvchi darsdan olgan xulosalarini aytib, asarni tahlilini pedagogik-psixologik va ma’naviy-estetik jihatdan maqbulini asoslab berishi lozim. Badiiy asarni mazkur tarzda sinf bilan tahlil qilish, o`quvchi ma’naviyatini shakllantirishga va badiiy adabiyotni o`qishga qiziqishini oshirishda katta ahamiyatga ega.