Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111
Yangi majmua

 
 
 
Moodle ―
kurslarni boshqarish tizimi, shuningdek, o‘qishni 
boshqarish tizimi yoki virtual o‘quv muhiti sifatida ham 
tushuntiriladi. Bu inglizcha qisqartma bo‘lib, Modular Object-
Oriented Dynamic Learning Environment so‘zlaridan olingan 
Modulli
obyektga yo‘naltirilgan dinamik o‘rganish muhitidir. Bu 
onlayn o‘qitish uchun saytlar yaratish imkoniyatini beradigan veb-


16 
ilova bo‘lib, u, asosan, o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni tashkil etishga 
qaratilgan o‘qitish menejmenti tizimidir, garchi u an’anaviy masofaviy o‘qitish kurslarini tashkil 
qilish uchun ham mos bo‘lsa-da, kunduzgi o‘qitish tizimini ham ta’minlaydi.
“Moodle”dan
foydalanib, o‘qituvchi kurslar yaratishi, 
ularni matn shaklida tarkibiy qism, yordamchi fayl, prezentatsiya, 
anketa, test va boshqalar bilan to‘ldirishi mumkin. Moodledan 
foydalanish uchun har qanday veb-brauzerga ega bo‘lish kifoya, bu 
esa o‘qituvchiga ham, talabalarga ham ushbu o‘quv muhitidan 
foydalanishni qulay qiladi. Talabalarning topshiriqlarni bajarish 
natijalariga ko‘ra, o‘qituvchi baho va sharhlar berishi mumkin. 
Shunday qilib, Moodle o‘quv materiallarini yaratish va o‘quv jarayonining ishtirokchilari 
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni ta’minlaydigan markazdir. 
Bugungi kunda inson hayotining barcha jabhasida misli koʻrilmagan oʻzgarishlar 
sodir boʻlmoqda. Ushbu silsilalar koʻp yillik shakllangan qadriyatlar, anʼanalar va 
tamoyillarning o‘zgarishiga olib keldi. Xususan, nufuzli olimlar, xalqaro tashkilotlar 
ekspertlari tomonidan yaqin va oʻrta istiqbolda kurrayi zamin taraqqiyotiga tahdid soladigan 
xavf-xatarlar boʻyicha berilgan prognoz koʻrsatkichlari oʻz tasdigʻini topmadi. Aksincha, 
ular qaytadan koʻrib chiqilayotir. Ammo shu narsa ayon: dunyo bir butunlikda harakat 
qilmas ekan, inson oʻta tahlikali vaziyat qurboniga aylanishi hech gap emas. Yagona najot 
yoʻli esa toʻplangan bilim, shakllangan koʻnikma va orttirilgan xulosalarni yagona maqsad 
sari yoʻnaltirish, ilm hamda tajribalarni samarali uygʻunlashtira olishdir. 
Bilim va ilmning shakllanishi esa bevosita taʼlim tizimiga borib taqaladi. Taʼlim 
tizimi samaradorligini oʻqituvchi saviyasi, talaba ehtiyoji, oʻquv adabiyotlari mazmuni 
hamda mustaqil taʼlimni shakllantirishga qaratilgan infratuzilma bevosita taʼminlab beradi. 
Demak, ilgʻor kadrlarni tayyorlash, ularni mehnat bozori talablariga muvofiq, 
raqobatdoshligini oshirish, ijodiy fikrlaydigan mutaxassislarni yetishtirish oʻquv 
dargohlarida yoʻlga qoʻyilgan taʼlim berish jarayoni bilan chambarchas bogʻliq.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin