Baholash mezonlari
1. Baholash (Kunduzgi va kechki ta’lim shakli uchun)
1) Birinchi oraliq nazorat – 30 ballni, o‘z ichiga:
− amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida faol ishtiroki;
− kollokvium - savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob.
Savollar
tahliliy xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin.
– yozma topshiriqlar - kazus echish, jadval, sxema,
glossariy tuzish, hujjat loyihasini
tayyorlash.
1) Ikkinchi oraliq nazorat – 40 ballni (20 ball auditoriya mashg‘ulotlari, 20
ball mustaqil
ta’lim), o‘z ichiga:
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan auditoriya mashg‘ulotlaridagi fan mavzularidan
tuzilgan
savollar;
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan
tuzilgan savollar;
– yozma topshiriqlar.
2) Yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul
davomida olingan bilim va
ko‘nikmalarni darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon
shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlarda asosida nazariy savollar va echish uchun amaliy topshiriqlar
beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya (kontaktli) va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan
144
olinadi.
Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni,
hujjatlarning asosiy
qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.
2. Baholash (barcha ta’lim shakli uchun)
Oraliq nazorat
:
– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma yoki
og‘zaki shaklda;
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy masalalarni
tushunishlarni tekshirish
uchun testlar, yozma ishlar va amaliy bajarish shaklida.
Yakuniy nazorat
:
– Imtihon – modul’ davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash;
yozma savollarni
yoki o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha yozma, xususan nazariy va amaliy jihatlarni o‘z
ichiga oladi.