Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Masofaviy ta’limning didaktik imkoniyati va turlari



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111
Yangi majmua

Masofaviy ta’limning didaktik imkoniyati va turlari 
An’anaviy model
o‘qitishning kunduzgi mashg‘ulotlarga qatnab o‘qiladigan sinf-dars tizimini 
nazarda tutadi. Ushbu an’anaviy model, ya’ni Yan Amos Komenskiy tomonidan taklif etilgan sinf-
dars shakli hozirgi kunda o‘z kuchini yo‘qotib borayotganligi sezilmoqda. Chunki sinf-dars 
shaklining o‘quv jarayoni qat’iy o‘rnatilgan dars jadval, nazorat, davomat asosida olib borilishi, bu 
o‘qitishni individuallashtirish, ijodiy potensialni kuchaytirish, ta’lim oluvchilarning shaxsiy qiziqish 
va individual xususiyatlarini amalga oshirishga ojizlik qiladi. Sinf-dars tizimi XVII asrda mashhur 
chex pedagogi Yan Amos Komenskiy tomonidan asoslangan. Pedagogning “Buyuk didaktika” 
asarida mazkur tizimning asoslari bayon etilgan. Unda o‘quv yili, o‘quv kuni, dars, mashg‘ulotlar 
orasidagi tanaffus, o‘quv ta’tillari kabi tushunchalar ham asoslangan. 
Masofaviy model ta’lim 
jarayonida tyutorlar va ta’lim oluvchilar masofa va vaqt bo‘yicha 
ajralgan bo‘lishidan iborat. Masofaviy o‘qitishni tyutor bilan ta’lim oluvchilar orasidagi 
munosabatlar masofadan turib amalga oshiriladigan va o‘quv jarayoniga xos bo‘lgan internet 
texnologiyalarining spetsifik vositalari yoki interfaollikni ko‘zda tutadigan boshqa vositalar bilan 
amalga oshiriladigan
barcha komponentlar maqsad, mazmun, metod, shakl, vositalarini o‘zida aks 
ettiradigan ta’lim shakli hisoblanadi. 


15 
Masofaviy o‘qitishga asoslanadigan texnologiyalar turli bosqichlardan o‘tib kelmoqda
jumladan, telefon, faks, oddiy pochta, televideniye va boshqalardan foydalaniladi. Hozirgi kunda 
masofaviy ta’lim modeli internet-texnologiyalarga asoslanadi. 
Aralash model.
Ta’limning aralash modeli yuqorida aytib o‘tilgan ikkita model o‘rtasidagi 
ma'lum ma’nodagi o‘zaro kelishuvga o‘xshaydi. Bu modelni amalga oshirishning mahsuldorligi 
ta’lim texnologiyalari, metodlari va vositalarining eng maqbul birikuvini ta’minlashga bevosita 
bog‘liq. 
Hozirda aralash ta’lim eng ommalashgan model hisoblanadi. Uning afzalligi shundaki, ta’lim 
oluvchilar birlamchi (tayanch) bilimlar va ko‘nikmalarni elektron kurslarda oladi; auditoriya 
mashg‘ulotlarida ular qo‘shimcha, yanada chuqurroq bilimlar olish hamda olingan bilimlarini tyutor 
rahbarligida qo‘llashga o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. Ushbu modelni qo‘llash tyutor tomonidan 
ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘rganishlari uchun materiallarni jiddiy tayyorlash, nazorat tizimini 
batafsil o‘ylab chiqish, auditoriyadagi va tarmoqdagi o‘zaro faoliyatni samarali qo‘shib olib borish 
va boshqalarni nazarda tutadi. 
Shuningdek, masofaviy o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari an’anaviy ta’limga nisbatan 
afzalliklariga 
to‘xtalib 
o‘tish 
maqsadga 
muvofiqdir.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin