Virtual ob’ektlar yoki jarayonlar -haqiqiy mavjud bo‘lgan, shuningdek tasavvur
qilinadigan ob’ektlar yoki jarayonlarning elektron modeli. «Virtual» so‘zi elektron
tashuvchilarida ko‘rsatiladigan ta’lim yoki boshqa ob’ektlarning elektron analoglari tavsifini
ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari ushbu ibora elektron model bilan ishlash paytida,
haqiqiy fazoviy metaforani davom ettiruvchi interfays texnologiyalari multimediyasiga
asoslangan miqdorini bildiradi.
Gipermatn - elektron shaklda taqdim etilgan hamda tarmoqlangan bog‘lanishlar tizimi
bilan ta’minlangan va uning bir fragmentidan boshqasiga darhol o‘tish imkoniyatlari oldindan
berilgan matn.
Gipermatn - elektron shaklda va tarmoqlangan aloqalar sistemasi bilan
ta’minlangan matn bo‘lib, matnning bir joyidan boshqa joyiga bir zumda o‘tish vazifasini
bajaradi.
Gipermediya – tarkibiga turli tipdagi tuzilgan axborot vositalaridan (matn, illyustratsiya,
tovush, video va boshqalar) tuzilgan gipermatn.
Giper murojaat -bir elektron axborot ob’ektidan boshqasiga murojaat qilish (masalan,
matndan izoh, lug‘at yoki adabiyot ro‘yxatiga, bir maqoladan boshqasiga).
Global kriteriyalar – sifatni baholashning tizimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan
kriteriyalar. Global kriteriyaga mos kelmaslik odatda, ekspertning salbiy baholashiga olib keladi.
Uzoqlashtirilgan komp’yutor dasturi -avtomatlashtirilgan
tajribaviy-
amaliy
harakatlanish tizimi bo‘lib, unda jismoniy ob’ekt bilan ish ob’ekti joylashgan o‘rindan katta
masofada uzoqlashtirilgan kompyuter bilan amalga oshiriladi.
Elektron xrestomatiya -elektron axborotli o‘quv nashrining muhim turi bo‘lib, o‘zida
gipermediya ob’ektlarning tashkillashtirilgan jarayonini namoyon qiladi. Xrestomatiya
mazmunida qo‘llanma, mualliflar, nomlanishlar, jumlalar va boshqalar bo‘yicha izlash
mexanizmlari mavjud.