Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111
Yangi majmua

 
O‘quv-uslubiy аdаbiyotlаr vа elеktrоn tа’lim rеsurslаri ro‘yхаti 
Аsоsiy dаrslik vа o‘quv qo‘llаnmаlаr 
1.Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi (OO‘Y uchun darslik)Toshkent. . “Turon-
Iqbol” 2016 yil 426 b.
 
2. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G‘. Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasi.
(OO‘Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2015 yil.
3. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan praktikum. (O 
O‘Y uchun ) Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2018 yil 242 b.
 


22 
4. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini 
tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil. 20 b. 
5.Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova A.V.Metodika 
prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s. 
Elektron ta’lim resurslari: 
1.
w.w.w.tdpu.uz 
2.w.w.w.pedagog.uz 
3.w.w.w.ziyonet.uz 
4.w.w.w edu.uz 
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham ilm-fan taraqqiyoti natijalari
shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi 
turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar 
axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o‘zlashtirib olishlari 
uchun o‘quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O‘quv 
adabiyotlarining mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash, olingan bilimlarni 
takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o‘quv adabiyotlaridan izlab topish ko‘nikmalarini hosil 
qilishni ta’minlashi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan, 
Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish axborot kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002 yil 6 iyunda Qaror qabul 
qilingan edi. Unda ta’lim sifatini oshirish maqsadida ta’lim standartlariga muvofiq elektron 
o‘qitish bazasini yaratish vazifasi yuklatilgan.
O‘quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli 
o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi 
yoritilgan manba bo‘lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlari va 
elektron o‘quv adabiyotlari.
An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlari – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik 
xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni 
hisobga olgan qog‘ozda chop etiladigan manbadir.
Elektron o‘quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni 
jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish 
imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv-tarbiyaviy jarayonida o‘quv adabiyotlarining quyidagi turlari 
qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, lektsiyalar 
kursi, lektsiyalar to‘plami, metodik ko‘rsatma, metodik qo‘llanma, sharh, dayjest, elektron 
dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.
Darslik
-o‘quv fani, uning biror yo‘nalishi yoki tarkibiy qismining davlat standartlariga va 
o‘quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistemali ravishda 
bayon etilgan o‘quv maxsulotidir.
Elektron darslik 
- yangi axborot-kompyuter texnologiyalari asosida va yuqori ilmiy va 
metodologik darajada yaratilgan Davlat ta’lim standarti mutaxassisliklari va yo‘nalishlarining 
mayyan o‘quv fani (yoki bir necha fan)ga to‘la mos kelgan asosiy o‘quv elektron maxsuloti 
hisoblanadi.
O‘quv qo‘llanma 
- darslikni qisman yoki to‘la o‘rnini bosuvchi, yoki to‘ldiruvchi va 
qo‘llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan mahsulotdir.
Elektron o‘quv qo‘llanma 
- darslikni qisman yoki to‘la o‘rnini bosuvchi, yoki 
to‘ldiruvchi va qo‘llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan elektron maxsulot 
hisoblanadi.
Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining maqsadi talabalarga elektron 
darsliklar yaratish jarayoni haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, unda elektron darsliklar 


23 
yaratish tartibi, talablari, tashkil etuvchilari va yaratishda qo‘llaniladigan dasturiy vositalar va 
ulardan foydalanish malakalari takomillashtiriladi.
Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining vazifalari quyidagilardan iborat:
Elektron darsliklar va ulardan foydalanishning afzalliklarini ajratish;
• 
Elektron darsliklar yaratish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar mazmuni bilan
tanishtirish;
• 
Elektron darsliklar yaratishda zamonaviy telekommunikatsiya va multimedia 
vositalarining o‘rnini aniqlash;
• 
Elektron darsliklar yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tarkibi va ulardan 
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish;
• 
Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida samarali foydalanish metodikasi 
mazmunini tanishtirish.
 
Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez 
o‘zgaruvchan, chuqurlashtirilib o‘qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha elektron 
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash o‘qitish jarayonida yaxshi samara beradi.
Elektron o‘quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki 
bilimlarini rivojlantirishga va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Elektron o‘quv adabiyotlari eng asosiy vakili elektron darslik hisoblanadi. Elektron darslik
– 
kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim 
olishga hamda fanga oid o‘quv materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador 
o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:
-
o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
-
o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;
-
multimedia (multimedia- ko‘p axborotli muhit) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch 
o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
-
taktil (his qilinuvchi, seziluvchan) xususiyatga ega, ta’lim oluvchini kompyuter 
ekrani olamida o‘zining stereo nusxalari tasvirlangan real olamga kirib borishi va undagi 
ob’ektlarga nisbatan tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Elektron darslik - universal dasturiy ta’minotga asoslangan bo‘lib, u muayyan kasbiy 
faoliyat bo‘yicha axborot, bilim berish va o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilishni 
avtomatlashtirishga imkon beradi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin