Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Elektron darslik va undan foydalanish jarayonidagi asosiy tushunchalar



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/111
tarix18.09.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#145233
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   111
Yangi majmua

 
Elektron darslik va undan foydalanish jarayonidagi asosiy tushunchalar
 
Elektron o‘quv adabiyotlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina tushunchalarning keng 
ma’nodagi izohli talqini kompyuter va axborot texnologiyalari rivojlanib borishi bilan yanada 
kengayib borayotgan bilimlar bilan to‘ldirilib borilmoqda. SHuning uchun elektron o‘quv 
adabiyotlari yaratish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tushunchalar va 
terminlarga izohlar quyidagi mulohazalarda keltirilgan..
Tajribaviy-amaliy avtomatlashtirilgan tizim
– bevosita fizik ob’ektlar va yoki 
matematik modellar yordamida tajriba ishlari, va eksperimental izlanishlar o‘tkazishni 
ta’minlaydigan texnik va dasturli vositalar majmuasi.
Elektron nashr 
- bu grafikli, matnli, raqamli, nutqli, musiqali, videofoto va boshqa 
axborot ob’ektlaridan iborat bo‘lgan jamlanma hisoblanadi. Elektron nashr magnitli (magnit 
tasmalarda, magnit disklarda), optik (CD-ROM, CD-I, CD+, CD-R, CD-RW, DVD) elektron 
axborot tashuvchi vositalarida hamda kompyuter tarmog‘ida chop etilishi mumkin. Bitta elektron
nashrda axborotli manbalar, axborotga ishlov berish, boshqarish tuzilmasi ajratilgan bo‘lishi 
mumkin. Elektron nashr istalgan elektron tashuvchida bajarilishi mumkin, shuningdek elektron 
kompyuter tarmog‘ida chop etilish mumkin.
Elektron o‘quv nashri 
- ta’lim oluvchilar tomonidan bilimlar, ko‘nikmalar va 
mahoratlarni ijodiy va faol egallashlarini ta’minlaydigan ilmiy amaliy bilim sohasiga mos 
ravishdagi tizimlashtirilgan o‘quv materialga ega bo‘lgan elektron nashr.


24 
Elektron o‘quv nashri muallifi
– ijodiy faoliyati natijasida elektron o‘quv nashrini 
yaratadigan jismoniy shaxs. Agar elektron o‘quv nashri ikki yoki undan ortiq jismoniy 
shaxslarning birgalikdagi ijodiy faoliyatida yaratilgan bo‘lsa, unda ularning har biri elektron 
o‘quv nashrining muallifi bo‘lib hisoblanadi.
Aprobatsiya 
- ob’ekt, mahsulot yoki texnologiyani, ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlarni amaliy 
ishlatish jarayonida nazoratdan o‘tkazish va tasdiqlash.
Vizual muhit 
- insonga ko‘rish organlari orqali qabul qilinadigan axborot oqimi.
Insonga umumiy psixologik ta’sir o‘tkazishi bo‘yicha vizual muhitning komfortli, 
me’yoriy, gomogenli va agressiv turlari mavjud.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin