Elektron o‘quv qo‘llanmasi -darslikni qisman yoki to‘liq almashtira oladigan yoki
to‘ldiradigan rasmiy tasdiqlangan elektron o‘kuv nashri
Elektron testlar -saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki
telekommunikatsion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qog‘oz»
blankalarni to‘ldirib, so‘ngra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bo‘lib
hisoblanmaydi.
Elektron tashuvchi -raqamlashtirilgan axborotni saqlash vositasi. Eng ko‘p tarqalganlari
magnitli (magnit tasma, magnitli disk va boshqalar) va optik (CD-ROM, DVD, CD-R, CD-I)
elektron tashuvchilardir.
Pedagogik sahna -pedagogik maqsadlarga erishish uchun yo‘naltirilgan, metodik jihatdan
pedagogik uslublarning ketma-ketligining o‘rnatilishi.
Pedagogik test -ma’lum shakl va mazmundagi topshiriqlarning murakkablik darajasi
bo‘yicha tabaqalashtirilgan tizim bo‘lib, ta’lim oluvchining aniq soha bo‘yicha bilim, ko‘nikma
va mahorat darajasi va tuzilmasini samarali baholash imkonini beradi.
Elektron amaliyot -tajribada yaratilgan, ta’lim sohasining ma’lum mavzusini qamrab
oladigan, saqlanadigan, ishlov beriladigan va ta’lim oluvchilarga elektron ko‘rinishida namoyish
qilinadigan modellar tizimi yoki real ob’ektdan uzoqda joylashgan ta’lim oluvchilar tomonidan
individual tuzilgan, ta’lim berish sharoitlari bo‘yicha uzoqlashtirilgan kompyuter dasturining
elektron vositalari yordamida o‘tkaziladigan real eksperimental ishlar.
Elektron muharrir -yaratilgan, o‘zgartirilgan, birlashtirish, ajratish, uzoqlashtirish,
saqlash, vizuallashtirish va boshqa vertual olam ob’ektlariga ishlov berish turlarini amalga
oshirish imkonini beruvchi elektron muhit. Matn, grafik, video, animatsion va fototasvir, tovush,
musiqa, gipermedia va hokazo muharrirlari keng tarqalgan.