22
4. Jumayеv M.E, Boshlang‘ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya mashg‘ulotlarini
tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil. 20 b.
5.Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova A.V.Metodika
prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s.
Elektron ta’lim resurslari:
1.
w.w.w.tdpu.uz
2.w.w.w.pedagog.uz
3.w.w.w.ziyonet.uz
4.w.w.w edu.uz
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham
ilm-fan taraqqiyoti natijalari,
shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarining joriy qilinishi
turli fan sohalarida bilimlarning tez yangilanib borishiga olib kelmoqda. Ta’lim oluvchilar
axborot miqdori oshib borayotgan bugungi kunda yangi bilimlarni tezda o‘zlashtirib olishlari
uchun o‘quv adabiyotlarining turli shakllaridan foydalanishlari talab etiladi. O‘quv
adabiyotlarining mazmuni ta’lim oluvchilarda mustaqil va erkin fikrlash,
olingan bilimlarni
takomillashtirish, yangi bilimlarni turli o‘quv adabiyotlaridan izlab topish ko‘nikmalarini hosil
qilishni ta’minlashi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi Farmoniga asosan,
Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2002 yil 6 iyunda Qaror qabul
qilingan edi. Unda ta’lim sifatini oshirish maqsadida ta’lim standartlariga
muvofiq elektron
o‘qitish bazasini yaratish vazifasi yuklatilgan.
O‘quv adabiyotlari muayan ta’lim turi o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli
o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan, o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi
yoritilgan manba bo‘lib, ikki shaklada tayyorlanadi: an’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlari va
elektron o‘quv adabiyotlari.
An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlari – ta’lim oluvchilarning yoshi va psixo-fiziologik
xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari, qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni
hisobga olgan qog‘ozda chop etiladigan manbadir.
Elektron o‘quv adabiyotlari – zamonaviy axborot texnologiyalari asosida ma’lumotlarni
jamlash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish
imkoniyatlariga ega bo‘lgan manbadir.
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv-tarbiyaviy jarayonida o‘quv adabiyotlarining quyidagi turlari
qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, lektsiyalar
kursi, lektsiyalar to‘plami, metodik ko‘rsatma, metodik qo‘llanma, sharh, dayjest, elektron
dasrlik, ma’lumotlar banki va boshqalar.
Darslik
-o‘quv fani, uning biror yo‘nalishi yoki tarkibiy qismining davlat standartlariga va
o‘quv dasturiga mos holda, yuqori ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan sistemali ravishda
bayon etilgan o‘quv maxsulotidir.
Elektron darslik
- yangi axborot-kompyuter texnologiyalari asosida va yuqori ilmiy va
metodologik darajada yaratilgan Davlat ta’lim standarti mutaxassisliklari va yo‘nalishlarining
mayyan o‘quv fani (yoki bir necha fan)ga to‘la mos kelgan asosiy o‘quv
elektron maxsuloti
hisoblanadi.
O‘quv qo‘llanma
- darslikni qisman yoki to‘la o‘rnini bosuvchi, yoki to‘ldiruvchi va
qo‘llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan mahsulotdir.
Elektron o‘quv qo‘llanma
- darslikni qisman yoki to‘la o‘rnini bosuvchi, yoki
to‘ldiruvchi va qo‘llanma sifatida ta’lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan elektron maxsulot
hisoblanadi.
Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining maqsadi talabalarga elektron
darsliklar yaratish jarayoni haqida ma’lumot berishdan iborat bo‘lib, unda elektron darsliklar
23
yaratish tartibi,
talablari, tashkil etuvchilari va yaratishda qo‘llaniladigan dasturiy vositalar va
ulardan foydalanish malakalari takomillashtiriladi.
Elektron darsliklarni yaratish texnologiyalari kursining vazifalari quyidagilardan iborat:
Elektron darsliklar va ulardan foydalanishning afzalliklarini ajratish;
•
Elektron darsliklar yaratish tartibi va unga qo‘yiladigan talablar mazmuni bilan
tanishtirish;
•
Elektron darsliklar yaratishda zamonaviy telekommunikatsiya va multimedia
vositalarining o‘rnini aniqlash;
•
Elektron darsliklar yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tarkibi va ulardan
foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish;
•
Elektron darsliklardan o‘quv jarayonida samarali
foydalanish metodikasi
mazmunini tanishtirish.
Uzluksiz ta’lim tizimida fan va texnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tez
o‘zgaruvchan, chuqurlashtirilib o‘qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo‘yicha elektron
o‘quv adabiyotlarini tayyorlash o‘qitish jarayonida yaxshi samara beradi.
Elektron o‘quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kengaytirishga, dastlabki
bilimlarini rivojlantirishga va qo‘shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Elektron o‘quv adabiyotlari eng asosiy vakili elektron darslik hisoblanadi. Elektron darslik
–
kompyuter texnologiyasiga asoslangan o‘quv uslubini qo‘llashga, mustaqil ta’lim
olishga hamda fanga oid o‘quv
materiallar, ilmiy ma’lumotlarning har tomonlama samarador
o‘zlashtirilishiga mo‘ljallangan bo‘lib:
-
o‘quv va ilmiy materiallar faqat verbal (matn) shaklda;
-
o‘quv materiallar verbal (matn) va ikki o‘lchamli grafik shaklda;
-
multimedia (multimedia- ko‘p axborotli muhit) qo‘llanmalar, ya’ni ma’lumot uch
o‘lchamli grafik ko‘rinishida, ovozli, video, animatsiya va qisman verbal (matn) shaklda;
-
taktil (his qilinuvchi, seziluvchan) xususiyatga ega, ta’lim oluvchini kompyuter
ekrani olamida o‘zining stereo nusxalari tasvirlangan real olamga
kirib borishi va undagi
ob’ektlarga nisbatan tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.
Elektron darslik - universal dasturiy ta’minotga asoslangan bo‘lib, u muayyan kasbiy
faoliyat bo‘yicha axborot, bilim berish va o‘zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilishni
avtomatlashtirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: