Mavzu: Boshlang'ich sinflarda vaqt va uning o'lchov birliklarini o'rganish. Mundarija Kirish i-bоb. Boshlang'ich sinflarda vaqt tushunchasi va uning o'lchov birliklari


- Boshlang'ich sinflarda bolalarni vaqt birliklari bilan amallar bajarishni o‘rgatish



Yüklə 77,61 Kb.
səhifə4/15
tarix09.05.2023
ölçüsü77,61 Kb.
#110216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
namuna kurs ishi

1.3- Boshlang'ich sinflarda bolalarni vaqt birliklari bilan amallar bajarishni o‘rgatish
Bir necha dars vaqt birligi qatnashgan ismli sonlar ustida amallar bajarishga ajratiladi.
12 soat 45 minut + 15 soat 35 minut ,
10 soat 30 minut + 8 soat 48 minut .
Vaqtni qo‘shishni o‘rganishdan oldin, ana shunday mashqlar qaraladiki, ularda minutlar yoki sekundlar yig‘indisi 24 soatdan kam, kunlar yig‘indisi 30 dan yoki 31 dan kam,…Ayrishni qarashda quyidagi misollar tavsiya qilinadi:1 soat -34 min, 3 m -26 sekund
Bular uchun 1soat-34 min =60 min -34 min=26 minut 3 min-26 sek= 2 min 60 sek-26 sek = 2 min 34 sek deb tushuntirish lozim. Bu mavzuni o‘rganishda vaqt hisobini 1 sutkani 24 soat hisobida olib borish malakasi quyidagicha chizma bilan tushuntiriladi.































0


1


2


3


4


5





6


7


8


9


0


1


2


3


4
































0


1


2











































NATIJALAR VA MUHOKAMA


Bu chizma yordamida kechki soat 7-bu soat 19;11 esa kechki soat 23; Kunduzi 3-bu soat 15 ekanligini tushuntiriladi.
IV sinfda sutka ichida hisoblashga oid quyidagi masalalar qaraladi.

  1. Hodisaning boshlanishi bilan oxiri orasida o‘tgan vaqtga ko‘ra uning oxirini topishga oid masalalar.

Misol: 1-soat dars 8 s 30 min.da boshlanadi, dars 45 minut davom etadi, tanaffus qachon bo‘ladi?

  1. Hodisaning boshlanishini uning oxiri va hodisa davom etgan vaqtga ko‘ra topish.

Misol: katta tanaffus 30 minut davom etdi, kirish 11 s 45 minutda bo‘ladi.
Katta tanaffusga chiqish qachon bo‘lgan?
Berilgan hodisalar orasida o‘tgan vaqtini hisoblash.
Misol: Mustaqillik kuni 1991 yil 1-sentyabrda bo‘lgan. 2000 yil 1- dekabrda mustaqillikka qancha vaqt bo‘lgan?
Vaqt tushunchasini uzunlik, massa tushunchalariga nisbatan ancha murakkab bo‘lgan kattalik - miqdor sifatida qaraladi, chunki vaqt oraliqlari uzunlik, yuz, og‘irlik xossalariga oxshash masalalariga ega. Kundalik hayotda vaqt bir voqeani ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Vaqt birliklarini taqqoslash, qo‘shish, ayirish mumkin. Insonning butun umri vaqt bilan, vaqtni o‘lchash, taqsim qilish, qadrlash uquvi bilan bog‘liq. Vaqt uzluksiz o‘tadi, uni to‘xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Vaqt oraliqlari o‘lchanadi. Birlik sifatida qabul qilingan vaqt oralig’idan bir martagina foydalanish mumkin. Shuning uchun vaqt birligi muntazam ravishda takrorlanuvchi jarayon bo‘lishi kerak. Xalqaro sistemada bunday birlik qilib sekund olingan. Sekund bilan bir qatorda vaqtning boshqa birliklari minut, soat, sutka, yil, hafta, oy, asr ishlatiladi. Yil va sutka birliklari tabiatdan olingan, soat, minut, sekund birliklari kishilar o‘ylab topgan.
Yil yerning Quyosh atrofida aylanish vaqti, sutka yerning o‘z o‘qi atrofida aylanish vaqti. Yil taxminan 365 sutkaga teng. Lekin kishilarning bir yilgi hayoti sutkalarning butun sonlaridan tuzilgan. Shuning uchun har yilga olti soatdan qo‘shish o‘rniga har to‘rtinchi yilga butun sutka qo‘shiladi. Bu yil 366 kundan iborat bo‘lib, kabisa yili deyiladi. Bizning eramizgacha 46- yilda Rim Imperatori Yuliy Sezar o‘sha paytda chalkashib ketgan kalendarni tartibga solish maqsadida yillar shunday navbat bilan keladigan kalendarni yaratdi. Shuning uchun bu yangi kalendar yuli Yulian kalendari deyiladi. Shu kalendarga asosan yangi yil 1- yanvardan boshlanadi va 12 oy davom etadi. Bu kalendarda vavilonlik astronomlar yaratgan vaqt o‘lchovlardan hafta ham saqlanib qolgan. Oy vaqtning uncha aniq bo‘lmagan birligidir, u 31, 30, 28, 29 kundan iborat. Ammo bu birlik qadim zamonlardan beri mavjud va u oyning Er atrofida aylanishi bilan bog‘liq. Oy taxminan 29,5 sutkada Erni to‘la bir marotaba aylanib chiqadi va bir yilda taxminan 12 marta aylanadi. Shu ma‟lumotlar qadimgi kalendarni tuzishga asos bo‘ldi. Ko‘p asr davomida izlanish, mukammallashtirish natijasida hozirgi kalendar vujudga keldi. Sutkaning hozirgidek 24 soatga bo‘linishi ham qadimgi davrdan kelib chiqqan bo‘lib, u qadimgi Misrda kiritilgan. Minut, sekund qadimgi Vavilonda kelib chiqqan.
1 soatni 60 minutligi, 1 minutni 60 sekundligini Vavilonlik olimlar topganlar. 1 soat = 60 minutga, 1 minut=60 sekundligiga vavilonlik olimlar yaratgan oltmishli sanoq sistemasining ta‘siri bor faraz qilinadi.

I-IV sinflarda bolalar yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund, asr, ―vaqt o‘lchovi‖ ning asosiy birliklari haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari kerak.
Insonning butun umri vaqt bilan, qadrlash o‘quvi bilan bog‘liq. Vaqt beto‘xtov o‘tadi, uni to‘xtatish ham, qaytarish ham mumkin emas. Shuning uchun vaqt oraliqlarini qabul qilish, voqealarni davom etishi bo‘yicha taqqoslash ham qiyin. Vaqtni qabul qilishimiz mukammal emas, vaqtning u yoki bu oralig’ida nima bo‘layotganligiga bog‘liq ravishda vaqt dam tez dam sekin o‘tayotgandek bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun vaqt o‘rganish qiyin bo‘lgan miqdorlardan biridir. Bolalarda vaqt haqida tasavvurlar uzoq kuzatishlar, turmush tajribalarining jamlanib borishi jarayonida asta sekin rivojlanadi. Vaqt haqidagi dastlabki tasavvurlarni bolalar maktabgacha bolgan davrda oladilar. Tun va kunning, yil fasllarining almashinishi, bolalar hayotidagi rejimli momentlarning takrorlanishi vaqt haqidagi tasavvurlarni shakllantiradi.
Voqealarning vaqt bo‘yicha ketma-ketligi ham (nima avval bo‘lgan edi, nima keyin bo‘lgan edi) va hodisalarning davomiyligi haqidagi tushuncha ham bolalar tomonidan qiyin o‘zlashtiriladi. Birinchi sinf o‘quvchilarida vaqt haqidagi tasavvurlar maktabgacha yoshdagi bolalardagi kabi eng avvalo ularning amaliy faoliyatlarida shakllanadi; kun rejimi, tabiat kalendarining yuritilishi, hikoyalar, ertaklar o‘qiganlarida va kinofilmlar ko‘rganlarida voqealarning ketma-ket kelishini qabul qilinishi, har kuni dafarlarda ish kunining yozib borilishi - bola vaqt o‘zgarishini ko‘rishiga, vaqt o‘tishini his qilishiga yordam beradi. Dastur 1-sinfda bolalarni hafta kunlari va ularnig kelish tatibi bilan tanishtirishni ko‘zda tutadi. Shu bilan birga dastur yildagi oylarning nomlarini va ularni kelish tartibini bilib olishlarini, tanish vaqt oraliqlarini taqqoslashni ya‘ni nima uzoq davom etadi: darsmi yoki tanaffusmi, o‘quv choragimi yoki kanikulmi, yoshi bir xil, yoshi kichik, yoshi har xil kabi tushunchalarni o‘rgatishni nazarda tutadi. Bolalarda yig‘ilgan bunday tasavvurlar ikkinchi sinfda vaqt o‘lchovlarini o‘rganishga zamin bo‘ladi. Berilgan mavzuni o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi darsda bolalarda yil, oy, hafta haqidagi tasavvurlarni shakllantirishga doir ishlar bajariladi. Yil, oy, hafta bilan tanishtirishda o‘qituvchi tabel kalendardan foydalanadi. Bolalar tabel–kalendar yordamida bir yilda o‘n ikki oy borligi, davomiyligi bir xil bo‘lgan oylarning nomini o‟zlashtiradilar, ajratadilar: aprel, iyun, sentyabr, noyabr 30 kundan, qolgan 7 oy esa 31 kundan, oddiy yilning fevrali 28 kundan, kabisa yili esa 29 kundan iborat. Shu bilan birga kalendardan oyning tartib raqamini aniqlash o‘rgatiladi. Masalan yilning beshinchi oyi qanday ataladi? Iyul, avgust, oktyabr tartib bo‘yicha nechanchi oylar?

Agar oy va sana ma‘lum bo‘lsa, haftaning kunini aniqlaydilar va aksincha haftaning kunlari ma‘lum bo‘lsa, bu kun oyning qaysi sanasiga to‘g‘ri kelishini aniqlash mumkin.
Bolalarni kalendar bo‘yicha quyidagi savollarga javob berishga o‘rgatiladi:

  • Bu yil Mustaqillik bayrami, Navro‘z bayrami, Xotira kunlari haftaning nechanchi kuniga to‘g‘ri keladi?

-Yanvar, mart, may, dekabr yilning nechanchi oylari?

  • Yilda ikkinchi, to‟rttinchi, sakkizinchi bo‘lib keluvchi oyning nomi nima?

  • Kalendarda bilingchi bahorgi kanikul necha kun davom etarkan? (bahorgi kanikul 21 martdan boshlanib 1 aprelgacha davom etadi.)

Bunday savollarni yana davom ettirish mumkin, yilda oyning kelish tartibini belgilashda rim raqamlaridan foydalaniladi. Sutka tushunchasi sutkaning bolalarga yaqin bo‘lgan qismlari - ertalab, kunduzi, kechqurun, tun (yoki ertalabdan kechgacha bo‘lgan kun va tun) orqali ochib beriladi. Bundan tashqari davomiyligining tartibi haqidagi tasavvurga tayaniladi: kecha, bugun, ertaga, ertadan keyin, oldingi kun, indingi, o‘tgan kuni. Bolalarga kecha ertalabdan bugun ertalabgacha o‘tgan vaqt oralig’i sutka deb ataladi deb tushuntiriladi. Tabel-kalendardagi sanalar sutkalarni ifodalashini sutkalar kechasi soat 12 da boshlanishi tushuntiriladi: shundan keyin soat va minut tushunchasi o‘rgatiladi. Bolalarning bu vaqt oraliqlari haqidagi aniq tasavvurlari ularning amaliy faoliyatlari, kuzatishlari asosida shakllantiriladi. Masalan: 1 soat bitta 60 dars bilan katta tanaffusning davom etishidir. Bir minutning qancha davom etishini shakllantirish uchun mashqlar kiritiladi. Bu mashqlar yordamida bolalar bir minutda nima qilish mumkinligini bilib oladilar. Masalan bir minutda qancha sanay olasan? Nechta misol echa olasan? O‘rtacha qadam bilan bir minutda necha metr bosish mumkin? Soat va minut bilan tanishtirishga bag‘ishlangan birinchi darsdayoq vaqt o‘lchovlari orasidagi munosabatlar aytiladi: bir sutka yigirma to‘rt soatdan, bir soat oltmish minutdan iborat. Bu bosqichda soat bilan tanishtirish asosiy ish bo‘lib hisoblanadi. Soatning demonstrasion modeli yordamida o‘qituvchi soatning tuzilishi, ishlashini, hamma soatlar shunday yasalganini, ya‘ni katta strelka bir kichik chiziqchadan ikkinchi kichik chiziqchagacha bir minutda o‘tishini, kichik strelka esa bir katta chiziqdan ikkinchi katta chiziqgacha bir soatda o‘tishini aytadi. Shuning uchun katta strelkani minut strelkasi kichik strelkani esa soat strelkasi deyiladi.
Vaqtni o'lchashning birinchi birliklaridan biri, albatta, kun edi, ya'ni Quyosh osmonda paydo bo'lib, Yerni "aylanib o'tadi" va asl nuqtasida yana paydo bo'ladi. Kunni ikki qismga - kunduz va tunga bo'lish bu vaqt oralig'ini aniqlashni osonlashtirdi. 

Yüklə 77,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin