Masalalar: 1. 2-sinf o’quvchilarining o’qish tezligi tekshirilganda quyidagi natijalar olindi: 60, 71, 55, 54, 49, 72, 69, 80, 62, 66, 75, 65, 69, 57, 72, 67, 76, 70, 85, 78. Buma’lumotlarni 10 tadan so’z oralig’da guruhlab, variatsion jadvalga joylashtiring. O’rtacha o’qish tezligini va eng tez, eng sekin o’qigan o’quvchini, ko’pchilikning tezligini aniqlang.
2. Ikki duradgor stollar yasab, sotuvga qo’yishdi. Birinchi duradgorning stollari sifatli va chiroyli bo’lgani uchun 150 ming qimmatroq sotildi. Agar ular 8 tadan stol sotgan bo’lsa, birinchi duradgor qancha qo’shimcha foyda olgan?
3. Sinfda 20 ta o’quvchilar stoli bor. Stolning bo’yi 110, eni 50 sm.Agar 1 m2 yuzani bo’yashga 100 gr bo’yoq sarflansa, hamma stollar yuzasini bo’yashga qancha bo’yoq kerak bo’ladi? Agar stollarni yaxshi saqlab, 2 yil mobaynida bo’yashmasa, qancha bo’yoq tejalishi mumkin?
4. Ikki bichiqchi, usta va shogird, matodan bir xil ko’ylak bichishdi. Shogird 60 m matodan 15 ta, usta esa undan 5 ta ortiq ko’ylak bichdi.Har bir ko’ylakdan usta qancha matoni tejagan? Har bir ko’ylak 350 ming so’mdan sotilsa, usta qancha qo’shimcha foyda olgan?
5. Darsdan keyin sinf xonasida 500 gr qog’oz chiqindilari qolgani ma’lum bo’ldi. Agar har kuni shunchadan qog’oz isrof bo’lsa, 210 o’qish kunida qancha qog’oz isrof bo’ladi? Agar 1 ta daraxtdan 50 kg qog’oz olinsa, bu tashlangan qog’ozlar qancha daraxtni kesilishdan asrab qolishi mumkin edi?
6. Brigada ishchilariningish unumi haqida quyidagi ma’lumotlar olingan ( ish unumi deganda 1 soatda ishlab chiqarilgan detallar soni ko’zda tutilgan): 26, 25, 24, 25, 28, 39, 28, 32, 24, 37, 20, 22, 30, 31, 35, 26, 23, 27, 28. Ma’lumotlarni 5 tadan detal oralig’ida tartiblang, o’rtacha ish unumini toping. Variatsion qatorning modasini aniqlang.
7. Matematikadan yozma ish natijasida o’quvchilar quyidagi baholarni oldilar: 4, 5, 3, 3, 5, 4, 2, 3, 4, 3, 2, 3, 4, 5, 2, 4, 4. 3, 4, 5, 3, 2, 3, 4. Har bir bahoning chastotasi va nisbiy chastotasini toping. Variatsion qatorni to’ldiring. Ma’lumotlar asosida diagramma tuzing.
Dostları ilə paylaş: |