1.Uchish apparatini boshqarish Boshqarish ob’ekti – uchish apparati (raketa). Boshqarish maqsadi – nishonni yo`q qilish, yani raketaning nishon bilan uchrashishini ta’minlash.
Raketaning nishon bilan yaqinlashishi mumkin bo`lgan cheksiz miqdordagi traektoriyalardan amalda faqat shundaylari tanlanadiki, ular bo`yicha uchish bir tomondan, yetarlicha sodda texnikaviy vositalar yordamida bajariladi, boshqa tomondan, nishonni yo`qotishning maksimal ehtimolligi ta’minlanadi. Sozlash jarayonini amalga oshirishda raketa harakati aniq tarzda chegaralanishi kerak, yani raketaning harakatiga (bog`lanishlar) aloqalar qo`yilgan bo`lishi zarur. Shunday qilib, qaralayotgan jarayonda raketa bilan nishonning uchrashishini ta’minlovchi harakatning parametrlari aniqlangan qonun bo`yicha o`zgarishi kerak.
2.Elektrotexnik ob’ektlarni boshqarish Boshqarish maqsadi – sistemaning turli bo`ginlari o`rtasida kuchlanishning doimiyligini ta’minlash yoki, biror elementda ajraladigan quvvatning maksimal bo`lishiga erishish va h. Aniqlangan qonunlar bo`yicha o`zgarishi kerak bo`lgan jarayonlar bu – kuchlanishlarni, toklarni, quvvatlarni tashqi elektr yurituvchi kuchlar yoki tashqi manbaalarning toki va boshqalar ta’sirida o`zgarishlari.
3.Texnikaviy ob’ektlarni boshqarish Boshqarish maqsadi – temperaturani biron-bir taqsimlanishini saqlab (taminlab) turish yoki temperaturani biron chegaraviy qiymatidan ortib ketishiga issiqlik energiyasini berish yoki olish orqali yo`l qo`ymaslik.
Yuqorida aytilganlar asosida xulosa qilish mumkinki, jarayonlarni talab etilgandek ro`y berishini ta’minlovchi sharoitlar yaratish, yani zaruriy rejimni saqlab turish texnikaviy kompleks shaklida amalga oshirilishi mumkin, bu texnikaviy kompleks o`z ichiga ushbu asosiy bloklarni oladi:
boshqarish ob’ekti: ob’ektdagi jarayonlarni xarakterlovchi parametrlarni joriy qiymatlari haqida
axborotlarni olish bloki (o`lchashlar sistemasi);
boshqaruvchi blok:
bu blok buyruqlarni shakllantiradi, ular ob’ektga kelib, undagi sodir bo`layotgan jarayonlarni qo`yilgan maqsadga erishish yo`nalishiga qaratib o`zgartiradi;
nazorat-o`lchov qurilmalari:
topshiriqni bajarilishini borishi ustidan nazorat va topshiriqni bajarilishi natijalarini tekshirishni amalga oshiradi.Bu texnikaviy kompleksni boshqarish ob’ekti va unga biriktirilgan o`lchovchi va boshqaruvchi bloklar bilan birlashtirilgan yaxlit to`plam deb belgilab olamiz.Shu yerda matematik modellashtirish fanidan ma’lum bo`lgan sistema tushunchasidan foydalanamiz.
Sistema - bu tushuncha matematik modellashtirish tushunchasining ekvivalenti bo`lib, u juft to`plamlar U, Y (U – kirishlar to`plami, Y – chiqishlar to`plami) va kirish va chiqish orasidagi bog`liqlikni formallashtiruvchi U Y munosabat bilan beriladi. Sistemalarni birlashtirish ham sistema hisoblanadi. Sistema ushbu xossalarga ega [2]:
Yaxlitlik (butunlik), bu sistema tashqi muhitdan ajratilganligini bildiradi; muhit sistemaga uning kirishlari orqali ta’sir ko`rsata olishi mumkinligini va sistema bu ta’sirlarga chiqish orqali javob (reaktsiya) berishi mumkinligini
bildiradi; Strukturalanganlik, bu sistema ichida bir nechta nimsistemalarga ajratilganligini bildiradi. Nimtizimlar o`zaro bog`liq va sistema yaxlit holda, butunicha tashqi muhit bilan qanday ta’sirlashsa, ular ham bir-birlari bilan o`zaro ta’sirlashadilar;
Maqsadga muvofiqlik (yo`nalganlik), biron maqsadni berilganligini talab etadi, bu maqsadga erishish sistemaning to`g`ri ishlashini bildiradi. Yuqoridagi ta’riflar aniq, formal ta’riflardir. Endi formalligi ozroq ta’riflarni keltiramiz:
Sistema – bir-birlari bilan qonuniyatli bog`langan predmetlar (buyumlar)ning ob’ektiv birligidir.
Sistema – hodisalar hamda tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarning ob’ektiv birligidir.
Sistema – yagona yaxlitlikni namoyon etuvchi o`zaro bog`langan elementlar (ob’ektlar, munosabatlar) to`plami.
Sistmaning xossalari uni tashkil etuvchi elementlarda bo`lmasligi mumkin.
1.1-jadvalda sistemaga misollar keltirilgan.
Bundan bo`yon texnologik jarayonning funktsional elementlarini kvadratlar (yoki to`g`ri to`rtburchaklar) bilan, bu elementlarga kirayotgan signallarni esa strelkalar bilan belgilaymiz (1.1-rasm).
Signalga ta’rif beramiz. Signal deb, shunday fizikaviy jarayonga aytiladiki, uning parametrlari axborotga ega bo`ladi. Masalan, telefon aloqasida elektr signallari yordamida suhbat tovushlari uzatiladi, televidenieda esa – tasvir.
Axborotga ega parametrlarni axborotli parametrlar deyiladi. Masalan, signal - elektr kuchlanish, kuchlanish amplitudasi – axborotli parametr.
Signalni analogli deyiladi, agarda uning axborotli parametrlari berilgan oraliqda ixtiyoriy qiymatlarni qabul qila olsa (1.2-rasm).
Signal raqamli deyiladi, agarda uning axborotli parametrlari impulslarning kodlangan ketma-ketligida joylashgan bo`lsa.
1.1-rasm. Funktsional element.
1.2-rasm. Analogli signal f(t).
Yuqoridagiga muvofiq o`lchashlar sistemasi turli fizikaviy jarayonlarning qiymatlarini (temperatura, bosim, aylanishlar soni va b.) elektr signallarga aylantirgichlarni namoyon etadi.
O`lchash sistemalariga (datchiklarga) misollar:
Texnologik jarayonlarni talab etilgandek ro`y berishini ta’minlovchi texnikaviy kompleks – to`plamni boshqarish sistemasi deb ataymiz.
Boshqarish sistemasi boshqarish ob’ektini o`rab oluvchi berk konturni hosil qiladi. Shu sababli, bu bloklarning hammasi qatnashgan sistemani berk sistema deyiladi yoki teskari aloqa (TA) li boshqarish sistemasi deyiladi (1.3rasm).
Boshqarish jarayonlari – bu sistemalarda sodir bo`luvchi dinamik jarayonlar bo`lib, bu sistemalarda axborot oqimlari, hamda boshqarish maqsadlariga erishish uchun qarorlar va harakatlar berk konturlar yani, TA li sistemalar ko`rinishida strukturali amalga oshiriladi.
Boshqarish sistemalarining bir qismi biryo`nalishli xossasiga ega, yani oldindagi elementga keyingi elementni ulash oldindagi elementning holatiga ta’sir ko`rsatmaydi. Avtomatik sistemalarda hech bo`lmaganda bitta biryo`nalishli elementning mavjud bo`lishi signallarni faqat bir yo`nalishda “o`tishiga” olib keladi.
3-rasm.ABS ning umumlashgan sxemasi
I-sistemaning axborotli qismi, axborotni olish, saqlash, qayta ishlash va uzatishni amalga oshiradi; II- sistemaning energetik (kuch beruvchi) qismi, axborotni ob’ektga boshqaruvchi ta’sirga aylantirish uchun xizmat qiladi
1.1 – jadval [2].