MAVZU: BOSHQARUVNING PEDAGOGIK -PSIXOLOGIK JIHATLARI.
Reja:
Boshqaruv psixologiyasining sotsial psixologik jihatlari
Guruhlarda rahbarlik va liderlik
Liderlik uslublari haqida tushuncha
Rahbarlik sifatlari
1.Boshqaruv psixologiyasining sotsial psixologik jihatlari
Oxirgi yillarda inson omiliga e’tiborning ortib borishi munosabati bilan boshqaruv psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda psixologiyaning maxsus bo‘limi boshqarish psixologiyasi paydo bo‘ldi. Boshqaruv psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni, shaxsni va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o‘rganadi.
Sotsial psixologiya boshqaruv masalalariga e’tiborini qaratganda, eng avvalo, ushbu faoliyatning samaradorligini, u orqali rahbarning ta’sir ko‘lamini o‘rganadi. Masala ochiq tarzda quyidagicha qo‘yiladi: boshqaruvchi yoki rahbar o‘z faoliyatida qanday omillardan va qay darajada omilkorona foydalanmoqda, uning «ta’sir kuchi» tom ma’noda sotsialmi yoki iqtisodiymi? Lo‘nda qilib aytganda, bu rahbarning obro‘ topish yo‘llarini qay tarzda namoyon etayotganligi va qaysi omillardan ko‘proq foydalanishini aniqlashni taqozo etadi.
Masalan, hayotda shunday rahbar borki, u bilan ishlashning o‘zi jamoaga zavq bag‘ishlaydi, unig insoniyligi, saviyasi, xalq ichidagi obro‘si uning moddiy rag‘batlantirish imkoniyatlariga bog‘liq emas. Boshqa bir rahbarning aytgani-aytgan, degani-degan, chunki u har bir xodimga, har bir yutug‘i uchun faqat moddiy rag‘batlantirish usullaridan foydalanadi. Kimga qay biri ma’qulligiga qarab, ba’zan xodimning ishga, burchga va mas’uliyatga munosabatini bilsa bo‘ladi.
Shunday qilib, boshqaruv jarayonining o‘zida ikki mihim jabhani farqlash mumkin:
1. Ijtimoiy jabha – bu boshqaruvda asosan ma’murchilik yo‘lini nazarda tutadi. Rahbar faqat ma’muriyat a’zosi, uning yetakchisi sifatida idrok etiladi. Bunday rahbar tashkilot yoki muassasada boshqaruv apparati bo‘lishi shart bo‘lganligi bois mavjud bo‘lib, uning xodimlar bilan o‘zaro muloqoti ahamiyatga ega emas. Xodimlar bunday sharoitda «falon yerda ishlayman» degan iborani ko‘proq ishlatishadi;
2. Psixologik jabha – bu xodimlar tomonidan rahbarning yetakchiligi, ish-faoliyat mobaynida orttirgan obro‘si, nufuzi orqasidan ularga ta’sir ko‘rsata olish qobiliyatini nazarda tutadi. Xodimlar o‘zaro «men falonchi rahbar bilan ishlayman» iborasini mamnuniyat bilan ta’kidlashadi1.
2. Guruhlarda rahbarlik va liderlik
Psixologik adabiyotlarda «rahbar», «lider» – «yetakchi», «boshliq» kabi atamalar deyarli sinonim sifatida ishlatiladi. Aslida psixologik nuqtai nazardan, bu tushunchalarda muayyan farqlar va umumiylik bor. Umumiylik shundaki, har biri kimningdir kimlar ustidan hukmronligini, ustun sifatlarga ega ekanligini ifodalaydi. Farqi shuki, «lider» – «yetakchi» shaxsning guruhga munosabatini ifodalab, uning a’zolariga ta’sir o‘tkazuvchi va maqsadga yetaklovchiga nisbatan ishlatiladi. Yetakchilik guruh tarkibini, undagi munosabatlar tizimini tahlil etish orqali aniqlanadigan shaxslar holatidir.
Lekin liderga xos bo‘lgan fazilatni ifodalovchi yana qator jihatlar borki, ularni munosabatlar tizimi doirasidagina tahlil etolmaymiz. Bunday talqinda liderga xos bo‘lgan asosiy jihatlardan yana biri – shaxsning vaziyatga muvofiq ravishda harakat qilish qobiliyatini hisobga olish zarurati tug‘iladi. Biron-bir muammoli vaziyatda paydo bo‘lgan qiyinchilikni bartaraf etishdagi tashabbus, topqirlik, mohirlik liderga xos fazilatlardir. Muammoni yechish bilan bog‘liq qiyin vaziyatda lider boshqalarga nisbatan o‘zining ilg‘orligi, peshqadamligi bilan ajralib turadi.
«Rahbar» esa ko‘proq shaxsning u boshchilik qilayotgan jamoadagi faoliyatga aloqadorligini, uning rasmiy mavqeini bildiradi. Shuning uchun ham har doim ham lider bilan rahbar bir shaxs bo‘la olmaydi. Rahbarlar bir-birlaridan nimasi bilan farq qiladi, degan savol o‘rinli. Ular asosan odamlar bilan ishlash, ularga ta’sir ko‘rsatish va ishni tashkil etish mahoratiga ko‘ra farqlanadilar. Shunga bog‘liq ravishda fanda boshqaruvning bir necha uslublarini farqlab, o‘rganishadi.
«Lider» va «rahbar» tushunchalari o‘rtasidagi farqlar haqida B.D.Parigin shunday yozadi:
lider asosan guruhdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, rahbar – shu guruhdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
liderlik kichik guruhlargagina xos bo‘lgan hodisa bo‘lsa, rahbarlikning haq-huquqlari katta guruhlar doirasida ham sodir bo‘lishi, amalga oshirilishi mumkin;
agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo‘lsa, rahbarlik maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan normalar, tartiblar asosida saylovlar oqibatida sodir bo‘ladigan hodisadir;
liderlik rahbarlikka nisbatan vaqtinchalik hodisa bo‘lib, guruh a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo‘nalishiga qarab, uzoqroq muddatda yoki qisqa muddatda ro‘y beradi;
rahbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo‘q bo‘lgan jazolash va rag‘batlantirish tizimiga ega bo‘lib, shu asosda o‘z xodimlariga ta’sirini o‘tkazishi mumkin;
lider guruhda u yoki bu qarorlar, ko‘rsatmalar, tashabbuslarni o‘z ixtiyoricha, bevosita chiqarishi mumkin, rahbarda esa bu yo‘nalishda ko‘plab rasmiy ko‘rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, ular doirasidan chiqib ketishi qiyin;
liderning faoliyati faqat kichik guruhlar doirasida amalga oshirilsa, rahbar shu guruhdagi, kengroq sotsial doiradagi, jamiyatdagi vakili bo‘lganligi uchun, uning vakolatlari ham keng, faoliyat imkoniyatlari ham ortiqdir.
Liderlikni tushuntirishga harakat qilgan bir qancha nazariyalar mavjud bo‘lib, ularga xarizmatik nazariya, vaziyatga bog‘liqlik nazariyasi, sintetik nazariyalari kiradi. Quyida ularning qisqacha mazmuni bilan tanishib chiqamiz.
Birinchisi “'liderlik sifatlari nazariyasi”dir yoki xarizmatik nazariya. Uning mohiyati shuki, hamma ham lider bo‘la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig‘indisi tug‘ma mavjud bo‘lib, ular uning guruhda lider bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan, 1940 yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo‘lgan liderlik qirralari ro‘yxatini tuzdi. Bu ro‘yxatda jumladan tashabbuskorlik, muloqotga kirisha olish, yumor hissi, o‘ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish, tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo‘ladi-yu, qanday shakllanishini tushuntirib bera olmadi, ikkinchidan, so‘roqlar mobaynida birorta sifat ham mutlaq ko‘p marta qayd etilmadi.
Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog‘liqligi nazariyasidir. Bu yerdagi asosiy g‘oya – lider vaziyatning mahsuli degan g‘oyadir. Har bir odamda liderlik sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar ayrim shaxslarning o‘zlarini ko‘rsatishlari, lider bo‘lishlari uchun qulay hisoblanadi.
Yuqoridagi ikki nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo‘lgan uchinchi nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruhiy munosabatlarning bevosita mahsuli deb qaraydi, liderning ro‘yobga chiqishida guruhning birlamchi rolini ilgari suradi.
Psixolog A.N.Leontyevning faoliyat konsepsiyasiga tayangan holda, liderlikni faoliyat mahsuli, guruhning ushbu faoliyatga munosabati va guruhda qabul qilingan normalar va sotsial kutishlarga kim ko‘proq javob berishiga qarab liderni aniqlash mumkin. Ijtimoiy kutishlar nazariyasi hozirda ko‘pchilik tomonidan ma’qul yondashishlardan biri deb qabul qilinmoqda.
3. Liderlik uslublari haqida tushuncha
Har bir lider yoki boshliq o‘zicha individual va qaytarilmasdir. Buning boisi har bir boshliq o‘z ish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o‘ziga xos tarzda tashkil etishidadir. Sotsial psixologiyada boshqaruv sohasida batafsil o‘rganilgan muammolardan biri turli boshqaruv uslublaridir. Bu sohada nemis olimlari G.Gibsh, M.Forverg, rus olimlari V.D.Parigin, L.N.Umanskiy, M.Yu.Jukov va boshqalarning ishlari ayniqsa diqqatga sazovordir. Barcha ilmiy tadqiqotlarni umumlashtirgan holda sotsial psixologiyada qabul qilingan uch asosiy boshqarish uslublariga xarakteristika berib chiqamiz.
2-rasm. Boshqaruv jarayonida an’anaviy uslublarning ko‘rinishi
Avtoritar rahbar barcha ko‘rsatmalarini ishchanlik ruhida, aniq ravshan, keskin ohangda xodimlarga yetkazadi. Muloqot jarayonida ham xodimlarga nisbatan do‘q-po‘pisa, keskin ta’qiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalanadi. Uning asosiy maqsadlaridan biri qanday yo‘l bilan bo‘lsada, o‘z hukmini o‘tkazish. Uning nutqi ham aniq va ravon doimo jiddiy tusda bo‘ladi. Biror ish yuzasidan xodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof sub’yektiv bo‘lib, bu narsa boshliqning kayfiyatiga va o‘sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog‘liq. Jamoa a’zolarining tilak istaklari, ularning fikrlari va maslahatlari juda ham kam hollardagina inobatga olinadi. Aksariyat hollarda bunday istaklar yoki ko‘rsatmalar to‘g‘ridan to‘g‘ri do‘q po‘pisa, kamsitish yoki ma’naviy jazolash yo‘li bilan cheklanadi yoki qoniqtirilmaydi. Bunday rahbar o‘z ish uslublari, kelajak rejalari, biror aniq ishni, operatsiyani qanday amalga oshirmoqchiligini odatda, jamoadan sir tutadi, uning fikricha, bu uning obro‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Guruhdagi sotsial fazoviy munosabatlardagi o‘rni jihatdan, u «JAMOADAN CHETDA», avtonom.
Avtoritar rahbarda har bir jamoa a’zolarining qobiliyatlari, ishga munosabatlari, mavqelariga ko‘ra tutgan o‘rinlari haqida tasavvurlar borki, shunga ko‘ra u har bir xodimning ish harakatlarini maksimal tarzda dasturlashtirib qo‘ygan, unda har qanday cheklashlar uning ochiq g‘azabini keltiradi va buning uchun unda jazolashning turli uslublari mavjud. Ya’ni bunday jamoalarda hokimiyat markazlashtirilgan, jamoa rahbari ushbu markazning yakka hokimi shuning uchun ham bu yerda «mening odamlarim», «mening ishim», «mening fikrim bo‘yicha» qabilidagi iboralar tez-tez ishlatiladi. Bunday rahbarlarda ishiga nisbatan shunday fidoiylik borki, ular o‘zlarini shu ishsiz tasavvur qila olmaydilar, ya’ni ish uning «butun vujudini qamrab olgan». Shu sabab bo‘lsa kerak, bunday rahbar har bir odamda uning kundalik ish faoliyatini, uning natijalarini juda yaxshi biladi. Lekin, aslida uni ishning mazmunidan ko‘ra, uning o‘sha yerdagi yetakchilik roli, boshliqligi ko‘proq qiziqtiradi va o‘ziga o‘sha sifatlarga qarab baho beradi. Bu sifat, tabiiyki, ishning sifatiga ham ta’sir qilgani uchun jamoa oldiga qo‘yilgan barcha topshiriqlar bajarilmay qolmaydi («temir rahbar»).
Bunday jamoalarda tanqid ishi juda sust, chunki u o‘zini ham, boshqalarni ham, tanqid qilishlariga yo‘l qo‘ymaydi. Tanqid qilishga, uning fikricha, faqat boshliq haqli. Yig‘ilishlarda so‘zni o‘zi boshlab, tashabbusni oxirigacha boshqalarga bermaydi, odamlarning takliflari, ularning hissiyotlari e’tiborga olinmaydi. G.Gibsh va M.Forverglarning tahlil qilishlaricha, avtoritar lider bosh bo‘lgan ishlarning samaradorligi ancha yuqori bo‘lib, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari ham yuqori bo‘lar ekan. Lekin jamoadagi ruhiy ma’naviy muhit og‘ir, tang bo‘lib, bu narsa odamlarning jamoadan to‘la qoniqmasliklariga olib keladi. Bunday rahbarlar boshchilik qilgan mehnat jamoalarida ishlaydigan odamlar o‘z kasblari, ish joylarini osonlikcha almashtirishlari mumkin.
Demokratik rahbar, aksincha, bo‘ysunuvchilarga mustaqillik erk berish tarafdori. Ishda topshiriqlar berganda ishchilarning shaxsiy qobiliyatlarini hisobga olgan holda taqsimlaydi. Bunda u xodimlarning shaxsiy moyilliklarini, xohish va istaklarini ham hisobga oladi. Buyruq yoki topshiriqlar odatda, taklif ma’nosida beriladi. Nutqi oddiy, doimo osoyishta, sokin, unda o‘rtoqlarcha do‘stona munosabat sezilib turadi. Biror kishini maqtash, uning lavozimini oshirish yoki ishdagi kamchilikka ko‘ra ishiga baho berish doimo jamoa a’zolarining fikri bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Tanqid, ko‘pincha taklif, istak shaklida, qilingan ishlarning mazmuniga baho berish holda egasiga, «aybdorga» yetkaziladi. Har bir yangi ish jamoa maslahatisiz boshlanmaydi. Shuning uchun ham uning fazoviy sotsial holati «JAMOA ICHIDA».
Jamoada tanqid va o‘z-o‘zini tanqid shunday yo‘lga qo‘yilganki, uning oqibatida hech kim aziyat chekmaydi. Chunki ko‘proq boshliq emas, balki jamoaning boshqa faollari norasmiy liderlar tanqid qiladilar. Boshliq yo‘l qo‘ygan xato kamchiliklarni jamoatchilik oldida bo‘yniga olishdan qo‘rqmaydi. Chunki, undagi mas’uliyat hissi nafaqat yuqori boshqaruv tashkilotlarning a’zolari bilan muloqot paytida, balki xodimlar bilan muloqotda ham sezilib turadi va qo‘yilgan topshiriqlar yuzasidan mas’uliyatni boshqalarga ham bo‘lib berishni yaxshi ko‘radi. Boshliqning xodimlaridan siri yo‘q, shuning uchun ham majlislarda ko‘proq u emas, balki barcha xodimlar gapiradilar, oxirgi qaror chiqarish va so‘zlarni yakunlash, umumlashtirish huquqidan u to‘liq foydalanadi.
Gibsh va Forverglarning analizlariga ko‘ra, bunday boshliq rahbarlik qilgan jamoalarda ma’naviy ruhiy muhit juda yaxshi, ishchilar jamoadan, ishdan qoniqish hosil qilganlar, ishdan ketish hollari kam ekan-u, lekin ishlab chiqarish zo‘rg‘a norma holatida bo‘lar ekan.
Liberal (loqayd) uslubda ishlaydigan rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po‘pisa bo‘lmaydi, uning o‘rniga ko‘pincha ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan cheklanadi, xolos. Jamoada hamkorlik yo‘q, boshliq jamoaning muammolari, ishning baland pasti bilan qiziqmaydiganday, go‘yoki boshqa «koinotda» yurganga o‘xshaydi. Aniq ko‘rsatmalar bermaydi, uning o‘rniga norasmiy liderlar yoki o‘ziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo‘lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulot, xomashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashishi va hokazolardan iborat.
Xodimlar bilan muloqotda bo‘lishga to‘g‘ri kelganda u doimo xushmuomali bo‘lib, odob, axloq normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayonga aralashmay, oxirgi so‘zni o‘ziga qoldiradi. Shunday qilib, xodimlarga fikrlash va xatti-harakatlar erkinligi berib qo‘yilgan. O‘sha erkin harakatlar yuzasidan boshliqning fikri so‘ralgan taqdirda ham, undan aniq gap chiqmaydi. Chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi, qolaversa ularni xafa qilib qo‘yishdan qo‘rqadi. Uning fazoviy psixologik holati «GURUH TASHQARISIDA».
Olimlar fikricha, bunday rahbar ishni olib borgan jamoalarda barcha ko‘rsatkichlar doimo orqada, sifat ham yo‘q. Liberal rahbar ishda anarxiyani qilib qo‘yib, ko‘p turmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.
Tashkilot boshqaruvidagi yana bir uslub – partisipativlik (lotincha «participate» – ishtirok, sherikchilik ma’nosini bildiradi) deb atalib, unda rahbarning tashkilot maqsadiga erishish yo‘lida xodimlar bilan gorizontal yo‘nalishdagi munosabatlarni rivojlantirishi tushuniladi. Mutaxassislar aynan partisipativlikni eng samarali uslublar qatorida ko‘radilar. Bu uslub rahbarning quyidagicha xulqida ko‘rinadi:
1. Rahbarning xodimlari bilan muntazam fikr almashuvi;
2. Rahbar va xodim munosabatidagi ochiqlik va samimiylik;
3. Xodimlarning tashkiliy qarorlar qabul qilishga jalb etilganligi;
4. Rahbar o‘z burch va huquqlarining ma’lum qismini xodim zimmasiga o‘tkazishi;
5. Tashkilot vazifalarini rejalashtirish va amalga oshirishda xodimlarni jalb etish;
6. Mustaqil qaror qabul qila olish huquqiga ega bo‘lgan maxsus guruhlar tuzish (masalan, «Sifat nazorat guruhi»).
Shunday qilib, partisipativlik uslubi jamoadagi hamkorlik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi va xodimning tashkilot manfaati yo‘lidagi jonbozligini ta’minlovchi asosiy uslublardan biri hisoblanadi.
«Part» – «firqa», «bo‘laklar»ni gorizontal munosabatlarda muvofiqlashtirish ma’nosini ham bildiradi.
Yuqorida baho berilgan boshqarish uslublari ko‘proq liderlikka emas, balki rahbarlikka taalluqli, lekin ilmiy adabiyotlarda bu ikkala ibora ko‘pincha sinonimday ishlatiladi. Aslida eng yaxshi rahbar o‘zida barcha liderlik sifatlarini ham mujassamlashtirgan bo‘ladi. Chunki, sof sotsial psixologik ma’nodagi liderning turlari turli sharoitlarda o‘zida ko‘proq namoyon etadigan shaxsiy sifatlariga ko‘ra tabaqalanadi. Masalan, lider tashkilotchi, yana lider tashabbuskor, lider erudit, jamoa hissiy emotsional holatini boshqaruvchi lider, lider bilag‘on va hokazo. Yaxshi rahbar ana shu lider sifatlarini bilgan holda ularni o‘zida tarbiyalashi va jamoasidagi liderlar bilan hamkorlikda ishlay olishi kerak.
Oxirgi yillarda Moskva va boshqa yirik ilmiy markazlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindiki, aslida hayotda sof demokrat yoki sof avtoritar rahbarni uchratish qiyin, lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshqara olmasligi ma’lum bo‘ldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga bog‘liq, vaziyat, konkret jamoa, unda qabul qilingan xatti-harakatlar normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi, degan g‘oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarining psixologik mazmun va mohiyatini bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir uslubda o‘ziga xos ijobiy tomon bor, mohir rahbar o‘zini o‘zi tarbiyalar ekan, o‘shalarning eng ma’quli ayniqsa o‘zi rahbarlik qilayotgan jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.
4. Rahbarlik sifatlari Yuqorida aytib o‘tilganidek, rahbarda tug‘ma qobiliyat bo‘ladi deb ham aytib bo‘lmaydi, ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib ketaveradi, deb ham bo‘lmaydi. Minglab shaxs sifatlari ichida ko‘plari rahbarlik uchun qulay va ma’quldir. A.V.Petrovskiy ana shunday ijobiy sifatlarni 1,5 mingini sanab chiqqan. Lekin ularning barchasini umumlashtiradigan, albatta bo‘lishi lozim bo‘lgan ayrim sifat qobiliyatlar borki, o‘shalar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tmoq lozim.
3-rasm. Rahbarlik sifatlari
Avvalo, har qanday rahbarda intellekt aql zakovatning ma’lum normasi bo‘lishi kerak. Bu norma yaxshi rahbar uchun o‘rtadan yuqori bo‘lmogi maqsadga muvofiqdir, chunki geniy darajasidagi intellektga ega bo‘lgan rahbar bilan ishlash xodimlar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarishni, bunday aql zakovat qolganlarning ijobiy rivojlanishiga psixologik to‘siq bo‘lishini amaliyot va hayot ko‘rsatadi. Rahbardagi o‘rtadan yuqori intellektni qoplab ketadigan yana boshqa muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, rahbarning mustaqil fikrlilik, topqirlik, tashabbuskorlik sifatlari. Chunki, ayrim hollarda xato qilsa ham, rahbar original fikrlar aytib, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsata olishi, har bir aytilgan fikr, qilingan ishga mustaqil baho bera olishi zarur. Chunki, mustaqillik shaxs qiyofasini belgilovchi muhim psixologik xususiyatdir.
Rahbarda mustaqillik bo‘lsa, unda o‘ziga ishonch ham bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida rahbardagi sub’yektiv talablar darajasining yuqori bo‘lishiga olib keladi. Ko‘pincha, rahbarning boshqalarga talabchanligi haqida gapiriladi, lekin yaxshi rahbar avvalo o‘z o‘ziga nisbatan talabchan bo‘lishi kerak. Buyruq yoki topshiriqlar, odatda, taklif ma’nosida baholash va shu asosida boshqalarga nisbatan munosabatlar tizimini ishlab chiqishi muhim bir omildir.
Har qanday rahbar uchun universal, kerak bo‘lgan hislatlardan yana biri tom ma’noda «ziyoli» bo‘lish yoki, boshqacha qilib aytganda, madaniyatli bo‘lishidir. Boshliq o‘zidagi madaniyatini avvalo muomalada, odamlar bilan bo‘ladigan kundalik muloqotlarda namoyon etmog‘i lozim. Muomala madaniyati bu o‘rinli, aniq, qisqa, samimiy gapirish san’ati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. Chunki boshliq, bilan bo‘ysunuvchilar o‘rtasida kelib chiqadigan shaxsiy ziddiyatlarning asosida tinglay olmaslik, yoki gapni to‘g‘ri yo‘sinda gapira olmaslik yotadi. O‘zganing o‘rniga tura olish, uning his-kechinmalariga sherik bo‘lish, empatiya hissining borligi, dialoglarda sabr-toqatlilik va boshqalar muloqot madaniyatining muhim tomonlaridir.
Jamoa faoliyatini, o‘z faoliyatini rejalashtirish qobiliyati rahbar uchun muhim bo‘lgan talablardan biridir. Chunki rejalashtirish asosida o‘z-o‘zini boshqara olish va boshqalarni tashqi faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda boshqara olishni ta’minlovchi muhim psixologik xususiyat yotadi. Rejalashtirish bu o‘ziga xos kelajakni ko‘ra olish qobiliyati, kelajak obrazi bo‘lib, bu narsa shaxsning qanchalik kamol topganligi va maqsadga intiluvchanligining muhim belgisidir. Bu juda murakkab psixologik jarayon bo‘lib, u shaxsning o‘z diqqatini qanchalik ongli tarzda boshqarishi, uni faqat muhim narsalarga qarata olish, vaqtdan tez foydalana olish, ortiqcha ishlardan o‘zini tiyish, qo‘l ostidagilarga, imkoni boricha, ularning qobiliyatlariga qarab ish buyura olish va nihoyat, buyurgan ishni o‘z vaqtida nazorat qilib, so‘rab olish imkoniyati bilan bog‘liq.
O‘z ishini puxta rejalashtirish qobiliyatiga ega bo‘lgan rahbar realistik tafakkurga ega bo‘lmog‘i, ya’ni har qanday sharoitlarda ham o‘sha muammo yoki ishga taalluqli barcha alternativ variantlardan eng to‘g‘risi va maqsadga muvofig‘ini tanlay oladigan, ishni to‘g‘ri tashkil eta bilgan, ya’ni eng kam kuch va vaqt sarflab ishni uddalay olgan, noaniq yoki tasodifiy vaziyatlarda ham ish taktikasini to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltira oladigan odam bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, yaxshi rahbar uchun oldida turgan ishning har bir alohida detallarigacha tasavvur qilib, uni amalga oshirishning barcha bosqichlari va vositalarining oldindan ko‘ra bilish qobiliyati ham zarur. Shunday taqdirdagina u ishga dadil kirishini, o‘zgalarni o‘z ortidan egashtirishi va ishlab chiqarishda yuksak ko‘rsatkichlarga erishishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan rahbarlik sifatlari ichida eng muhimi, tabiiyki, psixologik mahoratni talab qiladigan odamlar bilan ishlash mahoratidir. Jamoa a’zolari bilan samarali ishlash uchun esa boshliq ularning psixologiyasi va guruh psixologiyasini yaxshi bilishi zarur, chunki «o‘zgalar psixologiyasini bilish ular ustidan hukmronlikning yagona yo‘lidir», deb yozishgan edi ingliz olimlari. Sotsial psixologiyaning bu borada ham yaxshi vositasi sotsial psixologik trening uslubi borki, uning yordamida odamlar bilan ishlovchilar jamoani boshqarishning turli usullariga muvaffaqiyatli tarzda tayyorlanmoqdalar.
Jamoa yetakchisi. Odatda, yetakchilik haqida gapirilganda, u yoki bu shaxsning alohida, boshqalarda bo‘lmagan o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutiladi. Kishi o‘zida «yetakchilik» sifatlarini shakllantirib, «sardor»ga aylanishi mumkin. Bu sifatlar nimalardan iborat? Deylik, bir odam sport zaliga kelib, trenerdan kuchli bo‘lish uchun nima qilishi kerakligini so‘raydi. Trener shtanga ko‘tarishni maslahat beradi. Shamolday tez yugurishni istaganlarga esa «Yugur!» deydi. Aniq yo‘nalish berilgandan so‘nggina g‘alabaga intilish, iroda, qat’iyat, muntazam va ilmiy asoslangan mashg‘ulotlar haqida gapiriladi.
Begona davraga kelib qo‘shilgan odam u yerda kim xo‘jayinligini darhol payqaydi. Uning buni qanday ilg‘aganligini sharhlash mushkul. Nima bo‘lganda ham, intuitsiya va davradagilar allaqachon ko‘nikib qolgan tashqi belgilar kishiga pand bermaydi. Demak, yetakchini quyidagi belgilariga ko‘ra ajratib olish mumkin:
1) yetakchi qaror qabul qiladi – biror harakatning turli variantlarini ko‘rib chiqadi, hatto mutaxassislar bilan maslahatlashadi, ammo so‘nggi qarorni faqat o‘zi qabul qiladi.
2) yetakchi vazifa topshiradi – albatta og‘zaki buyruq yoki yozma murojaat sifatida emas. Hamisha xushmuomalalik bilan, iltimos yoki maslahat ohangida. Muhimi – o‘zini atrofdagilar nima qilishi kerakligini yaxshi biladiganday tutishda.
3) yetakchi tortinmay «menimcha», «o‘ylaymanki», «nazarimda» deya oladi. U kechayotgan voqea-hodisalar boshqa kuchlar ta’sirida sodir bo‘layotganligini bildirmaydi. Xuddi armiyadagiday: oddiy askar buyruqni generaldan emas, o‘z boshlig‘idan eshitadi. Boshliq hech qachon «bu generalning buyrug‘i» demaydi, chunki bunday hisobot uning askar oldidagi obro‘sini tushiradi.
4) yetakchi ish tartibini o‘zi belgilaydi: qachon, qancha va aynan nima ustida ishlashni o‘zi hal qiladi. Bu yetakchi boshqalardan kam ishlaydi, degani emas. Jamoa xodimlar intilishini ularning ish kuniga qarab belgilash mumkin. Biror xodim hammadan keyin qolib kechgacha ishlasa, quvonishga shoshilmaslik darkor. Bu – xodim ish kunini, hatto cho‘zayotgan bo‘lsa ham, o‘zi belgilayotganligini, demak, hozirgi ahvolidan ko‘ra yuksakroq amallarni ko‘zlayotganligini bildiradi. Bu esa rahbar uchun xavfli belgi.
5) yetakchi savol beradi. Hatto zamonaviy qarashlarga umuman rioya etmaydigan kishilar ham axborotga egalik – hukmronlik ekanligini yaxshi bilishadi. Savolga javob berayotgan odam so‘rayotgan kishiga tobe maqomida turadi. Bekorga «Bu yerda savolni men beraman!» iborasi munosabatlar notengligining yorqin namunasi bo‘lib qolmagan.
6) yetakchi o‘zi kerak deb hisoblagancha sukut saqlaydi. U bemalol atrofdagilar uning javobini kutayotganligini o‘ylamasdan uzoq jim qolishi yoki aksincha, gapirayotgan odamni keskin savol, javob, ibora yoki qo‘l harakati bilan to‘xtatib qo‘yishi mumkin.
7) yetakchi ko‘p joy egallaydi. Bu yetakchi yalpayib o‘tiradi, degani emas. Shunchaki, u o‘z hududini chegaralamaydi, o‘ziga qanday qulay bo‘lsa, shunday harakat qiladi: istagan joyida yuradi, narsa va odamlar joyini o‘zgartiradi (nazokat bilan o‘tib ketishi uchun ozgina surilishlarini so‘raydi). U atrofdagilarga nimalarga e’tibor qaratishlari lozimligini bildiruvchi qo‘l harakatlari bilan atrofida vizual maydon hosil qiladi. Hammadan baland yoki past ovozda gapirishi bilan esa tovush maydonini yaratadi.
8) yetakchi maqsad ko‘zlaydi. U shunchaki ketayotgan ish haqida gapirmaydi, balki atrofdagilarga qaysi maqsad sari intilayotganini eslatib turadi. Bu bilan u asosiy maqsadni hamisha yodda tutishi va hamsuhbatlariga hamkorlikdagi harakatlari besamar emasligini, bu aniq natijaga intilish ekanligini bildiradi.
9) yetakchi mas’ul bo‘ladi. Oddiy xodim osongina «Menga nima? Kichkina odam bo‘lsam! Qo‘limdan nima ham kelardi?» deb ayta oladi. Yetakchi – hech qachon! Hatto o‘zi yo‘qligida yuz bergan hodisaga ham o‘zini javobgar sezaveradi.
10) yetakchi baho beradi. U maqtaydi yoki tanbeh beradi. Yetakchi o‘zini «baho qo‘yishga» haqli hisoblaydi. Va atrofdagilar ham uning bu huquqini tan olishadi.
Albatta, bu belgilar yetakchilik fenomenini mukammal tasvirlay olmaydi. Ammo ular yordamida jamoangizda kim nimaga qodiru nimaga intilishini bilib olish mumkin. Aynan sizni maqtaydigan yoki qoralaydigan, savollar bilan bezovta qiladigan, atrofida mavjud bo‘sh joyni ovozi va harakatlari bilan egallab oladigan, kelajak haqida – amalga oshmas, kulgili tuyulsa-da – o‘y suradigan, javobgarlikni «men aybdorman» deb darhol zimmasiga oladigan xodimni ko‘rganda tushunasiz. Bu odam – yetakchi. Va beixtiyor u taklif etgan ssenariy bo‘yicha ish tuta boshlaysiz. «Shohni a’yonlari yaratadi» deyishadi aktyorlar. Ya’ni bir personaj qirol bo‘lishi uchun qolganlar o‘zini unga tobe qilib tutishadi. Aks holda sahnadagi aktyorlarni «bittasi mansabparastlik xastaligiga chalingan telbalar to‘dasi», deb qabul qilish mumkin.
O‘qituvchining o‘rni va uning vazifalari, o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishiga jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tibor qaratilishining naqadar muhim ahamiyatga egaligi aniqlanadi. Mamlakatimizda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”nihayotga tatbiq etish jarayonida o‘qituvchining yosh avlodga ta’lim va tarbiya berishida jamiyat oldida javobgarligi yanada ortib boraveradi.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‘g‘ri hal qilish vazifasi o‘qituvchiga bog‘liqdir.
Zamonaviy maktab o‘qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‘qituvchi sinfdagi o‘quv jarayoni tashkilotchisidir. O‘qituvchi o‘quvchilar uchun dars paytida, qo‘shimcha darslarda va shu bilan birga darsdan tashqari holatlarda ham kerakli maslahatlar berishda bilimlar manbaidan biridir. Ko‘pchilik o‘qituvchilar sinf rahbari vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari bo‘lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o‘qituvchi ijtimoiy psixolog bo‘lishi kerak va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
O‘qituvchi maktabning pedagog jamoa a’zosi sifatida maktab,hayoti faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etib, turli fan o‘qituvchilari va sinf rahbarlarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi. Har bir o‘qituvchi, o‘quvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar o‘qib, suhbatlar olib borar ekan, demak, u pedagogik bilimlar tag‘ribotchisi hamdir. Vazifalarning shu qadar ko‘pligi uchun ham jamiyatning o‘qituvchilar oldiga qo‘yadigan talablari tushunarlidir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat – kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biridir.
Jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablardan eng muhimi o‘qituvchining shaxsi va uning kasbi bilan bog‘liq xislatlariga qaratilgan.
O‘qituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:
o‘qituvchining o‘z Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash istagi, o‘z yurti, ona tilisi, o‘z xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi g‘oyasida yashashidan iboratdir;
ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;
- oliyjanobligi, aqli, farosati, ma’naviy pokligi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha yuksak maqsadlarni bolalarga singdirib borishi;
- o‘zini qo‘lga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir.
Jamiyatning o‘qituvchi oldiga qo‘yadigan asosiy talablari quyidagilardir:
- shaxsni ma’naviy va ma’rifiy tomondan tarbiyalashning, milliy uyg‘onish mafkurasining hamda umuminsoniy boyliklarning mohiyatini bilishi, bolalarni mustakkillik g‘oyalariga sodiqlik ruhida tarbiyalashi, o‘z Vatani tabiatga va oilasiga bo‘lgan muhabbati;
- keng bilimga ega bo‘lishi, turli bilimlardan xabardor bo‘lishi;
- yosh va pedagogik psixologiya, ijtimoiy psixologiya va pedagogika, yosh fiziologiyasi hamda maktab gigienasidan chuqur bilimlarga ega bo‘lishi;
- o‘zi dars beradigan fan bo‘yicha mustahkam bilimga ega bo‘lib, o‘z kasbi, sohasi bo‘yicha jahon fanida erishilayotgan yangi yutuq va kamchiliklardan xabardor bo‘lishi;
- ta’lim va tarbiya metodikasini egallashi;
- o‘z ishiga ijodiy yondashishi;
- bolalarni bilishi, ularning ichki dunyosini tushuna olishi;
- pedagogik texnika (mantiq, nutq, ta’limniig ifodali vositalari) va pedagogik taktga ega bo‘lishi;
- o‘z bilimi va pedagogik mahoratini doimiy ravishda oshirib
borishi.
Har bir o‘qituvchi ana shu talablarga to‘la javob bera oladigan bo‘lishiga intilishi shart.
O‘qituvchi jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bilan bir qatorda o‘z faoliyatida, tevarak-atrofidagi kishilar, maktab ma’muriyati, hamkasblari, o‘quvchilar va ularning ota-onalari undan nimalarni kutishini ham esdan chiqarmasligi lozim.
O‘qituvchining o‘z ishidan nimanidir kutayotganligining o‘ziyoq muhim ahamiyatga egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‘qituvchiga qo‘yiladigan talablarga kelsada, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Lekin bu talablar hamma vaqt ham bir-biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha xalq ta’limi bo‘limlari va maktab direktorlari o‘qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil baholaydilar. Jumladan, xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchidan birinchi navbatda o‘z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal o‘zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‘qituvchiga qo‘yiladigan bunday talablarni uchinchi o‘ringa qo‘yadilar. SHu bilan birga xalq ta’limi bo‘limlarining mudirlari o‘qituvchilarning o‘quvchilar va ota-onalar, maktab jamoasi bilan qanday muloqotda bo‘lishni bilishini naqadar ahamiyatga ega ekanligiga unchalik e’tibor bermaydilar. Maktab direktori esa, bunday xislatlarni o‘qituvchi shaxsiga qo‘yiladigan talablar ichida birinchi o‘ringa qo‘yadilar.
2. O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari Ota-onalar o‘qituvchidan uning ish staji va yoshi qanday bo‘lishidan qatiy nazar, farzandlarini tarbiyalash va o‘qitish mahoratini kutadilar. O‘quvchilar esa o‘qituvchilarni uch xil xislatlari bo‘yicha xarakterlab beradilar. Jumladan, birinchidan, o‘qituvchining odamgarchiligi, adolatliligi, sof vijdonliligi, bolalarni yaxshi ko‘rish xislatlari; ikkinchidan, o‘qituvchining sezgirligi, talabchanligi bilan bog‘liq tashqi xislatlari va xulq-atvoriga qarab; uchinchidan, o‘qituvchining o‘z fanini bilishi, uni tushuntira bilishi kabi ta’lim jarayoni bilan bog‘liq xislatlariga qarab xarakterlab beradilar.
SHuni ta’kidlab o‘tish kerakki, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga qo‘yiladigan talablar bilan birga, o‘qituvchi shaxsi va uning faoliyatiga nisbatan qo‘yiladigan ijtimoiy talablar ham o‘sib bormoqda.
O‘kituvchiga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar, turli xilda ijtimoiy kutishlar, pedagogning individualligi, uning shu tariqa talablarga javob berishga sub’ektiv tayyorligi muayyan o‘qituvchining pedagogik faoliyatga naqadar tayyorligidan dalolat beradi.
SHunisi muhimki, zamonaviy o‘qituvchi uchun zarur bo‘lgan shaxsiy xislatlarni batafsil ko‘rib chiqish kerak. Bular qanday xislatlarekan?
Ko‘pchilik psixologlar, shu bilan birga o‘zbekistonlik psixolog olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar zamonaviy o‘qituvchilar uchun eng zarur xislatlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Rossiya psixologlaridan N.V.Kuzmina, V.Slastenin, F.N.Gonobolin, o‘zbekistonlik psixologlardan R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, S.Jalilova, A.Jabborov, M.Kaplanova va boshqalar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar o‘qituvchilik kasbini atroflicha o‘rganib, ancha batafsil ko‘rsatmalar berish imkoniyatini yaratadi. Bunda gap o‘qituvchilik kasbining professiogramma (ma’lum tizimga keltirilgan, mehnat psixologik tomonidan o‘rganishga va undan kelgusi amaliy faoliyatda foydalanishga qaratilgan qisqa va har tomonlama batafsil ko‘rsatib berilgan hujjatga professiogramma deyiladi). Professiogramma psixologik nuqtai nazardan ishlab chiqarish faoliyati xarakteristikasi (aniq birorta kasb bo‘yicha kelgusi amaliy ishlar uchun zarur bo‘lgan mazmundagi barcha tomonlarini o‘z ichiga olishi kerak) ustida boradi.
O‘qituvchi professiogrammasi muayyan fan tomonidan o‘kituvchiga qo‘yiladigan maxsus talablarni o‘z ichiga qamrab olishi lozim. Bo‘lajak o‘qituvchi u yoki bu xildagi fan tomonidan qanday talablar qo‘yilishini bilishi va shu asosida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish uchun pedagogika oliy o‘quv yurtlarida muayyan mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasi ishlab chiqilishi zarurdir.
Psixologik tadqiqot ishlarini olib borgan M.Abdullajonova, E.Gladkova,
A.Mashkurov, T.Hamroqulov, E.Xidirov va boshqalarning ilmiy izlanishlari o‘zbek tili va adabiyoti, o‘zbek maktablarida rus tili va adabiyoti, matematika, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktabgacha tarbiya muassasalarining tarbiyachilari kabi qator mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qituvchi professiogrammasining taxminiy modelini, ya’ni namunasini aniqlab olish imkoniyatini berdi. Har bir mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchining ixtisoslashgan xarakteristikasini nazarda tutgan professiogrammasi tuziladi. Jumladan, maktabning o‘qituvchi-murabbiysi professiogrammasini misol qilib keltiramiz. Professiogrammada muhim xislatlardan borgan sari birmuncha ortib borishini hisobga olgan holda o‘qituvchining quyidagi xislatlari ko‘rsatib berilishi lozim.
1) O‘qituvchining shaxsiy xislatlari:
-bolalarni yaxshi ko‘rish, ularni sevish;
-amaliy-psixologik akl-farosatlilik;
-mehnatsevarlik;
-jamoat ishlarida faollik;
-mehribonlik;
-kamtarlik;
-odamiylik, dilkashlik;
-uddaburonlik, mustahkam xarakterga ega bo‘lish;
-o‘z bilimlarini oshirishga intilish.
2) Kasbiga xos bilimlari:
-ta’lim va tarbiya jarayoni mohiyati bilan uning maqsad va vazifalarini tushunishi;
-psixologiya asoslari, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiya asoslarini bilishi;
-etnopsixologik bilimlarni egallashi;
-hozirgi zamon pedagogikasi asoslarini bilishi;
-hozirgi zamon pedagogikasining metodologik asoslarini egallanganligi;
-maktab yoshidagi bolalarning psixologik-pedagogik xususiyatlarini tushunishi;
-o‘z fanini o‘qitish metodikasini bilishi;
-o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir etishning samaradorligini bilishi;
-ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boriladigan tarbiyaviy
ishlarning mazmunini bilishi.
3) O‘z kasbiga xos xislatlari:
-milliy qayta qurish mafkurasi bilan mustaqil davlat mafkurasini tushunishi;
-zamonaviy maktabda olib boriladigan o‘kuv-tarbiya jarayonida umuminsoniy boyliklar, milliy an’analar va urf-odatlarning ahamiyatini tushunishi;
-o‘qituvchining kuzatuvchanligi;
-o‘z diqqat-e’tiborini taqsimlay olishi;
-pedagogik fantaziya (xayol)ning rivojlanishi;
-o‘ziga tanqidiy munosabatda bo‘la olishi;
-o‘zini qo‘lga ola bilishi, o‘zini tuta olishi;
-pedagogik takt;
-nutqning emotsional ifodalanishi;
4) SHaxsiy - pedagogik uddaburonligi:
-dars mashg‘ulotlari uchun zarur materiallarni tanlay bilishi;
-o‘quvchilarning bilish faoliyatini boshqara olishi;
-ta’lim va tarbiya jarayonida o‘quvchilar ongining taraqqiy etib borishini istiqbolli ravishda rejalashtira olishi;
-pedagogik vazifalarni shakllantirish va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirishni bilishi;
-bolalar jamoasiga rahbarlik qilishda o‘z faoliyatini rejalashtira bilishi;
-o‘quv maqsadlarini rejalashtira olishi;
-o‘zini talim-tarbiya ishlariga tayyorlash tizimni rejalashtira olishi.
5) Tashkilotchilik malakalari:
-bolalar jamoasini uyushtira bilishi;
-turli sharoit va vaziyatlarda bolalar jamoasini boshqara olishi;
-bolalarni biror narsaga qiziqtirib, ularni faollashtira olishi;
-amaliy masalalarni hal etishda o‘zining bilim va tajribalarini ustalik bilan tez ko‘llay olishi.
6) Kommunikativ malakalari:
- bolalarii o‘ziga jalb etishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan maqsadga muvofiq pedagogik
munosabatlarni tiklashni bilishi;
- bolalarning jamoalararo va jamoa ichida o‘zaro munosabatlarini
tartibga solishni bilishi;
- bolalar va ota-onalar bilan tashqaridan aloqa bog‘lashni
bilishi.
7) Gnostik malakalari:
- bolalarning asab-psixik taraqqiyoti darajasini aniqlay bilishi;
- o‘zining tajribasi va pedagogik faoliyati natijalarini tankidiy tahlil kila olishi;
- boshka shkituvchilarning tajribalarini o‘rganib, undan nazariy va amaliy tomondan to‘g‘ri xulosa chikara olishi;
- psixologik va pedagogik adabiyotlardan foydalanishni bilishi;
- o‘quvchilarni to‘g‘ri tushunib, ularning xulk-atvor sabablarini tushuntirishni bilishi.
8)Ijodiy xislatlari:
- pedagogik mahoratini takomillashtirishga intilishi;
- o‘quvchilarni tarbiyalash dasturini ishlab chikish va uni amalga oshirish qobiliyati;
- o‘zini o‘quvchi o‘rniga ko‘yib, bo‘lib o‘tgan hodisalarga uning nazari bilan karay olishi;
- o‘zining o‘quvchiga pedagogik ta’siri natijalarini oldindan ko‘ra bilishga intilish;
SHunday kilib, ko‘rsatib o‘tilgan modelning asosiy tuzilishi tarikasida quyidagilar keltiriladi:
-shaxsning jamoatchilik va kasbiy yo‘nalishi;
-pedagogik mahorat va qobiliyati;
-xarakterining psixologik xususiyatlari;
-bilish faoliyati;
-o‘kituvchi shaxsining bolalarni kasbga tayyorlash ishlari darajasidagi umumiy tarakkiyoti.
Professiogramma yoshlarga o‘zlarining kelgusida o‘kituvchilik kasbini to‘g‘ri va ongli ravishda tanlab olishlariga yordam beradi.
Professiogrammani kasbga xos ravishda o‘kitishni tashkil kilishda ta’limning samaradorligi va uning muvaffaqiyati kanday bilim va ko‘nikmalarga,ayniksa, shaxsning kanday qobiliyat va shaxsiy xislatlariga bog‘lik ekanligini albatta ko‘rsatish zarurdir.
Mana shu professiogrammaga asosan bo‘lajak mutaxassis – o‘kituvchilarning sifat jihatidan o‘z kasbiga nakadar tayyorligi hakida bir fikrga kelishimiz mumkin.
Tayyorlangan o‘kituvchi shaxsining yukoridagi ana shu talablarga mos kelish yoki kelmasligi, oliy pedagogika maktablarining kanday o‘kituvchi tayyorgarligini ko‘rsatib beradi.
Pedagogik kasb, ma’lumki, har kimning ham ko‘lidan kelavermaydi. Pedagogik faoliyatdan yutuklarga fakat shu kasbga kizikkan, shu faoliyat bilan shug‘ullanishga moyil, okibat natijada esa, pedagogik qobiliyatga ega bo‘lgan kishilargina erisha oladi.
3. Pedagogik qobiliyatlar Qobiliyat – bu kishining biror faoliyatga yaroqliligi va shu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishdir.
Pedagogik qobiliyat – bu qobiliyat turlaridan biri bo‘lib, kishining pedagogik faoliyatga yaroqligini va shu faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullana olishini aniklab beradi. Pedagogik qobiliyatning tuzilishi kanday? Quyida bu masalani ko‘rib chiqamiz.
Uzoq yillar olib borilgan tadkikotlar, pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko‘p kirrali psixologik bilimlardan iboratliligini ko‘rsatib berdi. Ana shu tadkikot ma’lumotlaridan foydalanib, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o‘rin egallaydigan kator komponentlarni,ya’ni tarkibiy kismlarni ajratib ko‘rsatish mumkin.
1.Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o‘quv materiallarni anik va ravshan tushuntirib,oson kilib etkazib berish, bolalarda fanga kizikish uyg‘otib, ularda mustakil, faol fikrlashni uyg‘ota oladigan qobiliyatlardir.
Didaktik qobiliyatlarga ega bo‘lgan o‘kituvchi zarurat tug‘ilganda kiyin
o‘quv materialini osonrok, murakkabrog‘ini soddarok, tushunishi kiyin bo‘lganini tushunarlirok kilib o‘quvchilarga moslashtirib bera oladi. O‘kituvchining mana shu xislatlarini bilib olgan o‘quvchilar odatda: “o‘kituvchining eng muhim tomoni ham uning hamma narsani anik, ravshan va tushunarli kilib berishida-da,bunday o‘kituvchinig ko‘lida mazza kilib o‘kiging keladi”,”Unisi esa hech ham anik tushuntirib bera olmas edi”, O‘quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki kandaydir mexanizmlar bor- dek, zerikarli va noanik mujmal kilib tushuntiradi. Biz bunday o‘kituvchilarni yoktirmaymiz”- deydilar.
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy mahorat shunchaki bilimlarni osonrok, hammabop va tushunarli kilib o‘quvchilar ongiga etkazib berish qobiliyatigina emas, balki, shu bilan birga o‘quvchilarning mustakil ishlari, ularning bilish faolligini okilona va mohirlik bilan boshkarib, ularni kerakli tomonga yo‘naltirib turishdan iborat bo‘lgan qobiliyatni ham o‘z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar orasida o‘quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka (yo‘naltirish) yotadi. Qobiliyatli pedagog o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini, ularning tarakkiyot darajalarini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi, yoki nimani bilmasligini, nimalarni allakachon esdan chikarganliklarini tasavvur kila oladi.
Ko‘pchilik o‘kituvchilarga, ayniksa,xafsalasiz o‘kituvchilarga, o‘quv materiali oddiygina va hech kanday alohida tushuntirish hamda izoh berishni talab kilmaydigandek tuyuladi. Bunday o‘kituvchilar o‘quvchilarni emas, balki birinchi galda o‘zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. SHuning uchun ham o‘quv materialini o‘zlariga karab tanlaydilar. Qobiliyatli, tajribali o‘kituvchilar esa, o‘zlarini o‘quvchilar o‘rniga ko‘yib, kattalar uchun anik, ravshan va tushunarli bo‘lgan material o‘quvchilar uchun noanik va tushunarsiz bo‘lishi mumkin degan nuktai-nazarda bo‘ladilar.
Shuning uchun ham bunday o‘qituvchilar materialning xarakteri va uni bayon etish usullarini alohida o‘ylab ko‘rib rejalashtiradilar. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o‘qituvchi uchun o‘quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo‘lganda dars bayonotiga alohida e’tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to‘g‘ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko‘ra bilish xarakteridagi matnda o‘qituvchining fikri ayrim sinf o‘quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko‘rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so‘ng esa matnni o‘quvchilarga engil va ularning o‘zlashtirishlari uchun qulay qilib tuzish tavsiya etiladi.
Qobiliyatli o‘qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o‘zlashtirish, o‘quvchilarga bir oz nafas olib, o‘zlariga kelib olishlari va o‘z diqqat-e’tiborlarini bir joyga qo‘yib, ayrim qo‘zg‘alishlarni «so‘ndirib», boshqalarni esa jadallashtirib, ularning bo‘shashganligini, sustligini va loqaydligini engishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday o‘qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o‘quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi va o‘qituvchining so‘zlari etarlicha idrok qilinmaydi.
2. Akademik qobiliyatlar - matematika, fizika, biologiya, ona tili, adabiyot, tarix va boshqa shu kabi fanlar sohasiga xos qobiliyatlardir.
Qobiliyatli o‘qituvchi o‘z fanini faqat hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata borib, o‘quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi hamda ozgina bo‘lsada tadqiqot ishlarini olib boradi.
Ko‘pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‘qituvchi o‘z fani bo‘yicha bunday yuksak bilim, saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish, o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har tomonlama mazmunli, keng eruditsiyali (bilimdon) odam bo‘lmog‘i lozim.
Bunday o‘qituvchilar haqida o‘quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning o‘zginasi-ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez-tez o‘ylab turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba’zan o‘quvchilar o‘z o‘qituvchisi xaqida «Baqir-chaqir qiladi-yu, ammo zarracha bilimi yo‘q» deb butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi.
3. Perseptiv qobiliyatlar - bu o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o‘quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik holatlari bilan bog‘liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir.
Qobiliyatli o‘qituvchi bolalarning har qanday mayda-chuyda hatti-harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi holatlarida hamda ularning ichki dunyosida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni sezdirmasdan bilib oladi. Ana shunday hollarda o‘quvchilar: «Muxabbat opa kimningdir kayfiyatida o‘zgarishlar bo‘lsa yoki kimdir darsga tayyorlanmasdan kelgan bo‘lsa, ko‘ziga qaraboq bilib oladi», “Biznnng o‘kituvchimiz hech qayoqqa qaramasa ham, hamma narsani ko‘rib turadi»deydilar.
4.Nutq qobiliyati - kishining o‘z tuyg‘u-hislarini nutq yordamida, shu bilan birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish qobiliyatidir. Bu o‘qituvchidan o‘quvchilarga uzatiladigan axborot, asosan, ikkinchi signal tizimi - nutq orqali beriladi. Bunda mazmun jihatidan uning ichki va tashki xususiyatlari nazarda tutiladi. («Biz uchun adabiyot o‘qituvchimiz -Nazira opaning darsini eshitishdan katta lazzat yo‘q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroyli qilib gapiradilarki, hatto tanaffusga chalinadigan qo‘ng‘iroq ham xalaqit beradi»).
Darsda qobiliyatli o‘qituvchining nutqi hamma vaqt o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o‘quvchilar javobini sharhlab beradimi, o‘quvchilar javobini, ularning hatti-harakatlari yoki xulq-atvorini ma’qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas nima qilishidan qat’iy nazar, nutqi hamma vaqt o‘zining ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat
bilan alohida ajralib turishi lozim. O‘qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq, ravshan, oddiy va o‘quvchilar uchun tushunarli bo‘lishi kerak. Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o‘quvchilarning fikru-zikri va diqqat-e’tiborini yuqori darajada faollashtiradigan bo‘lsin. Buning uchun esa o‘qituvchi o‘rtaga savol tashlab, asta sekinlik bilan o‘quvchilarni to‘g‘ri javobga olib keladi, o‘quvchilarning diqqat-e’tiborini faollashtiruvchi: («Bunda ayniqsa ziyrak bo‘ling!», «o‘ylab, yana o‘ylab ko‘ring!») so‘z va iboralarni o‘z me’yorida ishlatadi.
O‘qituvchi uzun jumlalarni, murakkab og‘zaki izohlarni, qiyin atamalarni va zarurati bo‘lmasa, turli ta’riflarni ishlatmasligi lozim. SHu bilan birga o‘qituvchi shuni ham hisobga olishi kerakki, o‘qituvchining lo‘nda-lo‘nda bo‘lib chiqqan qisqa nutqi ko‘p hollarda o‘quvchilarga tushunarsiz bo‘lib qolar ekan. O‘qituvchining o‘z o‘rnida ishlatiladigan hazil aralash va xayrixoxlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi o‘quvchilarni juda jonlantirib, o‘quvchilar tomonidan o‘ta yaxshi qabul qilinar ekan.
Qobiliyatli o‘qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq-ravshan, intonatsiyali va ifodali, emotsiyaga boy, dona-dona bo‘lib, bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo bo‘masligi lozim. Bir xil ohangdagi ezma nutq o‘quvchilarni juda tez toliqtirib, ularni zeriktiradi va bexafsala qilib qo‘yadi. Bu bilan birga bunday nutq I.P.Pavlovning fiziologik ta’limotiga ko‘ra, doimiy ta’sir etuvchan qo‘zg‘ovchiga aylanib, bosh miya katta yarim sharlari po‘stida tormozlanish jarayonini yuzaga keltirib, o‘quvchini ezma va uyquchan qilib qo‘yadi. Nutq tezligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining individual psixologik xususiyatiga bog‘liq. Ayrim o‘qituvchilar tez gapirsalar, boshqalari sekin gapiradilar. Ammo o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlarni egallab olishlari uchun eng qulay tezlikdagi nutq -o‘rtacha jonli nutq ekanligini esdan chiqarmasligi lozim.
SHoshqaloq nutq bilim o‘zlashtirishga xalaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O‘ta sekin nutq lanjlik va zerikishga olib keladi. Nutqning balandligi - qattiq gapirish ham xuddi shu singari hollarga olib keladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish o‘quvchilarning asabiga tegib, ularni tez toliqtirib, muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. Mana shu erda sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiyning «...o‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qaerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas, Dars paytida o‘qituvchining o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...» degan nasihatini keltirishimiz juda o‘rinli bo‘lardi. O‘qituvchining bo‘sh, past ovozi yomon eshitiladi. Nutqi, imo-ishoralar, turli keskin harakatlar o‘quvchilarni jonlantiradi. Bu tariqa imo-ishoralar va harakatlar tajribali o‘qituvchilarda o‘z me’yorida ishlatiladi. Lekin bir xildagi tinimsiz harakatlarning haddan tashqari ko‘p bo‘lishi kishining asabiga tegadi.
5. Tashkilotchilik qobiliyati - bu birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtira bilish, bunda jamoani jipslashtira olish va ikkinchidan, o‘zining shaxsiy ishini to‘g‘ri tashkil qila olish qobiliyatidir. O‘quvchilar o‘z o‘qituvchilari haqida turlicha fikrda bo‘ladilar. Jumladan, ayrim o‘quvchilar: «...Biz Azim akani juda yaxshi ko‘ramiz. Ular sinfimizda bir vaqtning ichida, juda tezlik bilan ishchanlik kayfiyatini uyushtirib, barchamizni o‘zining puxtaligi, ozodaligi, epchilligi va tadbirkorligi bilan hayratda qoldiradilar» desalar, ayrim o‘quvchilar: «Sobir akamlar bizning ixlosimizni qaytarib, hafsalamizni bir pul qiladilar. Ular ko‘p ishga urinadilar-u, ammo birortasini ham oxiriga etkazmaydi...» deydilar. Ba’zan ayrim o‘quvchilarning o‘z o‘qituvchisi haqida: «...Nodira opamlar biz bilan xuddi ona tovukdek ovora bo‘ladilar. Agar biz sho‘xlik qila boshlasak, ular o‘zlarini ko‘rmaslikka, payqamaslikka solardilar. Ajoyib ayol edi-yu, ammo uning darsida hech kim hech narsa qilmas edi-da...» degan fikrlarni ham eshitish mumkin.
O‘qituvchining o‘z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‘z ishini to‘g‘ri rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o‘qituvchilarda vaqtta nisbatan o‘ziga xos sezuvchanlik - ishni vaqt bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlab, mo‘ljallangan vaqtdan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi paydo bo‘ladi. Dars davomida, albatta, ko‘p hollarda vaqtni behuda yo‘qotish ham mumkin. Lekin bu yo‘qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo‘lishi mumkin. Tajribali o‘qituvchilar vaqtni seza bilishni o‘rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10, 20, 30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo, ko‘zda tutilmagan vaqt ortib qolgan taqdirda foydalanish uchun qanday qo‘shimcha materiallarn tayyorlash yoki vaqt etmay qolgan taqdirda qanday materialni keyingi darsga qoldirish mumkinligi haqida maslahat beradilar.
6. Avtoritar qobiliyati - bu o‘quvchilarga bevosita emotsional - irodaviy ta’sir etib, ularda obro‘ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. (Garchand, o‘qituvchining o‘z fanini mukammal bilishi, sezgirligi va xushmuomalaligi asosida qozoniladi).
Avtoritar qobiliyat o‘qituvchining rostgo‘yligi, irodaviy uddaburonligi, o‘zini tuta bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlari hamda qator shaxsiy xislatlarga, shu bilan birga o‘quvchilarni ta’lim-tarbiyasida javobgarlikni his etish, uning e’tiqodi, o‘quvchilarga ma’naviy va ma’rifiy e’tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi xislatlarga ham bog‘liqdir.
O‘quvchilar (ayniqsa, o‘g‘il bolalar, o‘spirinlar - buni alohida ta’kidlab o‘tishi kerak) talab qilishni biladigan, o‘quvchilarni majbur qilmagan va do‘q-po‘pisa qilmagan, shu bilan birga behuda rasmiyatchilikka yo‘l qo‘ymagan holda o‘z aytganini qildira oladigan o‘qituvchilarni juda hurmat qiladilar. SHu munosabat bilan, o‘quvchilarning o‘qituvchilar haqida ayrim fikrlarini misol qilib keltiramiz:
«Uning ajoyib xislati bor - u hech qanday zarda va baqiriq, chaqiriqsiz ishlay oladi»; «Biz uni jiddiyliga, vazminligi va talabchanligi uchun juda yaxshi ko‘ramiz. U hamma vaqt shunchaki muloyimgina, sipogina talab qiladi, ammo uning
talabi pgu qadar ta’sirchanki, unga quloq solmaslik mumkin emas»; «Bizning matematika o‘qituvchimiz hamma vaqt yuvosh,"' osoyishta, o‘zini tutgan va shu bilan bir qatorda butun sinfga ajoyib ta’sir eta oladi»; «Kimyo o‘qituvchimizning obro‘siga e’tibor etmay ko‘ringchi, u har qanday sharoitda ham o‘z aytganiga erishadi»; «Nig‘mat aka bizga ustunlik bilan ta’sir etadi. U hadeb talab qilavermaydi, agar talab qiladigan bo‘lsalar unda bo‘yin tovlab bo‘lmaydi», yoki o‘quvchilarning o‘z o‘qituvchilari haqidagi mana bunday fikrlari: «Polvon aka maktabimizdan ketganiga biz xursand bo‘ldik. U bizni do‘q-po‘pisa, baqiriq-qichqiriq, buyrukbozlik bilan qo‘lga olaman deb o‘ylardi-yu, ammo bizni bardosh berishgagina majbur etardi, xolos».
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning maktab ta’limi jarayonida olib borilayotgan ishlarning ahvoli to‘g‘risida juda achinib aytgan fikrlarini keltirish o‘rinli bo‘lur edi: «Mabodo biror o‘quvchi o‘qituvchiga e’tiroz bildirsa, ertaga u hech kim havas qilmaydigan ahvolga tushib qoladi. Maktablardagi jarayonda o‘qituvchi hukmron. U boladan faqat o‘zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi, prinsip ham tayyor: «mening aytganim — aytgan, deganim — degan».
SHu bilan bir qatorda o‘quvchilar o‘qituvchining bo‘shligi, landavurligi, laqmaligi, soddalarcha ishonuvchanligi, sustkashligi, ortiqcha riyogarchiligi, irodasizligi kabi xislatlarni baralla qoralaydilar: «yaxshi odamu, lekin o‘ta bo‘sh, uni aldab ketish hech gap emas»; «Tushunib bo‘lmaydi, birda juda qattiqqo‘l, talabchan, ba’zan hech qanday talab degan narsa yo‘q»; «Juda bo‘shang, lanj, uni ko‘rishing bilan uyqung keladi»...
7. Kommunikativ qobiliyati - bu bolalar bilan muloqotda bo‘lishga, o‘quvchilarga yondashish uchun to‘g‘ri yo‘l topa bilishga, ular bilan pedagogik nuqtai-nazardan maqsadga muvofiq o‘zaro aloqa bog‘lashga pedagogik taktning mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik takt psixologiyasini o‘rganishda psixolog I.V.Straxov benihoyat katta hissa qo‘shgan. Uning fikricha, bunda muhimi -o‘quvchilarga ta’sir etishning eng qulay usullarini topa bilish, tarbiyaviy ta’sirni qo‘llashda maqsadga muvofiq pedagogik choralarga e’tibor berish, aniq pedagogik vazifalarni hisobga olish, o‘quvchi shaxsining psixologik xususiyatlari va uning imkoniyatlari hamda mazkur pedagogik holatlarini hisobga olish zarurdir.
Pedagogik taktning yaqqol ifodalaridan biri - har qanday pedagogik ta’sirga nisbatan qo‘llaniladigan chora-tadbirlarni (rag‘batlantirshp, jazolash, pand-nasihat) xis eta bilishdan iboratdir. Farosatli o‘qituvchi bolalarga e’tibor berib, ziyraklik bilan qaraydi, ularning individual psixologik xususiyatlari bilan hisoblashadi. «U biz bilan hayron qolarli darajada, ajoyib, yaqin do‘stlarcha yaqin munosabatda bo‘ladi»; «Bizning tarix o‘qituvchimizning kuchli tomoni - har kimga qanday yondoshishini bilar edi»; «Eng yomoni - o‘qituvchining o‘quvchilar oldida xushomadgo‘ylik qilishidir. Bizning zoologiya o‘kituvchimiz Farida opamlar shundaylardan edi: ular nimaiki qilib bo‘lsa-da, bolalarni o‘ziga qaratish uchun xushomadgo‘ylik qilardi! Nega ular o‘zlarini shunchalik kamsitib erga uradi? deb o‘ylar edim. Axir ular o‘z fanini yaxshi bilardiku»; «Ibrohim aka esa, qarabsanki, hech narsadan hech narsa yo‘q, kishi diliga ozor berar, tushirib qolar yoki behudaga urishib, koyib berar edi».
Pedagogik taktning yo‘qligi ko‘pincha og‘ir oqibatlarga olib keladi. Toshkent maktablaridan birida ona tili va adabiyot o‘qituvchisi o‘quvchilarga juda ko‘p talablarni qo‘yganu, ammo hech qanday izchillik bilmagan: bir vazifa berib turib, shu zahotiyoq boshqa talablarni qo‘ya boshlagan. Arzimagan xatolar, tartib buzishlar ro‘y bersa, shu zahotiyoq mazmunan va shakl jihatdan o‘ta qo‘pol va alam qiladigan keskin gaplarni qilib, «2» qo‘yardi.
Masalan, daftarning chetida qoldirilgan joyning xatoligi yoki intizom buzganlik kabi va arzimagan narsalar uchun yopishgani-yopishgan edi. O‘qituvchining bu hatti-harakatlari uchun o‘quvchilarda dard, alam to‘lib toshgandi. Ko‘p o‘tmay o‘quvchilarning noroziligi va qat’iy e’tirozi ochiqdan-ochiq namoyishkorona bildirilib, o‘qituvchiga quloq solmaydigan, ataylab intizom buzadigan va o‘qituvchini keskin tanqid qiladigan bo‘lib qoldilar. Bunday achinarli ahvol faqat ana o‘sha o‘qituvchi maktabdan ketgandan keyingina tuzatildi,
O‘qituvchining pedagogik takti masalasi munosabati bilan shuni ham aytish joizki, qachon o‘quvchilar o‘qituvchining ijobiy xislatlari to‘g‘risida gapirar ekanlar, ular hamisha o‘qituvchining adolatliligi kabi xislatlarini birinchi o‘ringa qo‘yadilar.
«Ko‘p hollarda nohaq ish qiladilar — biror masalani yaxshilab tekshirib ko‘rmasdan ish tutadilar». O‘qituvchining bunday xislatiga o‘quvchilar nechukdir achinishli talabchanlik munosabatida bo‘ladilar. O‘qituvchining adolatsizligi yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu to‘g‘rida har qaysimiz maktab amaliyotidan qandaydir tasavvurga egamiz.
8. Pedagogik xayol — bu kishining o‘quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan loyihalashtirishda o‘z ish-harakatlarining natijasini oldindan ko‘ra bilishda namoyon bo‘ladigan qobiliyatdir. Bu qobiliyat o‘qituvchi ma’lum o‘quvchidan kelgusida kim chiqishini ko‘z oldiga keltirishda, tarbiyalanuvchilarda u yoki bu xildagi xislatlarni rivojlanishini oldindan ko‘ra bilishida namoyon bo‘ladi. Bu qobiliyat pedagogik optimizm, tarbiyaning kuchiga, o‘quvchilarga bo‘lgan ishonch bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ham o‘quvchilar ayrim o‘qituvchilar to‘g‘risida: «Ahmad akamlar, chamasi ichimizdagi eng yaramaslarga ham ishonchlarini yo‘qotmasdilar, shuning uchun ham biz ularni hurmat qilardik», degan fikrlarni izhor kiladilar.
9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati — bu qobiliyat bir vaqtning o‘zida diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‘lib, o‘qituvchi ishida g‘oyat muhim ahamiyatga egadir.
Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi o‘zining diqqat-e’tiborini o‘quv materialini qanday bayon etilishiga, uning mazmuniga, o‘z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib berishga yoki o‘quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o‘zida barcha o‘quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan-toliqmaganligiga, e’tiborli yoki e’tiborsizligiga, darsni tushunish-tushunmasligiga ahamiyat berib, o‘quvchilarning intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‘zining shaxsiy xulq-atvoriga (yurish-turishiga, o‘zini tutishiga, mimika va pantomimikasiga) e’tibor beradi. Tajribasiz o‘qituvchi, ko‘pincha o‘quv materialini bayon etishga berilib ketib, o‘quvchilarning nima qilayotganliklarini sezmay qoladi va nazoratdan chiqarib qo‘yadi, agar, bordiyu, o‘quvchilarni diqqat-e’tibor bilan kuzatishga harakat kilsa, bunday hollarda o‘z bayonotining izchilligini yo‘kotib ko‘yadi.
YUkorida ko‘rsatib o‘tilgan qobiliyatlardan tashkari,o‘kituvchi inson shaxsining maksad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabi kator ijobiy xislatlariga ega bo‘lishi lozim.
U o‘quvchilarni tarbiyalar ekan, o‘zining xulk-atvori, yurish-turishi, xullas, butun o‘kituvchilik shaxsi bilan o‘quvchilarga o‘rnak bo‘lishi kerak.
O‘kituvchining o‘zini ko‘lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa kilib, shuni aytish joizki, o‘kituvchining barcha ijobiy, umuminsoniy axlok me’yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi xislatlarini olib karaydigan bo‘lsak, bularning barchasi ham o‘ta muhim omillardir. Jumladan, o‘kituvchining tashki kiyofasi uning obro‘si shakllanishiga ta’sir etadi. O‘kituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, saranjom – sarishtaligi, o‘zini chiroyli tutishi kaddi-komati va yurish-turishlari o‘quvchilarda juda yaxshi taassurot koldiradi.
4. O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishining muammolari Muhim davlat vazifasini – “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ni amalga oshirayotgan zamonaviy maktab o‘kituvchisining xislatlari, uning ijodiy faoliyati 21-asrda shakllanib, asosan amaliy ishda, pedagogik tajribalarni egallash jarayonida o‘sib rivojlana boradi.
Hozirgi jamiyatimizda o‘kituvchining mustakil ravishda bilimlarni egallab, o‘z malakasini oshirib borishi – bir tomondan o‘kituvchilik faoliyatining borgan sari nakadar muvaffaqiyatli borayotganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan muhim vazifa ekanligidan dalolat beradi – chunki, bu kechiktirib bo‘lmas jarayon shaxsni intellektual kashshoklikdan kutkarib koladi.
Psixologik nuktai-nazardan o‘kituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan shug‘ullanishi zarurdir. CHunki o‘kituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. Pedagog har doim odamlar orasida bo‘larkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri kiziktirib kelayotgan hakikatni o‘z karashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, o‘kituvchidagi bu tarika karashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida shakllanadi; ikkinchidan, o‘kituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan cheklangan vakt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengkurlari bilangina mulokotda bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos kizikishlar bilangina cheklanib koladi.
O‘kituvchining mustakil bilim egallashi deganda, uning o‘z bilimlarini doimiy ravishda kasbiy va umummadaniy axborotlar bilan to‘ldirib, o‘zining individual ijtimoiy tajribasini keng mikyosda doimo yangilab borishi tushuniladi.
Odatda aksariyat o‘kituvchilar mustakil bilim egallash zarurligini tushungan holda, undan muvaffaqiyatli foydalanadilar.
Buning motivlari odatda pedagogik faoliyat jarayonida o‘kituvchi oldida yuzaga keladigan muammolarni anglab olish natijasida shakllanadi. Ko‘p hollarda bunday motivlar o‘kituvchilarni kanday o‘kitib va kanday tarbiyalash kerak, degan xohish-istaklar tarikasida, fanning oxirgi yutuklari, o‘zining pedagogik mahoratini takomillashtirish ehtiyoji tug‘ilishi munosabati bilan shakllana boradi.
SHu bilan birga yakkol ko‘zga tashlanib turgan ayhim hollardan ko‘z yuma olmaymiz. Masalan, o‘kituvchilar ommasining ma’lum kismi mustakil izlanishda bo‘lib, o‘z bilim saviyasini oshirish bilan faol shug‘ullanmaydi, malakasini oshirishga intilmaydi, ba’zilar muayyan bilimlar sohasida tarakkiyotdan butunlay ortda kolmokdalar. Bunday o‘kituvchilar o‘sib kelayotgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya tarakkiyotiga jiddiy zarar keltiradilar.
Bu mammoni hal etishda asosiy vazifa malaka oshirish tizimi zimmasiga tushadi. Respublikamizda xalk ta’limi xodimlarining malakasini oshirish instutlarining tarmoklari joriy etilgan,bular Avloniy nomidagi xalk ta’limi xodimlarining malakasini oshirish Markaziy instituti,Toshkent shaxar xalk talimi xodimlarining malakasini oshirish instituti va viloyatlardagi xalk ta’limi xodimlarining malakasini oshirish institutlaridir. Xalk ta’limidagi bu tizimning asosiy vazifasi doimiy ravishda o‘kituvchi kadrlarning malakasini oshirish, o‘kituvchi kadrlarni o‘zlarining kasbiga xos bilim saviyasini, ko‘nikma, malakalarini, ma’naviyat va ma’rifatini, shu bilan bir katorda iktisodiy, ekologik va hukukiy ma’lumotini oshirishga da’vat etuvchi ijtimoiy psixologik sohalarni rivojlantirib borishdan iboratdir.
O‘kituvchining mustakil bilim egallashi va malakasini oshirish pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirishda zaruriy shartlaridandir.
Shark mutafakkirlari o‘qituvchi o‘zi o‘qib tursagina – o‘qituvchi bo‘la oladi, agar u o‘qishni to‘xtatib qo‘yar ekan, unda o‘qituvchilik ham o‘ladi, deb juda haqoniy aytganlar. Bu haqiqatni yoshi qanday bo‘lishidan, pedagogik mahoratidan, qanday dars berishidan qat’iy nazar barcha o‘qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.
Psixologik-pedagogik eksperiment yoki ta'sir ko'rsatuvchi eksperiment - tabiiy eksperimentning bir turidir. Bu eksperimentning vazifasi o'qitish va tarbiyalash ishidagi har xiI tadbirlar o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini oshirishga, shaxsning ayrim psixik sifatlari tarkib topishiga qanday ta'sir ko'rsatayotganligini aniqlashdir. Masalan, o'quvchilarning o'zlashtirish darajasiga ayrim metodik usullarning ta'siri, o'quvchilarda turli havaslarning tarkib topishiga to'garaklar, ma'ruzalar, suhbatlar, kino kartinalarning ta'siri tekshiriladi. Laboratoriya eksperimenti kabi, tabiiy eksperiment metod ida ham tadqiqotchi kO'pincha tekshiriluvchilar bilan suhbat qilib turadi. 22 So'rash va suhbat metodi
1 В.Каримова. Ижтимоий психология. – Тошкент: Фан ва технология, 2012. – Б. 117-118