Yelka mushaklari ikki guruxga bo‘linadi: oldingi va orqa gurux mushaklari.
O ldingi gurux mushaklari.
1. M. biceps brachii - yelkaning ikki boshli mushagi.
Uzun boshcha caput longum kurak suyagining tuberculum supraglenoidale bo‘rtig‘idan boshlanadi. Kichik boshcha caput breve - kurak suyagining tumshuqsimon o‘simtasi processus coracoideus dan boshlanadi. Bu ikki boshcha qo‘shilib, umumiy payni hosil etib, bilak suyagining bo‘rtig‘i tuberositas radii ga birikadi. Mushakning pastki uchida serbor pay aponeurosis musculi bicipitis hosil bo‘ladi Vazifasi: uzun boshchasi yelkani tanadan uzoqlashtiradi, ichki tarafga buradi. Kichik boshchasi yelka kamarini tanaga yaqinlashtiradi, tashqi tarafga buradi (supinatsiya), tirsak bo‘g‘imida bukadi. Innervatsiyasi: n. musculocutaneus(C5 – C6)
2. M. brachialis - yelka mushagi. Yelka suyagining oldingi yuzasidan boshlanib, tirsak suyagining bo‘rtig‘i tuberositas ulnae ga birikadi. Vazifasi: uzun boshchasi yelkani tandan uzoqlashtaradi, ichki tarafga buradi. Kichik boshchasi yelka kamarini tanaga yaqinlashtiradi, tashqi tarafga buradi (supinatsiya), tirsak bo‘g‘imida bukadi. Innervatsiyasi: n. musculocutaneus(C5 – C6)
3. M. corocobrachialis – tumshuqsimon-yelka mushagi kurak suyagining tumshuqsimon o‘simtasidan boshlanib, yelka suyagining medial yuzasiga birikadi. Vazifasi: yelkani bukadi va yaqinlashtiradi. Innervatsiyasi: n.musculocutaneus (C6 – C7)
Yelkaning orqa gurux mushaklari.
1. M. triceps brachii - yelkaning uch boshli mushagi.
Uzun boshchasi caputlongum kurak suyagining tuberositasinfraglenoidale bo‘rtig‘idan, tashqi boshchasi caputlaterale yelka suyagining orqa yuzasidan, ichki boshchasi caputmediale yelka suyagining orqa yuzasidan boshlanib, bu boshchalar umumiy payga aylangan xolda tirsak suyaginingolecranon o‘simtasiga birikadi. Vazifasi: bilakni tirsak bo‘g‘imida yozadi. Yelka bo‘g‘imida qo‘l yoziladi va tanaga yaqinlashtiriladi. Innervatsiyasi: n. radialis (C6 – C8)
2. M. anconeus - tirsak mushagi. Yelka suyagining epicondyluslateralis o‘simtasidan boshlanib, tirsak suyagining orqa yuzasiga birikadi. Vazifasi: bilakni tirsak bo‘g‘imida yozadi. M. articulariscubiti tirsak bo‘g‘imining mushagi – tirsak mushagining bir qismi bo‘lib hisoblanadi. Innervatsiyasi: n. radialis (C7 – C8)