Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitda maxsulot sifatini boshqarish xususiyati
Reja:
Kirish
1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishning tamoyillari va xususiyatlari
2. Bozor iqtisodiyotining ustunligi
3.Bozor iqtisodiyoti va sifatni boshqarish
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
«Haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart» — prezident
«Qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqida mamlakat boshlagan islohotlarni qat’iy davom ettirishini ma’lum qildi.
«Agar biz yurtimizda barqaror iqtisodiyot qurmoqchi bo‘lsak, dunyodagi rivojlangan mamlakatlar kabi boy va farovon yashamoqchi bo‘lsak, yuzaki emas, balki qanchalik qiyin va murakkab bo‘lmasin, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga o‘tishimiz shart. Yagona yo‘limiz shu. Bu — Asosiy qonunimiz talabi. Boshqa yo‘l yo‘q. Biz boshlagan islohotlarimizni qat’iy davom ettiramiz va ular albatta o‘zining ijobiy natijasini beradi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etish zarurligini ta’kidladi. Yoshlarning ilmga intilishini kuchaytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy mamlakatlar bilan turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bundan buyon ham islohotlar markazida bo‘lishini qayd etdi.
«Chunki bilimli avlod — buyuk kelajakning, tadbirkor xalq — farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa — taraqqiyotning kafolatidir!» — dedi davlat rahbari.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish:makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʼrta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional oʼzgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash;
xarajatlarning ijtimoiy yoʼnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʼbatlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilgʼor xalqaro tajribada qoʼllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash;
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taʼminlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
sugʼurta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, yetakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta oʼylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish.
.
Dostları ilə paylaş: |