Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va iqtisodiy siyosatning maqsadlari


-rasm. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektlari1



Yüklə 114,03 Kb.
səhifə9/10
tarix14.12.2022
ölçüsü114,03 Kb.
#74641
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mavzu Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning funksiyalari va

1.3.2-rasm. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektlari1

Iqtisodiyotga davlatning aralashuvi va ta’sir etish predmeti uzoq muddatli istiqbolda milliy boylik va milliy mulkning o’sishi, o’rta muddatda iqtisodiy tsikl, qisqa muddatli davrda – xo’jalik konyunkturasi hisoblanadi. Ushbu predmet bo’yicha iqtisodiyotni davlat tomonidan tartiblash chora-tadbirlari krizis va turg’unlik sharoitida davlat tovar va xizmatlarga bo’lgan talabni, kapital qo’yilmalar va bandlikni, tovar va xizmatlar eksporti, xorijiy kapital va turistlarning kirib kelishini rag’batlantiradi, iqtisodiy yuksalish davrida esa iqtisodiy o’sishni jilovlashga, iqtisodiyotning qizib ketishining oldini olishdan iborat bo’ladi. Ushbu maqsadlarda xususiy kapital uchun qo’shimcha moliyaviy rag’batlar yaratiladi, davlat xarajatlari ko’paytiriladi, foiz stavkalari tartibga solinadi (1.3.3-rasma).





1.3.3-rasm. Iqtisodiyotga davlat aralashuvining predmetlari1

Iqtisodiy tsiklni tartibga solishning umumiy vazifalari doirasiga iqtisodiyotning tarmoq va hududiy tuzilishi, kapital jamg’arish, aholi ish bilan bandligi, to’lov balansining ahvoli, inflyatsiya, narx va boshqalar ham kiradi (1.3.4-rasm).


Iqtisodiyot va ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishini tartibga solish moliyaviy rag’batlar, davlat kapital qo’yilmalari vositasida amalga oshiriladi.
shuningdek, fan-texnika taraqqiyoti tufayli vujudga kelgan yangi tarmoq va ishlab chiqarishlar hamda iqtisodiyot va tarmoq ichidagi progressiv tarkibiy o’zgarishlar, uning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish rag’batlantiriladi. shu bilan birga, ayrim joylarda ishlab chiqarishning haddan tashqari kontsentratsiyalashuvi va markazlashuvining oldini olish chora-tadbirlari amalga oshiriladi.





1.3.4-rasm. Davlat tomonidan iqtisodiy tsiklni tartiblash.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim unsurlaridan biri kapital jamg’arish hisoblanadi. Ma’lumki, foyda olishga intilish, uni o’zlashtirish hamda kapitalga aylantirish bozor iqtisodiyotida xo’jalik yuritishning bosh maqsadi bo’ladi. shuning uchun ham davlatning iqtisodiy siyosati jamg’arishni rag’batlantirishga qaratiladi. Bu esa xo’jalik sub’ektlarining manfaatlariga mos keladi. Davlat boshqaruv organlari iqtisodiy tsikl va iqtisodiyot tarkibiy tuzilmalariga ta’sir etish uchun barcha investorlar va ularning ayrim guruhlari uchun turli davrlarda qo’shimcha imtiyozlar hamda imkoniyatlar yaratadi.


Aholining ish bilan bandligini tartibga solish ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklif o’rtasida bozor iqtisodiyoti nuqtai nazaridan normal nisbat va ularning muvozanatini qo’llab-quvvatlashni anglatadi. Bu nisbat iqtisodiyotning malakali va intizomli ishlovchilarga bo’lgan ehtiyojini qondirishi lozim. Ularning ish haqlari etarli mehnat motivatsiyasini vujudga keltirishi kerak. Ammo ishchi kuchiga bo’lgan talab bilan uning taklifi o’rtasidagi nisbat ish haqining haddan tashqari o’sib ketishiga olib kelmasligi kerak. Aks holda, bu hol milliy raqobatbardoshlikka salbiy ta’sir etadi. shuningdek, aholi ish bilan bandligi ham keskin pasayib ketishiga yo’l qo’yib bo’lmaydi. Chunki buning oqibatida ishsizlar soni o’sib, iste’mol talabi va soliq tushumlari kamayib ketadi, davlat tomonidan nafaqalar uchun xarajatlar o’sadi. Eng yomoni, bu hol ijtimoiy larzalarga, xavfli ijtimoiy oqibatlarga olib keladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning muhim ob’ektlaridan biri pul muomalasidir. Pul muomalasini tartibga solishning asosiy yo’nalishi inflyatsiyaga qarshi kurash hisoblanadi. Pul muomalasini tartibga solish orqali davlat bilvosita jamg’arish sharoitlariga, narxlar va ijtimoiy munosabatlarga ta’sir etadi.
To’lov balansining holati va uning ijobiy saldosiga erishish ham davlatning iqtisodiyotni tartibga solishiga bog’liq. shu boisdan bozor iqtisodiyotiga ega bo’lgan barcha mamlakatlarda davlat to’lov balansini operativ va strategik tartibga solish bilan shug’ullanadi. Bunda davlat eksport va importga, kapital harakatiga, milliy valyuta kursining ko’tarilishi va tushishiga ta’sir etish hamda savdo-shartnoma siyosati va xalqaro iqtisodiy integratsiyalar, tashkilotlarda ishtirok etish orqali mamlakat to’lov balansini tartibga soladi. Davlat narxlarni to’g’ridan-to’g’ri va bilvosita tartibga soladi. Narxlarni to’g’ridan-to’g’ri tartibga solishda u yoki bu tarmoq mahsulotlariga, ayniqsa, tabiiy monopoliya mahsulotlariga yuqori narx chegarasini belgilaydi. Narxlarni bilvosita tartibga solishda davlat ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar hamda aksiz yig’imlari orqali tartiblaydi. Bulardan tashqari, davlat xususiy korxonalarni ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishga va ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga, tovarlarni, kapitalni, to’plangan bilim va tajribalarni chetga eksport qilishga rag’batlantiradi.
Iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishda davlat jahon amaliyotida to’plangan chora-tadbirlar, ya’ni quyidagi dastaklardan foydalanadi:
- iqtisodiy prognozlashtirish, ya’ni iqtisodiyot va uning tarkibiy sohalarining istiqboldagi ahvolini, holatini oldindan ko’ra bilish, ularning istiqbolini belgilash;
- mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining indikativ rejasini tuzish;
- davlat organlari bo’yicha manzilli rejalarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xo’jalik ob’ektlariga bilvosita, ya’ni iqtisodiy dastaklar orqali ta’sir etish dastak(richag)larini qo’llash;
- mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal etish bo’yicha maqsadli dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish (1.3.5-rasm).



Yüklə 114,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin