Mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri


) rivojlangan mamlakatlar yo‘li



Yüklə 480,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.04.2023
ölçüsü480,59 Kb.
#100587
1   2   3   4   5
nMXQqYtjY0lk3DmLAWDNoko1z4wNasrmsWOFi6YK

1) rivojlangan mamlakatlar yo‘li;
2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo‘li;
3) sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘li;
4) sotsializm g‘oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mexanizmi
bilan qo‘shib olib borish yo‘li.
Bu yo‘llar turli tuman va har xil bo‘lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir.
Ularning umumiyligi shundaki, bu yo‘llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni
maqsad qilib qo‘yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish
mexanizmi ko‘p jihatdan umumiy bo‘ladi.
SHu bilan birga har bir yo‘lning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor
munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil
bo‘lishidan kelib chiqadi.


Mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati.
Mustamlakachilikdan ozod bo‘lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlarning
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyati –
bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin
bozor iqtisodiyotiga o‘tishdir.
Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo‘lining muhim belgisi markazlashtirilgan,
ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor
tizimiga o‘tishdan iboratdir
.
Bu yo‘lning boshqa yo‘llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor
iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid.
SHu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor
munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlarning o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish
darajasi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.


Bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining
o‘ziga xos xususiyatlari.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni sotsializm qurish
g‘oyalari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ushbu g‘oyalarning muhim
jihatlarini saqlab qolgan holda bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish
orqali o‘ziga xos o‘tish yo‘lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham
alohida ko‘rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat
ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi
kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish
borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bularning barchasi
bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llarining o‘ziga xos xususiyatlaridir.


Bozor iqtisodiyotiga yo‘llaaaari
.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo‘l
bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo‘l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich
o‘tish mumkin.
Birinchi holda, tub islohotlarni o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib
topgan iqtisodiy munosabatlarni birdagina va batamom sindirish talab etilib,
«karaxt qilib davolash» usuli («shokovaya terapiya») deb ataladi.
Eski
iqtisodiy
munosabatlarni
bosqichma-bosqich
yangi
bozor
munosabatlariga aylantira borib, samarali bozor iqtisodiyotini shikastsiz
vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyusion
yo‘l kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.


Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga
o‘tishning zarurligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
zarurligi
iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan
notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.

Yüklə 480,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin