Mavzu Bozor iqtisodiyotiga o’tish davri


Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega



Yüklə 480,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix19.04.2023
ölçüsü480,59 Kb.
#100587
1   2   3   4   5
nMXQqYtjY0lk3DmLAWDNoko1z4wNasrmsWOFi6YK

Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkita ahamiyatli kamchilikka ega:
1) uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib
borishi;
2) xo‘jalik yuritish tashabbuskorligini «yo‘qotib yuborish» oqibatida samaradorlikning o‘ta
darajada pasayib ketganligi.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda
umumiy tendensiyaga ega.
Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulkchilik
munosabatlarida) o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy
barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining o‘zgarishini hamda uni
sifat jihatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi


1. Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish – bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq
hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga
yo‘naltirilgan chora-tadbirlar tizimidan iborat. U butun iqtisodiyotga tatbiq etilib, quyidagilarni o‘z
ichiga oladi:
- xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda davlat monopoliyasini bekor qilish;
- resurslarning markazlashgan holdagi taqsimotini tugatish;
- narxlarning asosan talab va taklif nisbati asosida shakllantirilishiga o‘tish;
- ichki va tashqi bozorlarda transaksion bitimlar ustidan davlat nazoratini pasaytirish.
2. Iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish va raqobat muhitini yaratish. Bu yo‘nalish quyidagi
jarayonlarning amalga oshirilishini taqozo etadi:
- barcha iqtisodiy agentlarning ish faolligi uchun teng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi;
- bozorga xorijiy raqobatchilar ham kirishi uchun imkon berilishi;
- kichik biznesning rivojlanishiga halaqit beruvchi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, imtiyozli
kreditlar berish orqali qo‘llab-quvvatlash va tarmoqqa kirishidagi to‘siqlarni pasaytirish;
- tabiiy monopoliyalarning narx va mahsulot sotish siyosatini tartibga solish va boshqalar.

Yüklə 480,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin