Mavzu: Bozor iqtisodiyotini tartibga solishda davlatning iqtisodiy roli. Axoli daromadlari va davlatning ijtimoiy siyosati



Yüklə 46,7 Kb.
səhifə5/5
tarix19.12.2023
ölçüsü46,7 Kb.
#185983
1   2   3   4   5
4. Nominal va real daromadi.
Daromad aholi turmush farovonligini ta'minlovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Uning miqdori aholining iste'mol qobiliyatini belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan olganda, daromadlarning turlari va shakllanishi har bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy.
Ma'lumki, har bitta oilaning daromadi a'zolarning ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan, davlat tomonidan beriladigan nafaqa, pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan, qimmatli qog‘ozlar savdosidan tushadigan foiz, dividend, renta va bosh­qalarni o‘z ichiga oladi.
Nominal daromadlar, masalan ishchining muayyan vaqt davomida (oyda, yilda) oladigan daromadi hisoblanadi.
Real daromadlar esa nominal daromadlar xarid quvvatining o‘zgarishini ifodalaydi, ya'ni olingan daromadga qancha miqdordagi tovar va xizmatlarni xarid qilish mumkinligini ko‘rsatadi.
Real daromad nominal daromad hajmini iste'mol narxlari indeksi (inflyatsiya darajasi)ga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Shuning uchun, aholi daromadlarini yillar va hududlar bo‘yicha taqqoslaganda nominal daromaddan emas, real daromaddan foydalaniladi.
Faraz qilaylik, yollanma ishchining ish haqi o‘tgan yili 1 000 000 so‘m edi. Bu yili esa 1 100 000 so‘mni tashkil etdi. Bir qarashda daromad hajmi ortdi deb xulosa berish mumkin. Lekin haqiqatan ham shundaymi?
Buni aniqlash uchun bizga yillik inflyatsiya darajasini bilish zarur bo‘ladi. Misol uchun, agar inflyatsiya darajasi 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, u holda real daromad hajmi 1 100 000:1,05=1 047619 so‘mni tashkil etadi yoki o‘tgan yilga nisbatan
47 619 so‘mga ortadi. Agar ­inflyatsiya darajasi 10 foizni tashkil etsa, real daromad hajmi o‘zgarishsiz qoladi (1 100 000:1,1=1 000 000). Agar inflyatsiya darajasi 15 fozni tashkil etsa, joriy yilda real daromad hajmi o‘tgan yildagiga nisbatan kamayadi:
1 100 000:1,15= 956 522 va 956 522 so‘m <1 000 000 so‘m.
Demak, real daromadlarni oshirish uchun inflyatsiya darajasini jilovlash lozim bo‘ladi.
Respublikamizda mustaqillikning dastlabki yillaridan aholining turmush farovonligini yaxshilash va ularning real daromadlarini oshirishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror sur'atlarda rivojlanishi aholi daromadlarining oshishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, real daromadlarning o‘sishiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi ikkinchi omil - inflyatsiya darajasini ham me'yorda saqlashga harakat qilinmoqda. Ma'lumot o‘rnida 2015 yilda ushbu ko‘rsatkich 5,6 foizni tashkil etganligini qayd etish lozim.

5.Foydalanilgan adabiyotlar
www.citymarket.ru.
www.arxiv.uz
www.aim.uz
Yüklə 46,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin