Mavzu: Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchining o’rni
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchi rolining mazmun-mohiyati ahamiyati va vazifalari
Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining mohiyati va uning iste’molchi tanlovidagi o‘rni
Iste'molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Iqtisodiyotni o’rganishda va uni hayotga tatbiq etishda biz avvalambor uning eng muhim bo’lgan qirralarini anglashga kirishamiz. Bozor munosabatlari, <> garchi sharqona mazmunga ega bo’lsada, uning hozirgi mohiyati butinlay boshqacha. To’g’ri, bozorlar (bizning an’anaviy tushunchamizga ko’ra) dastavval sharqda vujudga kelgan. Keyinchalik u O’rta Osiyo va Yaqin sharq, so’ngra O’rta dengiz, u orqali Pireney yarim oroliga-Ispaniya va Portugaliyaga o’tgan. Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin “bozor” so’zi Atlantika okeanidan o’tib, Janubiy va Markaziy Amerikaga borib yetdi. Ana shunday evolyutsiya va geografiyaga ega bo’lgan bozor o’zimizga yangi ma’no kasb etgan holda “qaytib keldi”. Qadim-qadimda ham xalqlarimiz bozorni pul, pul muomalasi bilan uyg’unlashtirishgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda bozor, bozor munosabatlari bu pul demakdir. Ammo bugungi sharoitda pul doimo harakatda, muomalada bo’lishi, qo’shimcha qiymat yaratishi, aylanishi kerak(“pul pulni topadi”, deyishadi). Demak, pul harakatda bo’lishi shart. Bundan bozor munosabatlarining yana bir xususiyati kelib chiqadi, ya’ni vaqt. Bozor sharoitida vaqtning iqtisodiy qiymati nihoyatda oshadi, davr zichlashadi, intensivlashadi, chunki “vaqting ketdi, naqding ketdi”, deb bejiz aytishmagan.
Biz yuqorida bozor munosabatlariga xos xususiyatlardan pul, vaqt, talab va taklif to’g’risida aytib o’tdik. Lekin bularning barchasi ham bozor iqtisodiyotining tub mohiyatini to’laligicha ifodalaydi. Sabab-bu yerda raqobat, raqobat muhiti yetishmayapti. Mahsulot arzon, sifatli, ko’rimli, xaridorgir bo’lishi uchun ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat zarur. Biroq, bu raqobat erkin, sog’lom, madaniy bo’lishi talab etiladi.