Mavzu: Bozor sharoitida monetar siyosatni optimallashtirish


 O`zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xos yo`li va



Yüklə 317,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix27.03.2023
ölçüsü317,49 Kb.
#90291
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Bozor sharoitida monetar siyosatni optimallashtirish

1. O`zbekiston iqtisodiy taraqqiyotining o`ziga xos yo`li va 
tamoyillari 
 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish qonuniyatlari
albatta, umumiydir. Biroq, ana shu umumiy qonuniyatlar asosida 
rivojlanib borayotgan har bir mamlakat, u xoh Turkiya yoki 
Amerika Qo`shma Shtatlari bo`lsin, xoh Janubiy Koreya yoki 
Yaponiya bo`lsin, ularning har biri o`zining tarixiy-taraqqiyot 
an'analari, milliy o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda 
o`z yo`li, o‘z modelini ishlab chiqishi va unga amal qilishi 
lozim.O`zbekiston ham ana shu umumiy dastur va umumiy 
qonuniyat mezonlari asosida bozor iqtisodiyoti munosabatlariga 
o`tishga imkoniyat beradigan o`z yo`lini tanlab oldi. 
Bu yo`lning asosiy tamoyillari va qoidalari I.Karimovning 
«O'zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo'li», «O'zbekiston — 
bozor munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo'li», «O'zbekiston 
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» nomli asarJarida, 
mamlakat parlamentida qilgan ma'ruza va nutqlarida bayon qilib 
berilgan. 
O`zbekistonning bozor munosabatlariga o`tish yo`liga doir 
Prezident I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan besh tamoyil 
nafaqat 
mamlakatimizda, 
shuningdek 
jahon 
jamoatchiligi 
tomonidan ma'qullandi. Eng muhimi, xalqimizning o`zi besh 
tamoyilni qabul qildi va qo`llab-quvvatladi. 
Birinchi tamoyil. 


Na siyosat, na mafkura iqtisodiyotni nazorat qilish, unga tazyiq 
o`tkazish darajasiga ko`tarilmasligi zarur. Ham ichki, ham tashqi 
iqtisodiy munosabatlariii mafkuradan xoli qilish zarur.Bir qancha 
mamlakatlaming achchiq tajribasi ko`rsatadiki, iqtisodiyot siyosiy 
manfaatlarga bo`ysundirilganda u barbod bo`ladi. Iqtisodiyot 
o`ziga xos bo`lgan ichki qonunlar asosida rivojlanmog`i zarur. 
Iqtisodiyot,— deb ta'kidlaydi I.Karimov, —siyosatga nisbatan 
ustuvor mavqeida bo`lishi lozim. 
Ikkinchi tamoyil. 
Milliy iqtisodni shakllantirish, mustaqillikni iqtisodiy jihatdan 
ta'minlash, uni himoya qilish, jahon xo`jaligi bilan integratsiyaga 
erishish va xalq manfaatini yuzaga chiqarish uchun iqtisodiyot 
davlat tomonidan tartibga solib turilishi lozim. 
Jahon tajribasi o`tish davrida iqtisodiyotni davlat yo`li bilan 
tartibga solib turish zarurligini ko`rsatdi. Aks holda iqtisodiyot 
tanazzulga uchrashi mumkin. «Bozor munosabatlariga o`tish 
davrida davlat bosh islohotchisi boiishi, iqtisodiyot va ijtimoiy 
turmushning hamma sohalarini o`zgartirish rejalarini tuzib, uni 
izchillik bilan amalga oshirishi zarur»,— deb ta'kidlaydi 
I.Karimov. 
Davlat ixtiyoridagi iqtisodiy mexanizmni yo`qotib, o`rniga 
birdaniga bozor mexanizmini o`rnatish mumkin emas. Shu bois, 
O`zbekistonda davlat tizimi birdaniga bo`sh qo`yib yuborilmadi, 
uning hukmdorligi saqlab qolindi. 
Uchinchi tamoyil. 


Bozor iqtisodiyotiga o`tishda qonun va qonunlarga rioya etish 
ustuvor bo`lishi lozim. 
Bozor iqtisodiyoti qonunchilikka tayanadi. Uning qoidalari, 
mezonlari ming yillar davomida yaratilgan. Bozor iqtisodiyoti 
huquqiy normalar va qoidalarga tayanishi bilan ma'muriy-
buyruqbozlik tizimidan farq qiladi. Yaxlit bozor tizimini vujudga 
keltirish uchun uning qonunchilik tizimi yaratilishi, ularga rioya 
qilinishi shart. Qonunchilik buzilgan joyda bozor iqtisodiyotini 
amalga oshirib bo`lmaydi. 
Qonunning ustuvorligi huquqiy davlat barpo etish zaruriyatidan 
ham kelib chiqadi. Qonun oldida hamma barobardir. Barcha 
ijtimoiy, va iqtisodiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga 
solinadi, uning barcha qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq 
normalarini buzganligi uchun javobgar bo`ladi 
To`rtinchi tamoyil. 
Aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli 
ijtimoiy siyosatni o`tkazish zarur. 
Buning zaruriyati iqtisodiy ahvol bilan bog`liq. Birinchidan, 
O`zbekistonda aholining deyarli to`rtdan uch qismi Sho`rolar 
hokimiyatining so`nggi yillarida ham o`zlarining minimal 
ehtiyojlarini qondirishga qodir bo`lmay, davlat madadiga muhtoj 
edi. Ikkinchidan, aholi tarkibida davlat va jamiyat o`z himoyasiga 
olishi zarur bo`lgan bolalar, o`smirlar, qariyalar ko`pchilikni 
tashkil etadi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyotiga o`tish jarayonida 
dastlab aholi ijtimoiy jihatdan tabaqalanadi va himoyaga muhtoj 


bo`lganlar qatlami kengayadi. Shu boisdan, iqtisodiy islohotlar 
jarayonida avval odamlarni, birinchi navbatda, himoyaga muhtoj 
qatlamni oldindan kuchli darajada ijtimoiy himoyalash choralarini 
ko`rish zarurligi inobatga olindi. Ijtimoiy siyosat inflyatsiya 
keltirib chiqargan qimmatchilik sharoitida aholi xarid qobiliyatini 
himoya qilishni ham ko`zda tutadi. 
Beshinchi tamoyil. 
Bozor iqtisodiyotiga o`tish evolyutsion yo'l bilan, puxta o`ylab 
bosqichma-bosqich amalga oshirilishi lozim. 
Buning sababi shundaki, bozor iqtisodiyoti murakkab tizim, uni 
birdan yaratib bo`lmaydi. Mamlakat aholisining mustamlakachilik 
tuzumi sharoitida tarkib topib shakllangan hayotiy qarashlari va 
ko`nikmalarini darhol, birdaniga bozor iqtisodiyoti sharoitiga 
moslab o`zgartirib bo`lmaydi. ChunM, mustamlakachilik tuzumi 
davrida, odamlarning ongi, shuuri va psixologiyasiga zo`rlik yo`li 
bilan 
singdirilgan 
tobelik, 
qaramlik, 
qullik, 
befarqlik, 
boqibeg`amlik, tayyorga ayyorlik kabi qarashlarni bir zarba bilan 
yo`q qilish va aksincha bozor iqtisodiyoti va mustaqillik sharoiti 
talablari asosida egalik, yaratuvchilik, bunyodkorlik, ijodkorlik, 
faollik kabi olijanob fazilatlarni ham darhol shakllantirishning iloji 
yo`q. Buning uchun albatta vaqt, sabr-toqat kerak. Bular 
bosqichma-bosqich yaratiladi. Bu tamoyil jamiyat a'zolaridan 
bizga o`tmishdan meros bo`lib qolgan barcha ijobiy qadriyatlarga 
xayrixohlik bilan qarash va ularni asrab-avaylab rivojlantirish, 
sayqal berishni talab qiladi. Prezident I.Karimovning «yangi uy 


qurmay turib, eskisini buzma» degan hikmatli so`zi ham xuddi ana 
shu g`oyaga xizmat qiladi. 
Iqtisodiyotni 
tubdan 
isloh 
qilish, 
bozor 
iqtisodiyoti 
munosabatlarini shakllantirishda yuqorida bayoji etilgan beshta 
tamoyil birday muhim va hayotiy belgilovchi ahamiyatga egadir. 

Yüklə 317,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin