Mavzu: Bozor sharoitida monetar siyosatni optimallashtirish


 2012 –yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy



Yüklə 317,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix27.03.2023
ölçüsü317,49 Kb.
#90291
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Bozor sharoitida monetar siyosatni optimallashtirish

3. 2012 –yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari hamda 2013-yilga mo’ljallangan 
monetar siyosatni yo’nalishalariga bag’ishlangan ma’ruza 
tavsilotlari (Islom Karimov ) 
 


Mamlakatimiz moliya-bank tizimi barqaror va ishonchli 
faoliyat yuritib, yuqori ko‗rsatkichlarni namoyon etib kelmoqda. 
2012-yilda bank tizimining jami kapitali 24,3 foizga, so‗nggi uch 
yilda esa ikki barobar ko‗paydi. 
Bugungi kunda kapitalning yetarlilik darajasi 24,0 foizdan 
oshib, bu esa qabul qilingan umumiy xalqaro standartlardan 3 
barobar ortiqdir. 2012-yil yakunlari bo‗yicha bank tizimining 
likvidligi 65,0 foizdan ortmoqda, bu esa talab etiladigan minimal 
darajadan 2 barobar yuqoridir. 
2010-yilda mamlakatimizning atigi 13 ta tijorat banki ijobiy 
xalqaro reytingga ega bo‗lgan bo‗lsa, ayni paytda ularning soni 28 
taga yetdi. 
Banklar faoliyatida, o‗tgan yillardagi kabi, investitsiya 
faoliyatiga katta e‘tibor qaratildi. 
2012-yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo‗naltirilgan 
kreditlar hajmi 2011-yilga nisbatan 1,3 barobar oshdi. Ajratilgan 
kreditlarning 76 foizdan ziyodi uch yildan ortiq muddatga berilgan 
uzoq muddatli kreditlar ekani, ayniqsa, e‘tiborga molik. 
Mamlakatimiz 
iqtisodiyotining 
o‗tgan 
yil 
natijalarini 
baholaganda, Xalqaro valyuta jamg‗armasi missiyasi rahbari 
Veronika Bakalu xonimning ushbu missiyaning O‗zbekistonda 
2012-yil noyabr-dekabr oylaridagi ishi natijalari bo‗yicha 
bildirgan fikrlarini keltirish o‗rinli, deb bilaman. Uning 
ta‘kidlashicha, ―O‗zbekiston iqtisodiyoti jadal sur‘atlar bilan 
o‗smoqda. 
Soliq-byudjet 
va 
tashqi 
faoliyat 
sohalaridagi 


mustahkam pozitsiya, bank tizimining barqarorligi, davlat 
qarzining kamligi va tashqaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan 
yondashish mamlakatni global inqirozning salbiy oqibatlaridan 
himoya qildi‖. 
O‗ylaymanki, bunday xolisona baho ko‗p narsadan dalolat 
beradi. 
2012-yilda mamlakatimizning yuqori sur‘atlar bilan barqaror 
o‗sishini ta‘kidlar ekanmiz, buning boisi va omilini avvalambor 
iqtisodiyotimizga yo‗naltirilgan kapital mablag‗lar, investitsiyalar 
tobora o‗sib borayotganida, bu ko‗rsatkich yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan 22,9 foizni tashkil etganida, deb hisoblashimiz zarur. 
O‗tgan yilda iqtisodiyotimizga 11 milliard 700 million dollar 
miqdorida ichki va xorijiy investitsiyalar jalb etildi yoki bu 
boradagi ko‗rsatkich 2011-yilga nisbatan 14 foizga o‗sdi. Jami 
investitsiyalarning 22 foizdan yoki 2 milliard 500 million 
dollardan ortig‗ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 79 
foizdan ko‗prog‗i to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalardir. 
E‘tiborga sazovor tomoni shuki, jami investitsiyalarning qariyb 
74 foizi ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilashga 
qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirishga yo‗naltirildi. 
Shu borada faqat o‗tgan yilning o‗zida umumiy qiymati 1 
milliard 600 million dollardan ortiq bo‗lgan kapital qo‗yilmalar 
o‗zlashtirilib, 205 ta yirik investitsiya ob‘ekti qurib bitkazildi. 
Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, 2012-yilda Surg‗il koni 
bazasida hatto dunyo mezonlari bo‗yicha ham noyob bo‗lgan, 


qiymati 25 milliard dollardan ziyodni tashkil etadigan Ustyurt gaz-
kimyo kompleksi qurilishi boshlandi. Mazkur ob‘ektning qurilishi 
2016-yilda nihoyasiga yetkaziladi va bu korxona 4 milliard 500 
million kub metr tabiiy gazni qayta ishlash, 400 ming tonna 
polietilen va 100 ming tonna polipropilen ishlab chiqarish 
imkonini beradi. 
2012-yilda mamlakatimizda kompleks chora-tadbirlar dasturini 
amalga oshirish hisobidan qariyb 1 millionta yangi ish o‗rni 
tashkil etildi. Bu ish o‗rinlarining 62 foizga yaqini qishloq 
joylarda yaratildi. Bu borada kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni 
rivojlantirish 
evaziga 
485 
ming 
kishi, 
kasanachilikning barcha shakllarini kengaytirish hisobidan esa 218 
ming kishi ish bilan ta‘minlandi. Ushbu ko‗rsatkichlarni 
mamnuniyat bilan qayd etar ekanmiz, bu vazifa joriy va kelgusi 
yillarda ham ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarimizning markazida 
bo‗lishi lozimligini barchamiz yaxshi anglaymiz, albatta. 
O‗zbekistonni 2013-yilda iqtisodiy rivojlantirish dasturining 
eng muhim ustuvor yo‗nalishlarini belgilar ekanmiz, biz, avvalo, 
o‗tgan yillarda iqtisodiyotimizda erishilgan marralar, istiqbolga 
mo‗ljallangan uzoq muddatli maqsadlar, shuningdek, jahon 
bozoridagi real va kutilayotgan, prognoz qilinayotgan holatdan 
kelib chiqamiz. 
Bugun shuni tan olish kerakki, hamon davom etayotgan global 
moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamda uning oqibatlarini yumshatish 
va bartaraf etish 


bo‗yicha amalga oshirilgan inqirozga qarshi dasturlar va 
ko‗rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, bu boradagi ahvol, 
afsuski, yaxshilanmayapti, ayrim ko‗rsatkichlar bo‗yicha esa 
uning yomonlashish tendensiyasi kuzatilmoqda. 
Dunyoning ko‗plab yetakchi mamlakatlarida davlat qarzi va 
milliy byudjetlar taqchilligi muammosi deyarli hal etilmasdan 
qolmoqda, real iqtisodiyotda ishlab chiqarish pasayib bormoqda, 
jahon bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, 
ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda, ijtimoiy keskinlik 
kuchaymoqda. 
Kredit oluvchilarning to‗lovga layoqatsizligi, hisob-kitob 
qilishga qurbi yetmayotgani moliya-bank tizimida jiddiy 
muammolar paydo bo‗lishiga olib kelmoqda. 
Dunyoning eng yirik davlatlari markaziy banklari tomonidan 
real aktivlar bilan deyarli ta‘minlanmagan pullarni chiqarish 
davom etayotgani, shuningdek, sun‘iy moliyaviy vositalar – 
derivativlarning nazoratsiz chiqarilayotgani ko‗plab nufuzli 
xalqaro tahlil markazlari va ekspertlarda jiddiy tashvish 
uyg‗otmoqda. 
Moliya va bank bozorini ortiqcha likvidlik bilan to‗ldirish, 
bunday siyosatni davom ettirish ulkan spekulyativ ―ko‗piklar‖ 
hosil bo‗lishi, zaxira valyutalari va milliy valyutalarning 
qadrsizlanishi, 
inflyatsiya 
darajasining 
o‗sish 
xavfini 
tug‗dirmoqda. 


Tobora o‗sib borayotgan bunday muammolar bugungi kunda 
global inqiroz keltirib chiqarayotgan chuqur jarayonlarni faqat 
eski vosita va prinsiplarni tuzatish bilan hal etib bo‗lmasligidan 
darak bermoqda va avvalambor moliya va bank tizimining yangi 
tuzilmasini, uni nazorat qilish va tartibga solish mexanizmlarini 
ko‗p tomonlama asosda ishlab chiqishni taqozo etmoqda. 
Ana shunday murakkab sharoitda 2013-yil va yaqin kelajakda 
hamon davom etayotgan global inqirozning barcha xavf-xatar va 
oqibatlarining O‗zbekiston iqtisodiyotiga ko‗rsatadigan ta‘sirini 
hisobga olish alohida prinsipial ahamiyat kasb etadi. 
Bugungi vaziyat o‗tgan yillar mobaynida inqirozga qarshi 
kurashish 
borasida 
to‗plagan 
tajribamizga 
suyanib, 
mamlakatimizni rivojlantirish, isloh etish va yangilash bo‗yicha 
erishgan sur‘atlarni boy bermaslik uchun mavjud resurs va 
imkoniyatlarni safarbar etishni talab qilmoqda. 
Ana shu vazifadan kelib chiqqan holda, 2013-yilda izchil 
yuqori o‗sish sur‘atlarini, makroiqtisodiy barqarorlikni saqlash va 
iqtisodiyotimiz raqobatdoshligini oshirish eng muhim ustuvor 
yo‗nalishimizga aylanishi darkor. 
Joriy yilda mamlakatimiz iqtisodiyotini 8 foizga, sanoatni 8,4 
foizga, qishloq xo‗jaligini 6 foizga, asosiy kapitalga kiritilgan 
investsiyalar hajmini 11 foizga, xizmat ko‗rsatish sohasini qariyb 
16 foizga oshirish va yalpi ichki mahsulotda uning ulushi 53 
foizgacha o‗sishini ta‘minlash vazifasi qo‗yilmoqda. 


Yuqori qo‗shimcha qiymatga ega bo‗lgan mahsulotlar ishlab 
chiqarishni ko‗paytirishni ta‘minlaydigan kimyo, neft-gaz va neft-
kimyo sanoatini, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, qurilish 
materiallari ishlab chiqarish, yengil, oziq-ovqat sanoatining yuqori 
texnologiyalarga asoslangan tarmoqlarini va boshqa sohalarni 
yuksak darajada rivojlantirish oldimizga qo‗yilgan maqsadlarga 
erishishning asosiy manbai bo‗lishi darkor. 
Qishloq xo‗jaligida paxta va g‗allaning barqaror hajmini 
saqlagan holda, kartoshkachilik, sabzavotchilik, uzumchilik va 
chorvachilikni jadal rivojlantirish uchun barcha zarur shart-
sharoitlar yaratildi. 
2013-yilda 
mutanosib 
va 
barqaror 
davlat 
byudjetini 
shakllantirish 
maqsadida 
soliq 
ma‘murchiligini 
yanada 
takomillashtirish va erkinlashtirish, mahalliy byudjetlarning 
daromad 
qismini 
mustahkamlash, 
butun 
soliq 
tizimini 
soddalashtirish va uning oshkoraligini ta‘minlash bo‗yicha tegishli 
tadbirlar ko‗zda tutilmoqda. Shularning hisobidan soliq yuki 
darajasining oshmasligi ta‘minlanib, yalpi ichki mahsulotga 
nisbatan bu ko‗rsatkich 21,3 foizni tashkil etadi. 
Faol investitsiya siyosati mamlakatimizni modernizatsiya qilish 
va yangilash bo‗yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning 
eng muhim sharti va manbai bo‗lmog‗i kerak. O‗zbekistonda 
so‗nggi besh yil mobaynida investitsiyalarning yillik o‗sish sur‘ati 
9 foizdan ziyodni tashkil etmoqda va bu dunyodagi yuqori, 
barqaror ko‗rsatkichlardan biri hisoblanadi. Jahon miqyosida 


global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganini inobatga 
oladigan bo‗lsak, bugungi murakkab sharoitda biz erishgan bu 
natijaning ahamiyati va mohiyati yanada yaqqol ayon bo‗ladi. 
Keyingi 10-yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga kiritilgan 
investitsiyalar hajmi 3,2 barobar oshgan bo‗lsa, shu davrda 
to‗g‗ridan-to‗g‗ri xorijiy investitsiyalar hajmi 20 barobardan ziyod 
o‗sgani e‘tiborga sazovordir. 
Strategik 
xorijiy 
investorlarni 
jalb 
etish 
maqsadida 
mamlakatimizda investorlarning o‗zi uchun ham, xorijiy 
investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun ham noyob 
kafolatlar tizimi yaratildi. 
Avvalo, davlat tomonidan xorijiy investorlarning barcha 
huquqlari ta‘minlanmoqda, ularning sarmoyalari, mamlakatimiz 
hududida ular tomonidan yaratilgan mulkning daxlsizligi 
kafolatlanmoqda, yaratilayotgan imtiyoz va preferensiyalarni 
kengaytirish va liberallashtirish 
bo‗yicha olib borilayotgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. 
―Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni 
himoya qilish choralari to‗g‗risida‖gi qonunga ko‗ra, qonunchilik 
normalarining o‗zgartirilishi investitsiyalash shart-sharoitlarini 
yomonlashtirishga olib kelgan taqdirda chet ellik investorlarga 
nisbatan o‗n yil mobaynida investitsiya kiritilgan sanada amal 
qilgan qonunchilik qo‗llanadi. 
Yana bir qulaylik tomoni shundaki, davlat boshqaruv organlari 
yoki davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan chet ellik 


investorlarning huquqlarini kamsitadigan normativ hujjatlar qabul 
qilingan, shuningdek, chet ellik investorlarning xo‗jalik faoliyatiga 
g‗ayriqonuniy aralashishga yo‗l qo‗yilgan taqdirda, bularning 
oqibatida yetkazilgan zarar sud orqali mazkur organlar tomonidan 
qoplanadi. 
Mamlakatimizda chet ellik investorning O‗zbekistonda olgan 
daromadlarini qaytadan investitsiya sifatida kiritish bo‗yicha hech 
qanday cheklovlar yo‗q – chet ellik investorning daromadi, uning 
xohishiga ko‗ra, har qanday shaklda ishlatilishi mumkin. 
Mazkur qonunga muvofiq, yurtimizda chet el investitsiyalari va 
xorijiy investorlarning boshqa aktivlari xalqaro huquqda qabul 
qilingan umumiy holatlarni (masalan, tabiiy ofatlar, falokatlar va 
boshqalarni) mustasno etganda, natsionalizatsiya qilinmasligiga 
yana bir bor e‘tibor qaratish o‗rinlidir. 
O‗zbekistonda 2012-yilda mamlakatimizning investitsiyaviy 
jozibadorligini yanada yaxshilashga yo‗naltirilgan bir qator 
qo‗shimcha muhim qonun hujjatlari va huquqiy normalar qabul 
qilindi. 
Biz mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun muhim ahamiyat 
kasb etadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish yo‗lida 
zarur bo‗lgan barcha ishlab chiqarish infratuzilmalarini davlat 
mablag‗lari hisobidan ta‘minlash prinsipini nafaqat qabul qildik, 
balki uni amalda joriy etmoqdamiz. 
Biz qiymati 50 million dollardan oshadigan va xorijiy 
investorning ulushi kamida 50 foiz bo‗lgan aniq loyihalarning o‗z 


muddatida amalga oshirilishini ta‘minlaydigan infratuzilmani 
loyiha hujjatlari asosida o‗z vaqtida qurish majburiyatini 
zimmamizga
olamiz. Surg‗il koni negizida Ustyurt gaz-kimyo majmuasini 
qurish bo‗yicha amalga oshirilayotgan loyiha buning yaqqol 
dalilidir. Bu yerda umumiy qiymati 212 million dollarni tashkil 
etadigan tashqi muhandislik infratuzilmasini barpo etishni davlat 
o‗z zimmasiga olgan. ―Navoiy‖ erkin industrial-iqtisodiy zonasi 
va ―Angren‖ maxsus industrial zonasida yaratilgan sharoitlar ham 
bunga misol bo‗lishi mumkin. 
Mamlakatimizda yaratilgan ishbilarmonlik muhiti qulay 
investitsiyaviy 
jozibadorlikning muhim tarkibiy qismi va omilidir. 
O‗zbekistonda Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan 
metodologiyaga mos va mamlakatimizda biznesni yuritish bilan 
bog‗liq 
barcha 
jarayonlarni 
yanada 
liberallashtirish, 
soddalashtirish, 
arzonlashtirish 
va 
ularning 
ochiqligini 
ta‘minlashga yo‗naltirilgan kompleks dastur qabul qilindi. 
Bugungi kunda O‗zbekistonda biznesni ro‗yxatga olish 
jarayoni ―bir darcha‖ tamoyili asosida atigi ikki kun ichida 
amalga oshiriladi va bu eng yaxshi xalqaro amaliyot talablariga 
to‗la mosdir. 
Mamlakatimizda 
tadbirkorlik 
sub‘ektlari 
huquqlarining 
ustuvorligi tamoyili joriy etilgan bo‗lib, bunda tadbirkorlik 
faoliyatini yuritish bilan bog‗liq qonunchilikdagi bartaraf etib 


bo‗lmaydigan qarama-qarshilik va noaniqliklar tadbirkorlik 
sub‘ekti foydasiga talqin qilinishi belgilab qo‗yilgan. 
Yurtimizda 
ishbilarmonlik 
muhitini 
takomillashtirish 
borasidagi 
chora-tadbirlar 
o‗zining 
ilk 
natijalarini 
ko‗rsatayotganini ta‘kidlash joiz. Jahon banki hisob-kitoblariga 
ko‗ra, 2012-yilda O‗zbekiston biznesni yuritish bo‗yicha reytingda 
14 o‗rin yuqoriga ko‗tarildi. 
Ayni paytda mazkur yo‗nalishda yana ko‗p ishlarni amalga 
oshirish 
lozimligini 
ta‘kidlash kerak. Mamlakatimizdagi 
ishbilarmonlik muhiti jahon tajribasida qabul qilingan biznesni 
yuritish mezonlariga qay darajada mos kelishini doimo kuzatib 
borishimiz va tegishli qarorlar qabul qilishimiz zarur. Vazirlar 
Mahkamasi bu ishga rahbarlik qilishi, Xususiylashtirish, 
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat 
qo‗mitasi bu masala bilan tizimli asosda shug‗ullanishi maqsadga 
muvofiq bo‗lur edi. 
Hech kimga sir emaski, hayot darajasi, birinchi navbatda, 
aholining daromadlari miqdori bilan belgilanadi. O‗tgan 2012-
yilda bu ko‗rsatkich yurtimizda 17,5 foizga o‗sdi, eng kam ish 
haqi 26,5 foizga oshdi. 
Umuman olganda, 2000-yil bilan taqqoslaganda, real daromad 
aholi jon boshiga 8,6 barobar ko‗paydi. Hisob-kitoblarga ko‗ra, 
o‗rtacha ish haqi iste‘mol savatchasi bahosidan 4 barobardan 
ziyod oshdi. 


2013-yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi
pensiyalar, nafaqa va stipendiyalar miqdorini o‗rtacha 23 foizdan 
kam bo‗lmagan darajada oshirish, 2013-yilda va keyingi ikki yilda 
aholi real daromadlarini kamida bir yarim barobar ko‗paytirish 
vazifasi qo‗yilmoqda. 
Mamlakatimizda aholi daromadlarining oshib borishi bilan 
uning tarkibi o‗zgarib, tadbirkorlik faoliyatidan olinayotgan 
daromad barqaror o‗sib borayotgani alohida e‘tiborga molikdir. 
O‗tgan 2012-yilda ushbu ko‗rsatkich 51 foizni tashkil qildi, 
boshqacha aytganda, odamlarimiz daromadining yarmidan ko‗pi 
birinchi navbatda tadbirkorlik, kichik va xususiy biznes hisobidan 
shakllanmoqda. 
Ana shu davrda aholining banklardagi omonatlari o‗sishi 34,6 
foizni tashkil qildi, so‗nggi o‗n yilda esa 40 barobardan ziyod 
oshdi. 2012-yilda mamlakatimizdagi barcha investitsiyalarning 20 
foizdan ortig‗ini aholi investitsiyalari tashkil etgani, ayniqsa, 
e‘tiborlidir. 
2012-yilda Buyuk Britaniyaning xalqaro miqyosda tan olingan 
Legatum instituti o‗zining Farovonlik va rivojlanish indeksida 
O‗zbekistonni dunyo mamlakatlari orasida haqli ravishda 64-
o‗ringa kiritgani e‘tiborga loyiqdir. 
Ijtimoiy farovonlik, jumladan, umr ko‗rish davomiyligi, 
oilalarning tinchligi va osoyishtaligi, ishsizlik darajasining 
pastligi, ijtimoiy infratuzilmadan foydalanish darajasi bo‗yicha 


ham O‗zbekiston jahon hamjamiyatida o‗zgalar havas qiladigan 
o‗rinni mustahkam egallab turibdi. 

Yüklə 317,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin