Mavzu: Bozor sharoitida monetar siyosatni optimallashtirish



Yüklə 317,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix27.03.2023
ölçüsü317,49 Kb.
#90291
  1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Bozor sharoitida monetar siyosatni optimallashtirish



Mavzu: 
Bozor 
sharoitida 
monetar 
siyosatni 
optimallashtirish 
 
Reja: 
Kirish 
Bozor munosabatlarini shakllanishi 
Asosiy qism 
1.O‘zbekiston taraqqiyotining o‘ziga xos yo‘li va tamoyili 
2.Monetar siyosat haqida tushuncha 
3. 2012 –yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish 
yakunlari hamda 2013-yilga mo‘ljallangan monetar siyosatni 
yo‘nalishalariga bag‘ishlangan ma‘ruza tavsilotlari (Islom 
Karimov) 
4. Monetar siyosatni optimallashtirish usullari 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 


Kirish 
Milliy davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan O`zbekiston bozor 
iqtisodiyoti yo`lini tanladi. Sho`rolar davridagi sotsialistik 
tizimning iqtisodiy asosini tashkil etgan rejalashtiruvchi 
siyosatdan voz kechdi. Xo`sh, bozor iqtisodiyotining o`zi nimani 
tushunishimiz kerak? 
Bozor iqtisodiyotining asosida tovar-pul munosabatlari yotadi 
va ana shu munosabatlarga xos iqtisodiy qonunlar harakat qiladi. 
Bozor iqtisodiyoti jamiyatning barcha a'zolarini ishlab chiqarish 
va iste'mol orqali o`zaro raqobatning ishtirokchilariga aylantiradi. 
Shu boisdan bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish 
muttasil takomillashib boradi, mahsulotning sifat darajasi 
yaxshilanadi, uning miqdori ko`payadi va jamiyat taraqqiyoti 
tezlashadi. 
Tarixan bozor munosabatlarining ikki turi mavjud:
1.Tartibsiz, o`zi bo`larchilik asosida, stixiyali rivojlanadigan 
bozor iqtisodiyoti munosabatidir. U tarqoq, maqsadi va harakati 
oldindan kelishilmagan ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar 
o`rtasidagi oldi-berdi munosabatlariga asoslanadi. 2.Tartibga 
solinadigan, boshqariladigan bozor iqtisodiyoti munosabatidir.
O`zbekiston o`z taraqqiyot yolining asosi qilib ikkinchi yo`lni 
— davlat tomonidan tartibga solib boriladigan va boshqariladigan 
bozor iqtisodiyoti yo`lini tanladi. Bunda jamiyat davlat orqali 
bozorga narx, soliq, foiz, foyda, renta, subsidiya kabi iqtisodiy 


vositalar bilan ma'lum bir yo`nalish beradi va ongli ta'sir 
ko`rsatadi. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarining o`ziga xos sifat belgilari 
va xususiyatlari quyidagilardan iborat: 
1. Tovar ishlab chiqaruvchi iqtisodiy jihatdan erkin bo`ladi, 
ya'ni bozor uchun mahsulot ishlab chiqarayotgan korxona yoki 
shaxs erkin va mustaqil faoliyat ko`rsatadi. 
2. Tovar ishlab chiqaruvchi mulk egasi bo`ladi yoki ijara 
mulkiga ega bo`ladi va uni o`z bilganicha ishlatadi, unga hech kim 
monelik qila olmaydi, buyruq bera olmaydi. 
3. 
Tovar 
ishlab 
chiqaruvchi 
o`zi 
ishlab 
chiqargan 
mahsulotining egasi, xo`jayinidir. Shu bois, o`z mahsulotini 
xohlasa sotadi, xohlasa sotmaydi yoki u xohlasa o`z tovarini 
boshqa bir tashkilot, korxona yo biron bir shaxsga sovg`a qilib 
tekinga hadya qilishi ham mumkin. 
4. Bozorga chiqarilgan tovarni oldi-sotdi qilish sotuvchi bilan 
xaridoming erkin va ixtiyoriy munosabatiga asoslanadi. 
5. Bozor iqtisodiyoti monopolizmni, ya'ni yakka hukmronlikni 
inkor etadi, tovar ishlab chiqaruvchilarning bozordagi erkin 
raqobatini taqozo etadi. 
6. Bozorda ishlab chiqaruvchi emas, balki iste'molchi o`z 
shartini qo`yadi, chunki pul uning qo`lida bo`ladi. Tovar ishlab 
chiqaruvchi iste'molchining talabi, ehtiyojini qondiradigan 
mahsulot ishlab chiqargan taqdirdagina daromad topa oladi. 


7. Ishlab chiqarilgan tovarga sarf qilinadigan mehnat 
xaridorning mahsulotga talabi darajasi miqdorida bo`lishi lozim. 
Aks holda ishlab chiqarilgan tovar bozorda kasodga uchraydi. 
8. Bozorda qanday tovarga talab oshib borsa, o`sha mahsulotni 
ishlab chiqarish foyda keltiradi. 
9. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilar 
jamiyat a'zolari o`z daromadlari miqdoriga qarab tabaqalanadilar. 
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari mamlakatimiz uchun yangilik 
emas. Uzoq yillar davomida qadimdan ajdodlarimiz jahon 
hamjamiyatining bir bo`lagi va tarkibiy qismi sifatida bozor 
iqtisodiyoti 
sharoitida 
yashab 
kelganlar. 
Tarixiy 
yozma 
manbalarning bergan ma'lumotlariga qaraganda o`rta Osiyo 
xalqlari bundan ming yillar ilgari ham dunyoning deyarli barcha 
mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalar o`rnatganlar. Bu 
borada «Buyuk ipak yo'li» yorqin dalil bo`la oladi. 



Yüklə 317,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin