Mavzu. Bozor sharoitlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish



Yüklə 69,6 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix07.01.2024
ölçüsü69,6 Kb.
#206694
  1   2   3   4   5   6   7
\'Moliya-kredit 6-mavzu Microsoft Word



6- MAVZU. BOZOR SHAROITLARIDA MOLIYAVIY RESURSLARNI 
SHAKLLANTIRISH VA ULARDAN FOYDALANISH 
Reja : 
6.1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali 
6.2. Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish 
samaradorligi 
 
6.1. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari va kapitali 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari ulardagi 
resurslarining bir qismi bo‘lib, bu resurslar pul shaklida amal qiladi. Resurslarning 
pul shaklida amal qilishi moliyaviy resurslar mohiyatan tavsifining ajralmas qismi 
hisoblanib, bu narsa ularni xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning boshqa resurslari 
ko‘rinishlaridan, xususan, ishlab chiqarish vositalari (dastgohlar, mashinalar, xom-
ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan binolar va shunga 
o‘xshashlar)dan farq qiladi. Buni inobatga olgan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ekt
vositalarining «pul shakli» va «pul qiymati» tushunchalarini farqlamoq lozim. 
«Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar vositalarining pul qiymati» tushunchasi, odatda, pul 
mablag‘larining o‘zini emas, balki turli maqsadlar uchun mo‘ljallanilgan vositalar 
va fondlar (masalan, asosiy fondlar)ning qiymat jihatidan baholanishini anglatadi.
 
Pulga sotib olinganligiga qaramasdan ishlab chiqarish vositalari (yuqoridagi 
dastgohlar, mashinalar, xom-ashyo va materiallar, ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 
binolar va shunga o‘xshashlar) haqiqatda ular pul emas va pul hisoblanmaydi. Ishlab 
chiqarish fondlarini qaytadan pul shakliga aylantirish uchun, avvalo, ularni sotish 
kerak. Bu holda esa, o‘z navbatida, mol-mulkning balansda aks ettirilgan qiymat 
baholari emas, balki haqiqatdagi bozor baholari harakatga tushadi. Moliyaviy 
qiyinchiliklar va bankrotlik xavfi ostida vujudga keladigan bunday vaziyatlar 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektni yomon oqibatlarga, xususan, mablag‘lar va 
resurslarning yo‘qotib qo‘yishiga olib kelishi mumkin. Holbuki, halqaro 
amaliyotdagi ma’lumotlarga ko‘ra bankrotga uchragan xo‘jalik yurituvchi 
sub’ektlar tugatilayotgan paytda unga tegishli bo‘lgan aktivlar qiymatining 40 
foizdan ortiq bo‘lmagan qismini olishga muvaffaq bo‘linishi mumkin. Shu 
munosabat bilan hatto, sog‘lom bozor aylanmasida, ya’ni talabga ega bo‘lgan tayyor 
mahsulot realizatsiya qilinganda ham u faqat sotilganidan so‘ng pul mablag‘iga 
aylanadi.
 
Ishlab chiqarish jarayonini yangidan boshlash va rivojlantirishga 
mo‘ljallangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari bu pul shaklidagi 
uning kapitalidir. Mehnat vositalari, predmetlari va natijalariga aylangan moddiy-
buyumlashgan kapital, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilarining jismoniy va 
intellektual qobiliyatlaridan iborat bo‘lgan inson kapitali kapital mavjudligi va 
harakatining boshqa pulsiz shakllari hisoblanadi. Prinsip jihatidan, takror ishlab 


chiqarish jarayonining doiraviy aylanishiga kiritilgan va uning egasiga daromad 
keltiruvchi har qanday mulkiy va intellektual boylik kapital bo‘lishi mumkin.
 
Tijoriy xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslari dastlab 
(birlamchi holda) ular ta’sis kapitalining bir qismini pul shaklida qo‘yish va 
shuningdek, boshqa shaxslar va tashkilotlardan maqsadli moliyalashtirish va 
subsidiyalar ko‘rinishida kelib tushgan pul mablag‘lari qismi hisobidan 
shakllantiriladi. Ta’sis kapitalining pulsiz qismi (sanoat va intellektual mulk 
ob’ektlari, ulardan foydalanish huquqlari va boshqalar) esa, xuddi maqsadli 
tushilmalar singari, agar ular pul ko‘rinishida qo‘yilmagan bo‘lsa, ularni xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektning moliyaviy resurslari tarkibiga kiritish maqsadga muvofiq 
emas.
Dastlabki (birlamchi) kapitalning ishlab chiqarishga investitsiya qilinishi 
tovar-pul doiraviy aylanishi jarayoni kengayishini boshlab beradi. Uning pul 
shaklidagi yakuni sifatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul tushumi maydonga 
chiqadi. O‘z navbatida, tushum xarajatlarni moliyalashtirish va kengaytirilgan 
takror ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishni ta’minlovchi bir necha pul 
mablag‘lari fondlariga bo‘linadi. Umumiy tarzda, formula orqali buni quyidagicha 
ifodalash mumkin:

Yüklə 69,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin