Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va


Sovliqlarning bо‘g‘ozlik davri va qо‘zilatish tadbirlari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix25.04.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#102248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)

1.2. Sovliqlarning bо‘g‘ozlik davri va qо‘zilatish tadbirlari 
Sovliqlarning bо‘g‘ozlik davri. Qо‘ylarni natijali urug‘lantirishdan boshlanib, 
tug‘ishiga bо‘lgan fiziologik xodisalar “bо‘g‘ozlik”davri, deb nomlanadi. Qо‘ylarning 
homiladorlik davri о‘rtacha 5 oy, ya’ni 145-155 kunni tashkil etadi. Yoshi katta ona 
qо‘ylar yosh ona qо‘ylarga nisbatan 1-2 kun kech tug‘adi, egizak tug‘adigan ona 
qо‘ylar bitta tug‘adiganlarga qaraganda 1-2 kun kechroq bolalaydi. 
Bо‘g‘ozlikning sо‘nggi 1-1,5 oylarida ona qо‘ylarga nazoratni kuchaytirish va 
alohida e’tibor talab etiladi, ularni tez yurishga, tor joylardan va xandaqlardan о‘tishga 
majbur qilmaslik kerak.Qо‘zilatish (tо‘l) mavsumi qо‘ylarning maxsuldorlik, 
nasldorlik xususiyatlarini о‘zida namoyon etuvchi davrdir. Natija yaxshi bо‘lsa, 
kо‘proq sof foyda olinib, yuqori samaradorlikka erishiladi. Shuning uchun axoli 
xonadoni va fermer hо‘jaliklarida qо‘zilatish mavsumida chо‘ponlaru, mutaxassislar 
sergak bо‘lishadi. Ishlab chiqarish sharoitiga qarab qо‘zilatish mavsumi ikki xil 
bо‘ladi: birinchisi - bu qо‘ylarni qishda - erta (yanvar-fevral) tug‘dirish, ikkinchisi - 
bahorda (mart- aprel) tug‘dirish Tug‘dirish (davrlari) muddatlari Qish (yanvar-fevral) 
da tug‘dirish qо‘ychilikda bosh sonini kо‘paytirishni ta’minlovchi va ularning 
mahsuldorligini oshiruvchi ilg‘or usullardan biri hisoblanadi.Bu davrda qо‘zilatishning 
ijobiy tomonlari bilan birga, salbiy tomonlari ham bor, ya’ni qо‘shimcha xarajatlar – 
bо‘g‘oz va yangi tuqqan sovliqlar uchun omixta yemlar, sifatli pichan, tug‘dirish uchun 
issiq binolar hamda qо‘shimcha ishchi kuchi va boshqa xarajatlar talab qilinadi. 
3-Rasm. Qish davrida tug‘ilgan qо‘zichoqlar 


11 
Agarda ushbu yuqorida kо‘rsatilgan sharoitlardan birining yetarli darajada yoki 
umuman bо‘lmasligi suruvdagi yangi tuqqan ona qо‘y va ayniqsa, qо‘zilarning kо‘plab 
nobud bо‘lishiga olib keladi.
Bahorda (mart-aprelda) tug‘dirish. Yaylovlar kо‘k о‘tga burkangan mahal tug‘adigan 
sovliqlarni issiq qо‘yxonalarda asrashga zarurat bо‘lmaydi. Bahorda qо‘zilatish uchun 
ona qо‘ylar oktabr-noyabr oylarida urchitiladi. Sovliq va qо‘zilarni yaylov sharoitida 
asrab, qо‘shimcha oziqlantirishsiz yaylov sharoitida boqish mumkin. Yangi tug‘ilgan 
qо‘zilar onasining sutiga tо‘yib emadi, ularning о‘sishi va rivojlanishi meyorda bо‘lib, 
yuqori darajada semiradi. Bu usul qо‘zilatish mavsumini qо‘shimcha sovuq bо‘ladigan 
yillardan tashqari xarajatlarsiz о‘tkazishda samaralidir. Lekin bu davrda 
qо‘zilatishning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlari ham bor. Yaylov 
sharoitida qо‘zilatishda kechasi havo harorati birdaniga pasayib, salqin bо‘lishi 
natijasida yangi tug‘ilgan qо‘zilar shamollab, kasallanishi mumkin. Ustiga-ustak 
qо‘zilar 1,5-2,0 oyligidayoq yaylov о‘tini iste’mol qiladi. Bu dag‘allashgan va qurib 
qolgan yaylov о‘tlari bahorgi qо‘zilar oshqozoniga botmaydi, natijada qо‘zilar 
nisbatan о‘sishda orqada qoladi, nimjon bо‘ladi. Bu qо‘zilar gо‘sht uchun sо‘yishda 
hamda kelajakda qо‘zilarni parvarishlab, suruvlarni qayta tо‘ldirishni ta’minlashda 
muhimdir. Ilmiy va amaliy tajribalardan kelib chiqib, shuni tavsiya qilamizki, 
sovliqlarni qо‘zilatish fevral oyidan boshlab, mart oyining о‘rtalarida tugatish eng 
maqbul davr hisoblanadi. Bu davrni kech qishki va erta bahorgi tug‘dirish davri, deb 
yuritiladi. Buning uchun qochirish mavsumini sentabr va oktabr oylarida о‘tkazish 
maqsadga muvofiqdir. Bu davrda ona qо‘ylarning pushtdorlik xususiyatlari 20-25 % 
ga ortib, ulardan ishlab chiqarishga yaroqli sog‘lom qо‘zilar tug‘iladi. 
4-rasm. Qish oylarida tug‘ilgan qо‘zilar onasi bilan 


12 
Tug‘ish mavsumida bо‘g‘oz ona qо‘ylarni asrash sharoitlariga alohida e’tibor berish 
lozim. Bо‘g‘oz qо‘ylarni tug‘ishiga 1-3 kun qolganda ularni yelini kattalashadi, jinsiy 
a’zolari qizarib, chо‘ziladi, sag‘risi osiladi. Tug‘ishdan oldin ona qо‘y bezovtalandi, 
qorin qismini yalaydi, teztez yotib turadi, bemalol joy izlaydi, agarda bо‘g‘oz sovliqni 
oziqlantirish va asrash sharoitlari tо‘g‘ri bajarilgan bо‘lsa, tug‘ish jarayoni yaxshi 
о‘tadi. Jinsiy a’zoda yо‘ldoshi kо‘rinib, homila chiqquncha bо‘lgan vaqt 30-40 daqiqa, 
birinchi marta tug‘ayotgan qо‘ylarda bu jarayon 50 daqiqa bо‘lsa, о‘z vaqtida tuqqan 
xisoblanadi. Agarda yuqorida kо‘rsatilgan vaqtdan 10-15 daqiqa о‘tib ketsa, ona 
qо‘yga yordam kо‘rsatish lozim. Ona qо‘y tuqqandan 1,5 soat о‘tgandan keyin 
yо‘ldoshi tushadi, agarda 5-6 soatdan о‘tib ketsa, veterinarni yordamga chaqiring. 
Tug‘ruq nihoyasiga yetgach yoki tug‘ruq paytida kindik о‘z-о‘zidan uzilib ketadi, 
qо‘ylarning yо‘ldoshi chiqib ketish vaqti 0,5-3 soat. Yо‘ldosh tushgandan sо‘ng 
bachadon о‘z holiga kela boshlaydi, qо‘ylarda ushbu muddat 30 kun davom etadi. 
Yо‘ldosh tushgach, uni kо‘mib tashlash kerak, ba’zan ona qо‘ylar о‘z yо‘ldoshini 
yeyishi mumkin. 
5-rasm. Bо‘g‘oz qо‘ylarga tug‘ish paytida yordam berish 


13 
Qо‘zilarda kindik tozalash naslning salomatligi uchun muhimdir. Shuning uchun 
kindik 4 barmoq pastdan kesib bog‘lab, yod bilan dezinfeksiya qilish kerak.
Tuqqandan keyin sovliqning yelin qismidagi junlar tozalanadi, jinsiy a’zolari issiq suv 
bilan yuviladi va 2-3 soatdan keyin ozgina (1-1,5 l ) iliq suv jonivorga ichish uchun 
beriladi. 
QО‘ZILARNI PARVARISHLASH 
Og‘iz sutini berish. Sog‘lom qо‘zi tug‘ilgandan 15-20 daqiqa о‘tgandan keyin 
onasining yelinini hidlab topadi va emadi, bunday paytlarda ularni stressga 
uchratmaslik, ya’ni bezovta qilmaslik tavsiya etiladi. Agar u onasini ema olmasa, 
emishiga yordam beriladi.Qо‘zilarga og‘iz suti albatta berilishi kerak, u 3-5 kun 
davomida ajralib chiqadi. Og‘iz suti tarkibi kо‘pgina vitaminlarga va oqsilga boy 
bо‘lib, qо‘zilarning kasallikka qarshi immunitetini oshiradi.
Ba’zi hollarda, sovliq (juda oriq bо‘lganligidan yoki semizligi meyorda bо‘lsa ham) 
bolasini yeliniga yaqin yо‘latmaydi. Bunday qо‘zilar qatori onasi о‘lgan yoki egizak 
bо‘lib tug‘ilgan qо‘zilarni (agar onasi egizaklarni boqa olmasa) boshqa yangi tuqqan 
qо‘ylarga о‘rgatish kerak bо‘ladi. Bu achinarli holat. Shu bois muammoga hojat 
qoldirmaslik uchun quyidagi tadbirlarni qо‘llang о‘rgatiladigan qо‘zichoq bilan ona 
qо‘ylar kataklarda birga saqlanadi; biroz vaqt о‘tgach, ona qо‘ylar qо‘zichoqqa 
о‘rganib emishiga ruxsat beradi; ona qо‘yning suti о‘rgatilayotgan qо‘zichoqning 
boshiga, tanasiga va burniga surtiladi. Qо‘ylar qо‘zichoqni hidlaganda, о‘zining bolasi 
deb о‘ylab, uni begona qilmaydi;о‘lgan qо‘zichoqning mо‘ynasi qо‘zichoqning 
orqasiga bog‘lanadi; qо‘yning zurriyotlari tug‘ilgandan sо‘ng darhol nobud bо‘lsa, 
qо‘yning yо‘ldoshi о‘rgatilayotgan qо‘zichoqqa surtiladi; ona qо‘y dumining orqa 
qismi yetim qо‘ziga yaxshilab surtilib, uning hidi qо‘ziga singdiriladi.
Qо‘zilarni boqish usullari О‘zbekistonda qо‘zilarni tabiiy boqish va erta sutdan 
ajratish usullarida boqiladi. Shuning bilan birga, qо‘ychilikda olib borilgan ilmiy-
tadqiqotlarga asoslanib, qо‘zilarni tezroq rivojlanishini ta’minlash maqsadida ularni 
yoshligidan jadal bо‘rdoqilash usullarini qо‘llash tavsiya etiladi.
Tabiiy boqish usulida qо‘zilar sutdan ajratishgacha bо‘lgan vaqt mobaynida onasi bilan 
birgalikda og‘il va yaylovlarda boqiladi yoki sutdan ajratilgunga qadar og‘ilda 


14 
saqlanadi. Respublikamizda sovliqlar asosan sog‘ilmaydi, qо‘zilar 4,5-5 oy davomida 
onasini emadi. Qо‘zilar (zotiga, parvarishiga qarab) sutdan ajratilgan paytda qorakо‘l 
zotlarda о‘rtacha 25-30 kg, gо‘sht yо‘nalishidagi dumbali zotlarda 35-40 kg tirik 
vaznga ega bо‘ladi. Bu davrda yaylov sharoitlarini hisobga olgan holda qо‘shimcha 
tо‘yimli ozuqalar bilan oziqlantirish mumkin.. Gо‘shtdor-serjun va edilboy zotli 
sovliqlar qо‘zichoqlari bilan .Erta sutdan ajratish deganda qо‘zilarni odatiy emish 
davridan avval sutdan ajratish tushuniladi. Bu usul ikki maqsadda amalga oshiriladi: 
birinchidan, bir yilda bir boshdan ortiq qо‘zi olish, ikkinchidan ona qо‘ylarni tezroq 
keyingi qochirishga tayyorlash uchun bu usulni qо‘llash yaxshi natija beradi, chunki 
aholi xonadonida 1,5-2,0 oylik yoshida sutdan ajratilgan qо‘zilarni boqib, 
parvarishlash imkoniyatlari mavjud. 
Yangi tug‘ilan qо‘zilarga har bir kilogramm qо‘shimcha vazn olishi uchun о‘rtacha 5 
kg ona suti sarf qilinadi, 2,0-2,5 oyligida esa ular kunlik о‘rtacha 250-300 gramm 
semirishi uchun kuniga 1,2-1,5 litr ona sutini emishi kerak. Laktatsiya davrining 
о‘rtalariga borib ona suti asta–sekinlik bilan pasayib boradi, qо‘zilarning esa tо‘yimli 
ozuqaga bо‘lgan talabi oshib boraveradi. Shuning uchun qо‘zilarni 15-20 kunligidan 
boshlab konsentrat, pichan va shirali ozuqalarga о‘rgatiladi. 
10-rasm. Qorakо‘l va hisor zotli sovliqlar qо‘zichoqlari bilan 
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron bо‘limida ishlab 
chiqilgan tavsiyalarga asosan respublikamizning tog‘ va tog‘oldi hududlarida gо‘sht-
yog‘ yо‘nalishidagi dumbali qо‘y zotlarida qо‘zilarni boqishning quyidagi usullari 
mavjud: omixta yem bilan qо‘zilarni boqish 1 oylik yoshidan boshlanadi, bunda ikki 
xil yо‘l bor: 
a) qо‘zilar sovliqdan ajratilgach, maxsus bо‘limga olib boriladi. U yerda yarim kun 
qoladi, qо‘zilarning oldiga omixta yem va toza suv qо‘yiladi. Kunning ikkinchi 
yarmida qо‘zilar ona qо‘y yoniga olib boriladi va emishi ta’minlanadi; 
b) qо‘zilar alohida bо‘limlarda asraladi, oxurlar- 
ga omixta yemlar solingach, qо‘zilar kun davomida shu yerda ovqatlanadi. Ona qо‘ylar 
yaylovdan qaytgach, qо‘zilar bо‘limdan chiqarilib, onasini yonida ertalabgacha birga 
bо‘lib emadi. 


15 
Birinchi usulda qо‘zichoqlar aralash ovqatlanishga tezroq о‘rganadi, lekin bu ish 
kо‘proq mehnat talab etadi. Qо‘zilar 8 haftalik, ya’ni 2 oylik yoshida sovliqlardan 
ajratiladi. Agar qо‘zi onasining sutiga tо‘yib, meyorida boqilgan bо‘lsa, bu yoshdagi 
qо‘zilarning tirik vazni о‘rtacha 18-21 kg ga yetadi.
Qо‘zilar onalaridan ajratilgandan sо‘ng, ular yomg‘irdan himoyalangan, tagi quruq va
havo oqimi yelvizak bо‘lmagan, alohida xonalarga joylashtiriladi. Ushbu qо‘zichoqlik 
bо‘limidagi idishlar oddiy, ammo qо‘zilar kira olmaydigan usulda tayyorlanishi kerak. 
Aks holda ifloslanish tufayli ozuqalar iste’molining pasayishi va kasalliklar tarqalishi 
mumkin.Qо‘zilar 50-60 kun davomida tegishli vaznga (25-30) yetguncha bо‘limda 
saqlanadi, bu davrda qо‘zilarga ozuqalar aralashma holda beriladi.Qо‘zilarni 
oziqlantirish uchun aralashmalar retseptlar 1-aralashma 2-aralashma 3-aralashma 
Yemlar 
foiz Yemlar 
foiz Yemlar 
foiz 
Arpa 60 
Arpa 46 
Arpa 80 Paxta chigiti shroti 21, 25 Makkajо‘xori 
28,35 
Paxta chigiti shroti 
18 Bug‘doy kepagi 
15,40 Kungaboqar shroti 22,75
Ohak tosh 1,4 Ohak tosh
2,5 
Ohak tosh 2,0 
Tuz 0,5 Tuz 
0,5 
Tuz
0,3 
Vitamin aralashma 0,1 Vitamin aralashmasi 0,25 Vitamin 
aralashmasi
0,5 
Mineral aralashmasi 
0,1 
Mineral aralashmasi 
0,1 
. Yetuk yoshdagi qо‘ylarni kataklarda (bо‘lmalarda) boqish.Qо‘zilar uchun eng yaxshi 
omixta ozuqalar – bug‘doy kepagi, paxta chigiti shroti, suli, arpa; shirali ozuqalar – 
maydalangan ildizmevalilar hisoblanadi. Qо‘zilarni sifatli beda pichani bilan 
istagancha oziqlantirish mumkin. Bu davrda quyidagilarga etibor bering: 

bо‘limda qо‘zilar uchun yangi va uzluksiz ozuqa bо‘lsin; 

bо‘limda ozuqa oxurlari hech qachon bо‘sh qolmasin; 

qо‘zilar aralash ozuqalarga asta-sekin о‘rgatilsin; 

oxurlar suv, yomg‘ir va qor kabi salbiy ta’sir etuvchi omillardan himoyalangan 
bо‘lishi kerak; 

nam yemlar mog‘orlashi mumkin, shuning uchun oxurlar tez-tez tekshirilib 
turilishi kerak, agar aynigan yemlar bо‘lsa, darhol ularni oxurdan olib, joylarni tozalab 
qо‘yish kerak. 


16 
Respublikamizda dag‘al jun beruvchi (qorakо‘l, jaydari va hisor) zotlarni ikki marta: 
erta kо‘klamda, tabiiy tullash boshlanishi bilan va kuzda, qochirish mavsumi 
boshlanishi oldidan qirqiladi. Yarimmayin jun beruvchi gо‘shtdor-serjun qо‘ylarni 
yilda bir marta, kо‘klamda (aprel, may) qirqiladi. Jun qirqishga, odatda, iliq kunlar 
boshlanib, qо‘ylarning juni “tobiga kelgan” paytda – aprelning ikkinchi yarmida 
kirishiladi. Bu davrda tabiiy gullash boshlanib, qо‘ylarning juni yapog‘ilana boshlaydi; 
yapog‘i bilan terining birikkanligi bо‘shashadi, bu esa jun qirqimini osonlashtiradi. Jun 
qirqimi ertaroq muddatlarda о‘tkaziladigan bо‘lsa, bu ishlar ancha qiyinlashadi, 
muddat kechiktirilib yuborilganda esa juni qirqilmagan qо‘ylar issiqdan qiynaladi, 
yaxshi о‘tlamaydi, yem-xashakni yaxshi yemaydi va oriqlay boshlaydi; boshqa jinsiy 
yetuklik yoshidagi qо‘ylar ham issiqdan qiynaladi, tullash natijasida junini yо‘qotadi. 
Juni olingan qо‘ylarni shamollashdan, yomg‘irdan himoya qilish kerak.
Qirqimga tayyorgarlik. Qirqim boshlanishidan oldin qirqish joyi, qirqish mashinkalari 
va qirqiladigan qо‘ylar tayyorlanishi kerak. Qirqiladigan joylar toza bо‘lishi shart, shu 
bilan birga qirqiladigan hudud soya-salqin joy bо‘lsa maqsadga muvofiqdir. Agar 
qirqish yopiq joyda amalga oshiriladigan bо‘lsa, u yetarli darajada yorug‘ bо‘lishi 
lozim. Qirqim joylari tekis bо‘lishi, tuproq-chang bо‘lmasligi kerak, iloji bо‘lsa taxta 
pol yoki rezina tо‘shamadan foydalanishni tavsiya etamiz. 
Qirqimdan oldin mashinka parchalarga bо‘linadi, pichoqlari о‘tkirlanadi, elektr 
mashinka qismlari tozalanadi va moylanadi, ehtiyot qismlari zaxira qilib tayyorlab 
qо‘yiladi, tayyorlangan elektr mashina bilan qirqish oson kechadi. 
Qirqimga qо‘ylarning tayyorgarligi ham muhimdir, agarda qо‘ylarda tikanaklar bо‘lsa, 
kesib olib tashlanadi, qо‘ylar bir kecha och qoldiriladi, och qolgan qо‘ylar atrofni 
ifloslantirmaydi. Qirqim jarayoni qо‘chqorlardan boshlanadi, keyin sovliqlar va undan 
keyin 1-2 yashar qо‘ylar qirqiladi. Qirqim paytida e’tibor qaratilishi kerak bо‘lgan 
masalalar: qirqim paytida junni parcha-parcha qilib emas, balki bir butun holicha qirqib 
olish maqsadga muvofiqdir; teriga yaqin joydan qirqish kerak; qirqim paytida terini va 
qо‘y tanasining boshqa joylarini kesishdan saqlanish kerak. Qо‘ylar junini qirqlik 
qaychi va elektr mashinkada qirqish. 


17 
Qо‘ylar qirqlik qaychi bilan qirqilganda qо‘ylarning tanasi jundan tо‘liq 
tozalanmaydi, junning bir qismi qо‘ylarda qoladi, qо‘y terisini kesish darajasi 
mashinka yordamida qirqishdan yuqori bо‘ladi. Malakali qirquvchi qaychi yordamida 
bir kunda о‘rtacha 60-70 bosh qо‘yning junini olish mumkin. 
6-rasm. Jun qirqish uchun elektr mashinka va qaychi 
Mashinka yordamida qirqim. Qirqim mashinkalari sartaroshning soch kesish 
uskunasining kattaroq shakli bо‘lib, ular turli xil energiya manbalaridan quvvat olib 
ishlaydi. Statsionar va kо‘chma mashinkalar mavjud. Mashinka yordamida qirqim juda 
kо‘p afzalliklarga ega: qirqim qisqa muddatlarda bajariladi, malakali qirquvchi bir 
kunda 150-200 bosh qо‘yni qirqishi mumkin; mashinka junni teriga yaqinroq qilib 
qirqadi, olingan junning sifati yuqori bо‘ladi; teri silliq bо‘ladi, bu esa jingalak 
junlarning bir xilligini oshiradi. Yungga zarar bermasdan osonlik bilan qirqish uchun 
qо‘yni tutib turish bilan birga mashinkadan foydalanish texnikasini puxta egallash 
lozim, junni butun holatda qirqib olishga e’tibor qaratish kerak. 
Mahalliy qо‘y zotlari kо‘proq harakatchan bо‘lgani uchun ular bog‘lanadi. Mayin va 
yarimmayin jun beruvchi (Merinos) qо‘ylar birmuncha yuvosh bо‘lganligi uchun 
ularni bog‘lamasdan ham qirqsa bо‘ladi. Qirqim kо‘krak qismidan boshlanadi, sо‘ngra 
qorinning pastki qismi va atrofi qirqiladi, undan sо‘ng о‘ng orqa oyoqlari ichi va 
tashqarisi, chap orqa oyoqlari ichi va tashqarisi qirqiladi. Sо‘ng qо‘y о‘ng tomonga 
yotqiziladi, chap bо‘ksa qismidan boshlab, avval о‘ng orqa, yon va bо‘yin qirqiladi, 
keyin qо‘y chap tomonga yotqiziladi. Qirqish о‘ng qismidan boshlanib, qovurg‘a 


18 
tarafida tugaydi. Qirqishni ketma-ket tо‘g‘ri bajarish uchun, qirquvchi qulay joylashib 
olishi va qо‘ylarni iloji boricha kam harakatlantirishi zarur. 
Qirqish paytida mashinkada yig‘ilib qolgan yog‘ va chang aralashmasi pichoqning 
harakatini qiyinlashtiradi, buni tozalash uchun 40 darajada issiq sodali suvdan 
foydalanishni tavsiya etamiz. Jun buzilmasligi uchun ularni toza, quruq, salqin va 
yorug‘ joylarda saqlash kerak. Saqlash joyida qoplarni kamida 15 sm balandlikdagi 
javonlarga qо‘yish kerak. Namlik junning sifatiga zarar yetkazadi, yuqori issiqlik, 
odatda, jun tarkibidagi namlik va yog‘ning bug‘lanib ketishiga yо‘l ochishi mumkin, 
bu esa jun vaznining yо‘qotilishiga, junning sifatining pasayishiga olib keladi. Nopok 
joylarda saqlangan junda turli bakteriyalar kо‘payishi mumkin. Ushbu to‘yimli 
moddalarga quyidagilar kiradi. Oziqa birligi, almashinuv energiyasi MJ, quruq modda, 
xom protein, hazm bo‘ladigan protein, lizin tarkibida uglerod saqlovchi oqsillar, 
kraxmal qand, kletchatka S.R. magniy, oltingugurt, temir, mis, rux, kobalt, marganets, 
yod, karotien, vitamin D va E. Qo‘ylar ozuqa ratsionida har 100 kg tirik vazniga 3,2-
3,8 kg quruq modda to‘g‘ri kelishi kerak. Qo‘ylarni to‘la qiymatli oziqlantirishda 
birinchi navbatda ular ratsionida hazm bo‘ladigan protein bilan ta’minlashga asosiy 
e’tibor qaratish lozim. Ratsionda har bir energetik ozuqa birligiga EOB ga 90-100 gram 
hazm bo‘ladigan protein to‘g‘ri kelishi kerak. Qish paytida yaylovda boqilmagan 
paytda oziqalarni quyidagi tartibda tarqatish tavsiya etiladi. Ertalab pichan, somon 
poxol (maydalangaan holda). Kunduzi sug‘orishdan oldin sersuv-shirali ozuqalardan 
silos, sinaj, ildiz mevali ozuqalar. Sug‘orishdan keyin konsentrat ozuqalar, suli, arpa, 
roj, soya, gorox va har xil donli oziqalarning yormasini berish maqsadga muvofiq 
bo`ladi. Hozirgi paytda qo‘ylarni oziqlantirishda tabiiy iqlim sharoiti va ekologiyaning 
o‘zgarishini inobatga olgan holda ular ratsionini 18-20 turdagi to‘yimli moddalar bilan 
nazorat qilishni taqqoza qilmoqda.Ona qo‘ylardan sog‘lom va to‘liq (har 100 boshdan 
110-120 ta gacha qo‘zi olish uchun ularni urug‘lantirishdan oldin hosildorligi yuqori 
bo‘lgan yaylovlarda boqish lozim. Agar yaylovlarning hosildorligi past bo‘lsa 0,2-0,4 
kg konsentrat ozuqa, 1,5-2 kg gacha sifatli silos berish tavsiya etiladi. Buning uchun 
bolasidan ajratilgan ona qo‘ylarning ozuqa ratsioniga asosiy me’yorga 0,2-0,3 
ozuqa birligi qo‘shib berish tavsiya etiladi. 


19 


Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin