1.2. Sovliqlarning bо‘g‘ozlik davri va qо‘zilatish tadbirlari
Sovliqlarning bо‘g‘ozlik davri. Qо‘ylarni natijali urug‘lantirishdan boshlanib,
tug‘ishiga bо‘lgan fiziologik xodisalar “bо‘g‘ozlik”davri, deb nomlanadi. Qо‘ylarning
homiladorlik davri о‘rtacha 5 oy, ya’ni 145-155 kunni tashkil etadi. Yoshi katta ona
qо‘ylar yosh ona qо‘ylarga nisbatan 1-2 kun kech tug‘adi, egizak tug‘adigan ona
qо‘ylar bitta tug‘adiganlarga qaraganda 1-2 kun kechroq bolalaydi.
Bо‘g‘ozlikning sо‘nggi 1-1,5 oylarida ona qо‘ylarga nazoratni kuchaytirish va
alohida e’tibor talab etiladi, ularni tez yurishga, tor joylardan va xandaqlardan о‘tishga
majbur qilmaslik kerak.Qо‘zilatish (tо‘l) mavsumi qо‘ylarning maxsuldorlik,
nasldorlik xususiyatlarini о‘zida namoyon etuvchi davrdir. Natija yaxshi bо‘lsa,
kо‘proq sof foyda olinib, yuqori samaradorlikka erishiladi. Shuning uchun axoli
xonadoni va fermer hо‘jaliklarida qо‘zilatish mavsumida chо‘ponlaru, mutaxassislar
sergak bо‘lishadi. Ishlab chiqarish sharoitiga qarab qо‘zilatish mavsumi ikki xil
bо‘ladi: birinchisi - bu qо‘ylarni qishda - erta (yanvar-fevral) tug‘dirish, ikkinchisi -
bahorda (mart- aprel) tug‘dirish Tug‘dirish (davrlari) muddatlari Qish (yanvar-fevral)
da tug‘dirish qо‘ychilikda bosh sonini kо‘paytirishni ta’minlovchi va ularning
mahsuldorligini oshiruvchi ilg‘or usullardan biri hisoblanadi.Bu davrda qо‘zilatishning
ijobiy tomonlari bilan birga, salbiy tomonlari ham bor, ya’ni qо‘shimcha xarajatlar –
bо‘g‘oz va yangi tuqqan sovliqlar uchun omixta yemlar, sifatli pichan, tug‘dirish uchun
issiq binolar hamda qо‘shimcha ishchi kuchi va boshqa xarajatlar talab qilinadi.
3-Rasm. Qish davrida tug‘ilgan qо‘zichoqlar
11
Agarda ushbu yuqorida kо‘rsatilgan sharoitlardan birining yetarli darajada yoki
umuman bо‘lmasligi suruvdagi yangi tuqqan ona qо‘y va ayniqsa, qо‘zilarning kо‘plab
nobud bо‘lishiga olib keladi.
Bahorda (mart-aprelda) tug‘dirish. Yaylovlar kо‘k о‘tga burkangan mahal tug‘adigan
sovliqlarni issiq qо‘yxonalarda asrashga zarurat bо‘lmaydi. Bahorda qо‘zilatish uchun
ona qо‘ylar oktabr-noyabr oylarida urchitiladi. Sovliq va qо‘zilarni yaylov sharoitida
asrab, qо‘shimcha oziqlantirishsiz yaylov sharoitida boqish mumkin. Yangi tug‘ilgan
qо‘zilar onasining sutiga tо‘yib emadi, ularning о‘sishi va rivojlanishi meyorda bо‘lib,
yuqori darajada semiradi. Bu usul qо‘zilatish mavsumini qо‘shimcha sovuq bо‘ladigan
yillardan tashqari xarajatlarsiz о‘tkazishda samaralidir. Lekin bu davrda
qо‘zilatishning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy tomonlari ham bor. Yaylov
sharoitida qо‘zilatishda kechasi havo harorati birdaniga pasayib, salqin bо‘lishi
natijasida yangi tug‘ilgan qо‘zilar shamollab, kasallanishi mumkin. Ustiga-ustak
qо‘zilar 1,5-2,0 oyligidayoq yaylov о‘tini iste’mol qiladi. Bu dag‘allashgan va qurib
qolgan yaylov о‘tlari bahorgi qо‘zilar oshqozoniga botmaydi, natijada qо‘zilar
nisbatan о‘sishda orqada qoladi, nimjon bо‘ladi. Bu qо‘zilar gо‘sht uchun sо‘yishda
hamda kelajakda qо‘zilarni parvarishlab, suruvlarni qayta tо‘ldirishni ta’minlashda
muhimdir. Ilmiy va amaliy tajribalardan kelib chiqib, shuni tavsiya qilamizki,
sovliqlarni qо‘zilatish fevral oyidan boshlab, mart oyining о‘rtalarida tugatish eng
maqbul davr hisoblanadi. Bu davrni kech qishki va erta bahorgi tug‘dirish davri, deb
yuritiladi. Buning uchun qochirish mavsumini sentabr va oktabr oylarida о‘tkazish
maqsadga muvofiqdir. Bu davrda ona qо‘ylarning pushtdorlik xususiyatlari 20-25 %
ga ortib, ulardan ishlab chiqarishga yaroqli sog‘lom qо‘zilar tug‘iladi.
4-rasm. Qish oylarida tug‘ilgan qо‘zilar onasi bilan
12
Tug‘ish mavsumida bо‘g‘oz ona qо‘ylarni asrash sharoitlariga alohida e’tibor berish
lozim. Bо‘g‘oz qо‘ylarni tug‘ishiga 1-3 kun qolganda ularni yelini kattalashadi, jinsiy
a’zolari qizarib, chо‘ziladi, sag‘risi osiladi. Tug‘ishdan oldin ona qо‘y bezovtalandi,
qorin qismini yalaydi, teztez yotib turadi, bemalol joy izlaydi, agarda bо‘g‘oz sovliqni
oziqlantirish va asrash sharoitlari tо‘g‘ri bajarilgan bо‘lsa, tug‘ish jarayoni yaxshi
о‘tadi. Jinsiy a’zoda yо‘ldoshi kо‘rinib, homila chiqquncha bо‘lgan vaqt 30-40 daqiqa,
birinchi marta tug‘ayotgan qо‘ylarda bu jarayon 50 daqiqa bо‘lsa, о‘z vaqtida tuqqan
xisoblanadi. Agarda yuqorida kо‘rsatilgan vaqtdan 10-15 daqiqa о‘tib ketsa, ona
qо‘yga yordam kо‘rsatish lozim. Ona qо‘y tuqqandan 1,5 soat о‘tgandan keyin
yо‘ldoshi tushadi, agarda 5-6 soatdan о‘tib ketsa, veterinarni yordamga chaqiring.
Tug‘ruq nihoyasiga yetgach yoki tug‘ruq paytida kindik о‘z-о‘zidan uzilib ketadi,
qо‘ylarning yо‘ldoshi chiqib ketish vaqti 0,5-3 soat. Yо‘ldosh tushgandan sо‘ng
bachadon о‘z holiga kela boshlaydi, qо‘ylarda ushbu muddat 30 kun davom etadi.
Yо‘ldosh tushgach, uni kо‘mib tashlash kerak, ba’zan ona qо‘ylar о‘z yо‘ldoshini
yeyishi mumkin.
5-rasm. Bо‘g‘oz qо‘ylarga tug‘ish paytida yordam berish
13
Qо‘zilarda kindik tozalash naslning salomatligi uchun muhimdir. Shuning uchun
kindik 4 barmoq pastdan kesib bog‘lab, yod bilan dezinfeksiya qilish kerak.
Tuqqandan keyin sovliqning yelin qismidagi junlar tozalanadi, jinsiy a’zolari issiq suv
bilan yuviladi va 2-3 soatdan keyin ozgina (1-1,5 l ) iliq suv jonivorga ichish uchun
beriladi.
QО‘ZILARNI PARVARISHLASH
Og‘iz sutini berish. Sog‘lom qо‘zi tug‘ilgandan 15-20 daqiqa о‘tgandan keyin
onasining yelinini hidlab topadi va emadi, bunday paytlarda ularni stressga
uchratmaslik, ya’ni bezovta qilmaslik tavsiya etiladi. Agar u onasini ema olmasa,
emishiga yordam beriladi.Qо‘zilarga og‘iz suti albatta berilishi kerak, u 3-5 kun
davomida ajralib chiqadi. Og‘iz suti tarkibi kо‘pgina vitaminlarga va oqsilga boy
bо‘lib, qо‘zilarning kasallikka qarshi immunitetini oshiradi.
Ba’zi hollarda, sovliq (juda oriq bо‘lganligidan yoki semizligi meyorda bо‘lsa ham)
bolasini yeliniga yaqin yо‘latmaydi. Bunday qо‘zilar qatori onasi о‘lgan yoki egizak
bо‘lib tug‘ilgan qо‘zilarni (agar onasi egizaklarni boqa olmasa) boshqa yangi tuqqan
qо‘ylarga о‘rgatish kerak bо‘ladi. Bu achinarli holat. Shu bois muammoga hojat
qoldirmaslik uchun quyidagi tadbirlarni qо‘llang о‘rgatiladigan qо‘zichoq bilan ona
qо‘ylar kataklarda birga saqlanadi; biroz vaqt о‘tgach, ona qо‘ylar qо‘zichoqqa
о‘rganib emishiga ruxsat beradi; ona qо‘yning suti о‘rgatilayotgan qо‘zichoqning
boshiga, tanasiga va burniga surtiladi. Qо‘ylar qо‘zichoqni hidlaganda, о‘zining bolasi
deb о‘ylab, uni begona qilmaydi;о‘lgan qо‘zichoqning mо‘ynasi qо‘zichoqning
orqasiga bog‘lanadi; qо‘yning zurriyotlari tug‘ilgandan sо‘ng darhol nobud bо‘lsa,
qо‘yning yо‘ldoshi о‘rgatilayotgan qо‘zichoqqa surtiladi; ona qо‘y dumining orqa
qismi yetim qо‘ziga yaxshilab surtilib, uning hidi qо‘ziga singdiriladi.
Qо‘zilarni boqish usullari О‘zbekistonda qо‘zilarni tabiiy boqish va erta sutdan
ajratish usullarida boqiladi. Shuning bilan birga, qо‘ychilikda olib borilgan ilmiy-
tadqiqotlarga asoslanib, qо‘zilarni tezroq rivojlanishini ta’minlash maqsadida ularni
yoshligidan jadal bо‘rdoqilash usullarini qо‘llash tavsiya etiladi.
Tabiiy boqish usulida qо‘zilar sutdan ajratishgacha bо‘lgan vaqt mobaynida onasi bilan
birgalikda og‘il va yaylovlarda boqiladi yoki sutdan ajratilgunga qadar og‘ilda
14
saqlanadi. Respublikamizda sovliqlar asosan sog‘ilmaydi, qо‘zilar 4,5-5 oy davomida
onasini emadi. Qо‘zilar (zotiga, parvarishiga qarab) sutdan ajratilgan paytda qorakо‘l
zotlarda о‘rtacha 25-30 kg, gо‘sht yо‘nalishidagi dumbali zotlarda 35-40 kg tirik
vaznga ega bо‘ladi. Bu davrda yaylov sharoitlarini hisobga olgan holda qо‘shimcha
tо‘yimli ozuqalar bilan oziqlantirish mumkin.. Gо‘shtdor-serjun va edilboy zotli
sovliqlar qо‘zichoqlari bilan .Erta sutdan ajratish deganda qо‘zilarni odatiy emish
davridan avval sutdan ajratish tushuniladi. Bu usul ikki maqsadda amalga oshiriladi:
birinchidan, bir yilda bir boshdan ortiq qо‘zi olish, ikkinchidan ona qо‘ylarni tezroq
keyingi qochirishga tayyorlash uchun bu usulni qо‘llash yaxshi natija beradi, chunki
aholi xonadonida 1,5-2,0 oylik yoshida sutdan ajratilgan qо‘zilarni boqib,
parvarishlash imkoniyatlari mavjud.
Yangi tug‘ilan qо‘zilarga har bir kilogramm qо‘shimcha vazn olishi uchun о‘rtacha 5
kg ona suti sarf qilinadi, 2,0-2,5 oyligida esa ular kunlik о‘rtacha 250-300 gramm
semirishi uchun kuniga 1,2-1,5 litr ona sutini emishi kerak. Laktatsiya davrining
о‘rtalariga borib ona suti asta–sekinlik bilan pasayib boradi, qо‘zilarning esa tо‘yimli
ozuqaga bо‘lgan talabi oshib boraveradi. Shuning uchun qо‘zilarni 15-20 kunligidan
boshlab konsentrat, pichan va shirali ozuqalarga о‘rgatiladi.
10-rasm. Qorakо‘l va hisor zotli sovliqlar qо‘zichoqlari bilan
Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Ohangaron bо‘limida ishlab
chiqilgan tavsiyalarga asosan respublikamizning tog‘ va tog‘oldi hududlarida gо‘sht-
yog‘ yо‘nalishidagi dumbali qо‘y zotlarida qо‘zilarni boqishning quyidagi usullari
mavjud: omixta yem bilan qо‘zilarni boqish 1 oylik yoshidan boshlanadi, bunda ikki
xil yо‘l bor:
a) qо‘zilar sovliqdan ajratilgach, maxsus bо‘limga olib boriladi. U yerda yarim kun
qoladi, qо‘zilarning oldiga omixta yem va toza suv qо‘yiladi. Kunning ikkinchi
yarmida qо‘zilar ona qо‘y yoniga olib boriladi va emishi ta’minlanadi;
b) qо‘zilar alohida bо‘limlarda asraladi, oxurlar-
ga omixta yemlar solingach, qо‘zilar kun davomida shu yerda ovqatlanadi. Ona qо‘ylar
yaylovdan qaytgach, qо‘zilar bо‘limdan chiqarilib, onasini yonida ertalabgacha birga
bо‘lib emadi.
15
Birinchi usulda qо‘zichoqlar aralash ovqatlanishga tezroq о‘rganadi, lekin bu ish
kо‘proq mehnat talab etadi. Qо‘zilar 8 haftalik, ya’ni 2 oylik yoshida sovliqlardan
ajratiladi. Agar qо‘zi onasining sutiga tо‘yib, meyorida boqilgan bо‘lsa, bu yoshdagi
qо‘zilarning tirik vazni о‘rtacha 18-21 kg ga yetadi.
Qо‘zilar onalaridan ajratilgandan sо‘ng, ular yomg‘irdan himoyalangan, tagi quruq va
havo oqimi yelvizak bо‘lmagan, alohida xonalarga joylashtiriladi. Ushbu qо‘zichoqlik
bо‘limidagi idishlar oddiy, ammo qо‘zilar kira olmaydigan usulda tayyorlanishi kerak.
Aks holda ifloslanish tufayli ozuqalar iste’molining pasayishi va kasalliklar tarqalishi
mumkin.Qо‘zilar 50-60 kun davomida tegishli vaznga (25-30) yetguncha bо‘limda
saqlanadi, bu davrda qо‘zilarga ozuqalar aralashma holda beriladi.Qо‘zilarni
oziqlantirish uchun aralashmalar retseptlar 1-aralashma 2-aralashma 3-aralashma
Yemlar
foiz Yemlar
foiz Yemlar
foiz
Arpa 60
Arpa 46
Arpa 80 Paxta chigiti shroti 21, 25 Makkajо‘xori
28,35
Paxta chigiti shroti
18 Bug‘doy kepagi
15,40 Kungaboqar shroti 22,75
Ohak tosh 1,4 Ohak tosh
2,5
Ohak tosh 2,0
Tuz 0,5 Tuz
0,5
Tuz
0,3
Vitamin aralashma 0,1 Vitamin aralashmasi 0,25 Vitamin
aralashmasi
0,5
Mineral aralashmasi
0,1
Mineral aralashmasi
0,1
. Yetuk yoshdagi qо‘ylarni kataklarda (bо‘lmalarda) boqish.Qо‘zilar uchun eng yaxshi
omixta ozuqalar – bug‘doy kepagi, paxta chigiti shroti, suli, arpa; shirali ozuqalar –
maydalangan ildizmevalilar hisoblanadi. Qо‘zilarni sifatli beda pichani bilan
istagancha oziqlantirish mumkin. Bu davrda quyidagilarga etibor bering:
-
bо‘limda qо‘zilar uchun yangi va uzluksiz ozuqa bо‘lsin;
-
bо‘limda ozuqa oxurlari hech qachon bо‘sh qolmasin;
-
qо‘zilar aralash ozuqalarga asta-sekin о‘rgatilsin;
-
oxurlar suv, yomg‘ir va qor kabi salbiy ta’sir etuvchi omillardan himoyalangan
bо‘lishi kerak;
-
nam yemlar mog‘orlashi mumkin, shuning uchun oxurlar tez-tez tekshirilib
turilishi kerak, agar aynigan yemlar bо‘lsa, darhol ularni oxurdan olib, joylarni tozalab
qо‘yish kerak.
16
Respublikamizda dag‘al jun beruvchi (qorakо‘l, jaydari va hisor) zotlarni ikki marta:
erta kо‘klamda, tabiiy tullash boshlanishi bilan va kuzda, qochirish mavsumi
boshlanishi oldidan qirqiladi. Yarimmayin jun beruvchi gо‘shtdor-serjun qо‘ylarni
yilda bir marta, kо‘klamda (aprel, may) qirqiladi. Jun qirqishga, odatda, iliq kunlar
boshlanib, qо‘ylarning juni “tobiga kelgan” paytda – aprelning ikkinchi yarmida
kirishiladi. Bu davrda tabiiy gullash boshlanib, qо‘ylarning juni yapog‘ilana boshlaydi;
yapog‘i bilan terining birikkanligi bо‘shashadi, bu esa jun qirqimini osonlashtiradi. Jun
qirqimi ertaroq muddatlarda о‘tkaziladigan bо‘lsa, bu ishlar ancha qiyinlashadi,
muddat kechiktirilib yuborilganda esa juni qirqilmagan qо‘ylar issiqdan qiynaladi,
yaxshi о‘tlamaydi, yem-xashakni yaxshi yemaydi va oriqlay boshlaydi; boshqa jinsiy
yetuklik yoshidagi qо‘ylar ham issiqdan qiynaladi, tullash natijasida junini yо‘qotadi.
Juni olingan qо‘ylarni shamollashdan, yomg‘irdan himoya qilish kerak.
Qirqimga tayyorgarlik. Qirqim boshlanishidan oldin qirqish joyi, qirqish mashinkalari
va qirqiladigan qо‘ylar tayyorlanishi kerak. Qirqiladigan joylar toza bо‘lishi shart, shu
bilan birga qirqiladigan hudud soya-salqin joy bо‘lsa maqsadga muvofiqdir. Agar
qirqish yopiq joyda amalga oshiriladigan bо‘lsa, u yetarli darajada yorug‘ bо‘lishi
lozim. Qirqim joylari tekis bо‘lishi, tuproq-chang bо‘lmasligi kerak, iloji bо‘lsa taxta
pol yoki rezina tо‘shamadan foydalanishni tavsiya etamiz.
Qirqimdan oldin mashinka parchalarga bо‘linadi, pichoqlari о‘tkirlanadi, elektr
mashinka qismlari tozalanadi va moylanadi, ehtiyot qismlari zaxira qilib tayyorlab
qо‘yiladi, tayyorlangan elektr mashina bilan qirqish oson kechadi.
Qirqimga qо‘ylarning tayyorgarligi ham muhimdir, agarda qо‘ylarda tikanaklar bо‘lsa,
kesib olib tashlanadi, qо‘ylar bir kecha och qoldiriladi, och qolgan qо‘ylar atrofni
ifloslantirmaydi. Qirqim jarayoni qо‘chqorlardan boshlanadi, keyin sovliqlar va undan
keyin 1-2 yashar qо‘ylar qirqiladi. Qirqim paytida e’tibor qaratilishi kerak bо‘lgan
masalalar: qirqim paytida junni parcha-parcha qilib emas, balki bir butun holicha qirqib
olish maqsadga muvofiqdir; teriga yaqin joydan qirqish kerak; qirqim paytida terini va
qо‘y tanasining boshqa joylarini kesishdan saqlanish kerak. Qо‘ylar junini qirqlik
qaychi va elektr mashinkada qirqish.
17
Qо‘ylar qirqlik qaychi bilan qirqilganda qо‘ylarning tanasi jundan tо‘liq
tozalanmaydi, junning bir qismi qо‘ylarda qoladi, qо‘y terisini kesish darajasi
mashinka yordamida qirqishdan yuqori bо‘ladi. Malakali qirquvchi qaychi yordamida
bir kunda о‘rtacha 60-70 bosh qо‘yning junini olish mumkin.
6-rasm. Jun qirqish uchun elektr mashinka va qaychi
Mashinka yordamida qirqim. Qirqim mashinkalari sartaroshning soch kesish
uskunasining kattaroq shakli bо‘lib, ular turli xil energiya manbalaridan quvvat olib
ishlaydi. Statsionar va kо‘chma mashinkalar mavjud. Mashinka yordamida qirqim juda
kо‘p afzalliklarga ega: qirqim qisqa muddatlarda bajariladi, malakali qirquvchi bir
kunda 150-200 bosh qо‘yni qirqishi mumkin; mashinka junni teriga yaqinroq qilib
qirqadi, olingan junning sifati yuqori bо‘ladi; teri silliq bо‘ladi, bu esa jingalak
junlarning bir xilligini oshiradi. Yungga zarar bermasdan osonlik bilan qirqish uchun
qо‘yni tutib turish bilan birga mashinkadan foydalanish texnikasini puxta egallash
lozim, junni butun holatda qirqib olishga e’tibor qaratish kerak.
Mahalliy qо‘y zotlari kо‘proq harakatchan bо‘lgani uchun ular bog‘lanadi. Mayin va
yarimmayin jun beruvchi (Merinos) qо‘ylar birmuncha yuvosh bо‘lganligi uchun
ularni bog‘lamasdan ham qirqsa bо‘ladi. Qirqim kо‘krak qismidan boshlanadi, sо‘ngra
qorinning pastki qismi va atrofi qirqiladi, undan sо‘ng о‘ng orqa oyoqlari ichi va
tashqarisi, chap orqa oyoqlari ichi va tashqarisi qirqiladi. Sо‘ng qо‘y о‘ng tomonga
yotqiziladi, chap bо‘ksa qismidan boshlab, avval о‘ng orqa, yon va bо‘yin qirqiladi,
keyin qо‘y chap tomonga yotqiziladi. Qirqish о‘ng qismidan boshlanib, qovurg‘a
18
tarafida tugaydi. Qirqishni ketma-ket tо‘g‘ri bajarish uchun, qirquvchi qulay joylashib
olishi va qо‘ylarni iloji boricha kam harakatlantirishi zarur.
Qirqish paytida mashinkada yig‘ilib qolgan yog‘ va chang aralashmasi pichoqning
harakatini qiyinlashtiradi, buni tozalash uchun 40 darajada issiq sodali suvdan
foydalanishni tavsiya etamiz. Jun buzilmasligi uchun ularni toza, quruq, salqin va
yorug‘ joylarda saqlash kerak. Saqlash joyida qoplarni kamida 15 sm balandlikdagi
javonlarga qо‘yish kerak. Namlik junning sifatiga zarar yetkazadi, yuqori issiqlik,
odatda, jun tarkibidagi namlik va yog‘ning bug‘lanib ketishiga yо‘l ochishi mumkin,
bu esa jun vaznining yо‘qotilishiga, junning sifatining pasayishiga olib keladi. Nopok
joylarda saqlangan junda turli bakteriyalar kо‘payishi mumkin. Ushbu to‘yimli
moddalarga quyidagilar kiradi. Oziqa birligi, almashinuv energiyasi MJ, quruq modda,
xom protein, hazm bo‘ladigan protein, lizin tarkibida uglerod saqlovchi oqsillar,
kraxmal qand, kletchatka S.R. magniy, oltingugurt, temir, mis, rux, kobalt, marganets,
yod, karotien, vitamin D va E. Qo‘ylar ozuqa ratsionida har 100 kg tirik vazniga 3,2-
3,8 kg quruq modda to‘g‘ri kelishi kerak. Qo‘ylarni to‘la qiymatli oziqlantirishda
birinchi navbatda ular ratsionida hazm bo‘ladigan protein bilan ta’minlashga asosiy
e’tibor qaratish lozim. Ratsionda har bir energetik ozuqa birligiga EOB ga 90-100 gram
hazm bo‘ladigan protein to‘g‘ri kelishi kerak. Qish paytida yaylovda boqilmagan
paytda oziqalarni quyidagi tartibda tarqatish tavsiya etiladi. Ertalab pichan, somon
poxol (maydalangaan holda). Kunduzi sug‘orishdan oldin sersuv-shirali ozuqalardan
silos, sinaj, ildiz mevali ozuqalar. Sug‘orishdan keyin konsentrat ozuqalar, suli, arpa,
roj, soya, gorox va har xil donli oziqalarning yormasini berish maqsadga muvofiq
bo`ladi. Hozirgi paytda qo‘ylarni oziqlantirishda tabiiy iqlim sharoiti va ekologiyaning
o‘zgarishini inobatga olgan holda ular ratsionini 18-20 turdagi to‘yimli moddalar bilan
nazorat qilishni taqqoza qilmoqda.Ona qo‘ylardan sog‘lom va to‘liq (har 100 boshdan
110-120 ta gacha qo‘zi olish uchun ularni urug‘lantirishdan oldin hosildorligi yuqori
bo‘lgan yaylovlarda boqish lozim. Agar yaylovlarning hosildorligi past bo‘lsa 0,2-0,4
kg konsentrat ozuqa, 1,5-2 kg gacha sifatli silos berish tavsiya etiladi. Buning uchun
bolasidan ajratilgan ona qo‘ylarning ozuqa ratsioniga asosiy me’yorga 0,2-0,3
ozuqa birligi qo‘shib berish tavsiya etiladi.
|