Mavzu: buxgalteriya axborot tizimlari reja


Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axborotli aloqasi



Yüklə 251,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix13.04.2023
ölçüsü251,88 Kb.
#97262
1   2   3   4   5   6
Mavzu buxgalteriya axborot tizimlari reja

3. Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axborotli aloqasi 
 
Buxgalteriya hisobining tashkilotlar bilan axborotli aloqasiga alohida to`xtash 
zarur. Asosan bu aloqa me’yoriy va uslubiy materiallarni olish, hamda yig`ma 
moliyaviy hisobotni manfaatdor tashkilot-yuqori ma’muriy idoralar, soliq 
qo`mitasi, statistika idoralari, moliyaviy tashkilotlar va boshqalarga berishdan 
iboratdir. ShKda olingan buxgalteriya hisobotlarining shakllarini yuqori idoralarga 
taqdim etish qonunlashtirilgan. Bu tashkilotlarga axborotlarni magnitli manbalar va 
aloqa kanallari bo`yicha topshirish haqidagi masalalar hal qilinmoqda. 
Banklar bilan aloqa uchun «Mijoz-Bank» tizimi bo`yicha axborotlarni 
mashinalararo almashtirish ko`zda tutilmoqda. 
Tashkilotning hisob-kitob schyotiga xizmat ko`rsatuvchi bank hisob-kitob 
schyotlarini tezkor boshqarish bo`yicha xizmatlarni to`g`ridan-to`g`ri taklif qiladi. 
«Mijoz-Bank» dasturi to`lov topshiriqnomalarni yaratish, ularni bankka modem 
bo`yicha uzatish, ShKda hisob-kitob raqamlaridan ko`chirmalar olishga imkon 
beradi. Bunday axborotlarning himoyalanishini ta’minlash uchun elektron imzodan 
(usiz uzatilayotgan hujjatlar haqiqiy emas) hamda axborotlarni shifrlashning 
maxsus tizimidan foydalaniladi. Tizim g`oyatda qulay, vaqtni tejaydi va turli 
mijozlardan nullarni hisob-kitob raqamiga kelishi haqida axborotlarni olishga 
imkon beradi va shu tariqa ularga xizmat ko`rsatishni tezlashtiradi. Bundan 
tashqari «Mijoz-Bank» tizimi to`lovlarni amalga oshirish uchun bankka borishdan 
tashkilotni ozod qiladi. 
Hisobxona ichidagi va tashqarisidagi turli bo`linmalarda vujudga keluvchi 
ko`plab boshlang`ich hujjatlarning katta hajmi hamda me’yoriy ma’lumotnomaviy 
hujjatlardan keng foydalanish bilan ta’riflanuvchi buxgalteriya hisobi axborot 
ta’minlanishining ba’zi xususiyatlari haqida to`xtab o`tamiz. 
Barcha xo`jalik operatsiyalari boshlang`ich buxgalteriya hujjati — xo`jalik 
operatsiyasi sodir bo`lganligi haqidagi to`liq va ishonchli yozma guvohnomada 
qayd etiladi. Hujjat yuridik kuchga ega. Ularni shakllantirish va qo`llash bo`yicha 
umumiy uslubiy rahbarlik O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat 
statistika qo`mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Ular hujjatlar haqidagi qoidalarni 
nashr qiladi, boshlang`ich hujjatlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqadi, 
yo`riqnomaviy va uslubiy materiallarni nashr etadi. 
Namunaviy buxgalteriya hujjatlari sohalararo va sohaviyga bo`linadi. 
Sohalararo hujjatlar barcha korxona va tashkilotlarda qo`llanish uchun yagona 
bo`ladi. Ularga asosiy vositalarning hisobi bo`yicha hujjatlar, kassa va to`lov 
hujjatlari, hisob beruvchi shaxslar bilan hisob-kitoblar uchun hujjatlar kiradi.
Kichik korxonalarda buxgalteriya hisobini olib borish va yagona hisob 
registrlarini qo`llash bo`yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. 
Sohaviy shakllar tavsiyanomaviy xarakterga ega. Ular asosida har bir soha 
ushbu soha hisobining o`ziga xosligini e’tiborga olgan holda o`z hujjatlarining 
shakllarini ishlab chiqishlari mumkin. Hujjatlarning sohaviy shakllari mehnat va 


ish haqi hisobi, materiallar hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi uchastkalarida 
qo`llaniladi. 
Buxgalteriya hujjatlarining katta qismi murakkab (farmoyish beruvchi-
ijroiya)dir, masalan, kreditga farmoyish beruvchilar tomonidan imzolangan ish 
xaqini to`lash qaydnomasi xazinagar uchun farmoyish beruvchi hujjat bo`ladi, ish 
haqi berilib bo`lgandan keyin qaydnoma ijroiya (oklovchi) hujjat maqomini oladi. 
Yagona birlamchi hujjat bitta xo`jalik operatsiyasi bo`yicha axborotlar 
manbai, yig`ma esa vaqtning belgilangan qismi (kun, hafta, oy)dagi bir turli 
xo`jalik operatsiyalarini butun majmuasi haqidagi axborotlar manbai bo`ladi. 
Hisob hujjatlarini rasmiylashtirish (qo`lda yoki kompioterlarda) texnikasi 
korxonaning buxgalteriya xizmati, uning ishlab chiqish va vazifaviy bo`linmalarini 
kompyuterlar bilan texnik jihozlanish darajasiga bog`liq. Ammo ayrim xo`jalik 
operatsiyalarini rasmiylashtirishning amaldagi qoidalari bir qator hollarda 
hujjatlarni qo`lda tuzishni ko`zda tutadi. 
Tasniflagichlar va kodlardan ajratilgan guruhlovchi (bir yoki bir necha) 
alomat, masalan, bo`linmalar, tsexlar, brigadalar bo`yicha ishlovchilar asosida 
buxgalteriya hisoblari, ma’lumotlar va guruhlar tuzish uchun foydalaniladi. 
Buxgalteriya vazifalarini kompyuterlashtirishda tasniflagichlarning har xil turlari: 
umumdavlat, sohaviy va mahalliydan foydalaniladi. 
Umumdavlat tasniflagichlari (UT) — butun O`zbekiston uchun yagonadir, 
buxgalteriya hisobida cheklangan miqdorda foydalaniladi. Ularga quyidagilar 
kiradi: korxona va tashkilotlarning umumdavlat tasniflagichi (KTUT), milliy 
iqtisodiyot sohasining UT(MISUT), tashkiliy huquq shaklining kodi (THSHK), 
davlat mulkini boshqarish idoralarining kodi, o`lchov birligi kodi (UBK), 
boshqaruv hujjatlarining UT.
Sohaviy tasniflagichlardan ushbu soha uchun xos bo`lgan axborotlarni 
kodlashtirish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi barcha sohalarda olib 
borilishini hisobga olgan holda, ushbu guruhga korxona va tashkilotlarning 
sohaviy qaramligidan qat’iy nazar, buxgalteriya hisobi uchun yagona bo`lgan 
tasniflagichlarni kiritamiz. 
Mahalliy kodlar yakka tartibli, faqat aniq korxonalar uchun xosdir, shuning 
uchun ularni loyihalashtirish aniq korxonada xatto namunaviy loyihalarni xarid 
qilishda ham olib boriladi. 
Korxonada kodlarni loyihalashtirish tizimli yondoshishga rioya qilishni talab 
qiladi, ya’ni kodlar korxonalarning barcha bo`linmalaridagi turli vazifalarini 
yechishda qo`llana olinishi kerak. Misol uchun, bo`linmalarning kodlari hisob 
vazifalari, xodimlar hisobi vazifalari, ishlab chiqarish hisobini ishlab chiqishda 
yagona bo`lishi kerak. 
Ayni vaqtda ba’zi bir kodlardan faqat buxgalteriya vazifalari uchun 
foydalaniladi. Aytilganlardan kelib chiqqan holda mahalliy kodlarni ikki guruhga 
bo`lish mumkin. Birinchi guruh — bu, korxona uchun yagona bo`lgan kodlar: 
tarkibiy bo`linmalar, materiallar, tayyor mahsulotlar, detallar, qismlar va 
birlashmalar; uskunalar, tabel tartib sonlari, yetkazib beruvchilar va istemolchilar, 
ixtisosliklar kodlari. Kodlarning ikkinchi guruhidan faqat buxgalteriya vazifalarini 


yechishda foydalaniladi, bular: subschyotlar, asosiy vositalar, moddiy javobgar 
shaxslarning kodlari. 

Yüklə 251,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin