Mavzu: buyraklarda urat toshlarini hosil bo'lishi va davolash yo'llari


Toshlar turli xastaliklar asoratida ham yuzaga kelishi mumkin. Jumladan



Yüklə 27,59 Kb.
səhifə3/7
tarix19.10.2022
ölçüsü27,59 Kb.
#65467
1   2   3   4   5   6   7
BUYRAKLARDA URAT TOSHLARINI HOSIL BO\'LISHI

Toshlar turli xastaliklar asoratida ham yuzaga kelishi mumkin. Jumladan:

  • Podagra – peshob kislotasi ortib, tosh paydo bo`lish xavfi paydo bo`ladi.

  • Peshob tarkibida kalsiy tuzining ko`pligi (xastalikning 50% ni tashkil qiladi).

  • Qandli diabet va gipertoniya bilan og`riganlarda ham buyrak toshining yuzaga kelish extimoli bor.

  • Shuningdek, ba`zi dori preparatlari ham buyrakda tosh keltirib chiqarishi mumkin.

QANDAY ALOMATLARI BOR?
Aksariyat xollarda buyrak toshi qorin, bel va tos sohasida keskin og`riq berishi bilan xarakterlanadi. Og`riq shu qadar kuchli bo`ladiki, hatto tana holatini o`zgartirganda ham o`tib ketmaydi. Ko`ngil aynishi, qayt qilish, peshob rangining to`qlashishi, siydik ajralishining qiyinlashishi kabi alomatlar ham xastalikdan darak beradi. Agar peshob yo`llarida toshdan tashqari infeksiya bo`lsa, tana harorati ko`tirilishi , et uvishishi yoki xolsizlik yuzaga keladi.
TOShLAR QANDAY PAYDO BO`LADI?
Toshlar avvaliga turli tarkibga ega mayda kristall ko`rinishida bo`lib, suyuqlik miqdori etarlicha qabul qiladigan kishilarda siydik ajralishi orqali chiqib ketadi. Agar bu holat yuz bermasa, kristallar o`sa boshlaydi va bir-biri bilan birlashib, toshga aylanadi. Odatda, toshlar o`lchami 4 mm dan 4-5 sm.gacha bo`lib, bir necha yillar davomida bilinmay kattalashishi mumkin. Buyrakda qum yoki tuz borligi aniqlanganida u toshga aylanmasligi uchun zarur davo choralarini ko`rish lozim. Afsuski, buyrakda tosh paydo bo`lganida uni bartaraf etishga qaratilgan muolaja qayta tosh to`planmasligiga kafolat bera olmaydi. Shu bois ham tosh olib tashlangach, uning tarkibi o`rganilib, qanday mahsulotlarni iste`mol qilish va nimalarga ahamiyat qaratish kerakligi ko`rsatiladi.
NASL SURADIMI?
Mutaxassislar, buyrak xastaliklari bilan bog`liq irsiy moyillik 1-2 foiz ekanligini ta`kidlashadi. Ba`zan oila a`zolarida siydik-tosh kasalligi yohud polikistoz aniqlangan bo`lsa, uning keyingi avlodlarida mazkur xastaliklarning birortasi ham kuzatilmasligi mumkin. Shu bois aksariyat xollarda buyrak bilan bog`liq kasalliklar orttirilgan bo`ladi.
TAShXIS QO`YaMIZ!
Buyrakdagi nome`yoriy o`zgarishlarni aniqlash uchun shifokor huzurida peshob tahlili, UTT va rentgen tekshiruvlari o`tkaziladi. Shuningdek umumiy shikoyatlaringiz, bezovtalik qachondan boshlangani, og`riq asosan qachon xuruj qilayotgani surishtiriladi.
QANDAY DAVOLANADI?
Tosh xajmi katta bo`lmasa (4-5mm), etarli miqdorda suyuqlik ichilganida siydik orqali tushib ketadi. 9-10 mm.o`lchamdan katta toshlarga esa davolash usullari tadbiq etiladi. Bunda toshni maydalab tushiruvchi muolaja turi tanlanib, tosh siydik yo`llaridan o`ta oladigan darajaga keltiriladi. Buyrakdagi tosh o`lchami 1,5 sm.gacha bo`lganida uni maydalash maqsadida elektromagnit to`lqin yoki ultratovush zarb to`lqini yordamida muolaja o`tkaziladi. Mazkur amaliyot ambulator sharoitda bajarilib, hech qanday tig` ishlatilmaydi. Elektromagnit to`lqin ta`sirida maydalangan toshlar 3-5 kun ichida siydik bilan tushib ketadi. Xajmi yirik toshlarga esa endoskopik jarroxlik amaliyoti tadbiq etiladi.
OLDINI OLISh MUMKINMI?
Buyrak toshi paydo bo`lmasligining asosiy talablaridan biri sog`lom turmush tarziga rioya etish. O`z vaqtida taomlanish, vitaminga boy mahsulotlarga urg`u berish, etarlicha suyuqlik ichish kabilar shular jumlasidan. Har kungi engil jismoniy mashqlar ham organizmni chiniqtiradi. Shu bilan birga qon aylanishini ham yaxshilaydi.

Yüklə 27,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin