Mavzu: Buyuk erkinlik hartiyasi va uning tarixiy ahamiyati


rasm. Xujjatning qabul qilinishiga imkon bergan omillar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə2/5
tarix01.06.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#121591
1   2   3   4   5
Buyuk erkinlik hartiyasi va uning tarixiy ahamiyati.

1rasm.

Xujjatning qabul qilinishiga imkon bergan omillar

  • Buyuk ozodlik xartiyasining qabul qilinishiga yoʻl ochib bergan omillar ayni vaqtda Angliyaning Normandiya tomonidan istilo qilinguniga qadar davom etadi. 150 yildan beri tinimsiz davom etib kelayotgan qirol va baronlarning kurashlari qirol Ioann Xll davrida yanada chigallashib ketadi. Baronlarning kuchini sindirish uchun qirol Ioann qoʻlidagi barcha imkoniyatni sinab koʻrishga harakat qiladi. Bundan gʻazablangan baronlar Fransiya bilan boʻlgan urushdan magʻlubiyatga uchragan Ioannga qarshi ochiqdan-ochiq urush qilishga qaror qilishadi. Baronlarning maqasadi koʻproq yer-mulk, imtiyoz hamda koʻproq qal’alarni qoʻlga kiritish edi. Oʻz talablarini yozma ravishda qirolga topshirishga kelishib olgan baronlar, qoʻygan talablari qirol tomonidan rad qilingan taqdirda, kuch ishlatishga kelishib olishadi.

Buyuk ozodlik xartiyasining eʼlon qilinishi

Shu tariqa baronlar 1215-yilda qirol bilan uchrashishadi. Uchrashuvdan soʻng qirol bu talablarni tez orada koʻrib chiqishini va ijobiy javob berishini aytadi. Lekin, soʻzida turmaydi. Bunga javoban baronlar qirolga qarshi bosh koʻtarishadi. Angliyaning yirik shaharlarini egallab olgan baronlar qirolni bu xujjatni imzolashiga majbur qilishadi. Yangi farmonga koʻra qirolning cheklanmagan hokimiyatiga barham beriladi. Va, unda qirol va baronlarning vazifasi aniq belgilab olinadi. Farmon ayni paytda baronlarga juda katta imtiyozlar beradi. Oddiy xalq esa bu kabi imtiyozlardan mosuvo boʻlib qolaveradi. Ayni paytda dehqonlarning yer bilan birga qoʻldan-qoʻlga oʻtish tizimi davom etadi.[2] Oddiy fuqarolardan koʻproq yuqori tabaqa vakillarining huquqlarini oʻzida jamlagan xujjat qirolning vakolatlarini koʻproq baronlar va ruhoniylar foydasiga cheklab qoʻyadi. Buyuk ozodlik xartiyasining 39-moddasi eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Bu modda bugungi kundagi qonunchilik asoslarining tamal toshini qoʻyganligi bilan ham ajralib turadi. Bu moddada shunday deyilgan: "Hech qaysi ozod inson mamlakat qonunlaridan tashqari hibsga olinishga yoʻl qoʻyilmaydi, mol-mulki musodara qilinmaydi, qonundan tashqari deb eʼlon qilinmaydi, surgun qilinmaydi, unga hech qanday shaklda zarar yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi" Ioann, qirolning vakolatlarini qisqartirilishga qaratilgan ushbu xujjatni tasdiqlashdan boshqa chorasi qolmagan edi. Xujjatda mamlakatdagi 25 baronning qarori qirol farmonidan ustun ekanligi belgilab qoʻyiladi.[3] Ammo keyinchalik bu xujjatga tomonlarning amal qilmaganligi tufayli papa Inokentiy lll tomonidan bekor qilinadi. Bu esa „Birinchi baronlar urushi“ga sabab boʻladi.


Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin