Xartiyaning barcha moddalari uch guruhga bo‘lingan:
Xartiyaning barcha moddalari uch guruhga bo‘lingan:
Birinchi – Turli ijtimoiy guruhlarning moddiy manfaatlariga taalluqli moddalar.
Ikkinchi – Angliya qirolligi davlat mexanizmini isloh qiluvchi va “konstitutsion” deb ataluvchi moddalar.
Uchinchi – Sud-ma’muriy apparat faoliyati tamoyillarini o‘rnatuvchi moddalar.
Baron va ritsarlardan iborat Buyuk qirollik kengashi tuzildi. Shu kengashning roziligidan keyingina qirol feodallardan qoʻshimcha mablagʻ olishi mumkin edi. Buyuk qirollik kengashi vaqt oʻtishi bilan ingliz parlamentiga aylandi. Bu parlamentda fransuzlarning general shtatlaridagiga oʻxshash mamlakatdagi uch toifaning vakillari bor edi.
61-moddaga koʻra, agar qirol xartiyada belgilab qoʻyilgan moddalarga rioya qilmasa, baronlar qirolga qarshi qoʻzgʻolon qilish huquqiga ega bo‘lgan. Xartiya shaharlarga oʻz-oʻzini idora qilish huquqini berdi. Unga koʻra, shaharlar erkin tarzda ichki va tashqi savdo bilan shugʻullanishi mumkin edi.

Buyuk erkinlik xartiyasida shaharliklarning ham talablari hisobga olingan. Bu uchinchi toifa vakillariga birinchi marta siyosiy kuch sifatida maydonga chiqishga imkon berdi. Shundan so‘ng feodallar ham ular bilan hisoblashishga majbur boʻldi.