Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun maxsus olingan qarzlardan tashqari, davr mobaynida tashkilotning qoplanmay qolgan qarzlariga nisbatan hisoblangan qarzlar bo‘yicha xarajatlarning o‘rtacha tortilgan miqdori kapitalizatsiya stavkasi bo‘lib hisoblanadi.
Kvalifikatsiyalangan aktivni xarid qilish uchun maxsus olingan qarzlardan tashqari, davr mobaynida tashkilotning qoplanmay qolgan qarzlariga nisbatan hisoblangan qarzlar bo‘yicha xarajatlarning o‘rtacha tortilgan miqdori kapitalizatsiya stavkasi bo‘lib hisoblanadi.
Muayyan davr mobaynida kapitalizatsiya qilingan qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlar summasi ushbu davr mobaynida amalga oshirilgan qarzlar bo‘yicha xarajatlar summasidan oshib ketmasligi lozim.
Kvalifikatsiyalangan aktivning balans qiymati yoki yakuniy tannarxi uning joriy qiymatidan yoki sotish qiymatidan oshib ketsa, uning balans qiymati buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonun hujjatlari talablariga muvofiq qisman yoki to‘liq hisobdan chiqariladi. Bunda, ayrim holatlarda kvalifikatsiyalangan aktiv qiymatining ilgari amalga oshirilgan qisman hisobdan chiqarilgan miqdori buxgalteriya hisobi bo‘yicha qonun hujjatlariga muvofiq qayta tiklanadi.
Qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni kapitalizatsiyalashtirish
Tashkilotlar kvalifikatsiyalangan aktiv tannarxining bir qismi sifatida qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni quyidagi shartlar bajarilgan sanadan e’tiboran kapitalizatsiyalashtirishi lozim:
aktiv bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish;
qarz majburiyatlari bo‘yicha xarajatlarni amalga oshirish;
aktivni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yoki sotishga tayyorlash bo‘yicha faoliyatning boshlanishi.
Kvalifikatsiyalangan aktivlarga qilinadigan xarajatlar pullik to‘lovlarda, boshqa aktivlarni o‘tkazishda yoki foiz majburiyatlarini qabul qilishda yuzaga keladigan xarajatlarni o‘z ichiga oladi.
Ilgari kapitalizatsiya qilingan qarzlar bo‘yicha xarajatlarni o‘z ichiga olgan davr davomidagi aktivning o‘rtacha balans qiymati ushbu davrda kapitalizatsiya stavkasi qo‘llaniladigan xarajatlarning asoslangan qiymatiga teng bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |