Mavzu Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag’larni
3.Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirishni kengaytirish yo‘nalishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 7 fevral kuni farmonlari bilan 2017−2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini tasdiqladilar. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‗yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. ―Eng muhim vazifamiz – mamlakatimizda tinchlik va farovonlikni mustahkamlash, odamlarni, xalqimizni hayotdan rozi qilishdan iborat. Buning uchun el-yurtimiz avvalo biz – rahbarlarning faoliyatidan rozi bo’lishi kerak. Buning uchun har bir rahbar o’z aravasini o’zi tortishi, o’z sohasidagi ishlarning ahvoli uchun o’zi shaxsan javob berishi kerak. Shundan keyin jamiyatimizda o’zgarish bo’ladi, rivojlanish bo’ladi –deydi Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev o’z ma‘ruzalarida24 . Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta‘minlash yo’lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi. Budjet tashkilotlarida budjet va budjetdan tashqari mablag’lar sarfini nazorat qilish, budjet va budjetdan tashqari mablag’lardan oqilona foydalanishni ta‘minlash bevosita hisob ishlarini tashkil qilish va yuritish orqali amalga oshiriladi. Budjet tizimida boqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar budjet tashkilotlarining daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi hisobi uslubiyotini yanada takomillashtirishni talab etadi. Budjet tashkilotlarida daromadlar va 24 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. – Toshkent: O’zbekiston‖ NMIU, 2017. 77 xarajatlar smetalari ijrosi hisobini yuritishda quyidagi hal qilinishi lozim bo’lgan jihatlar mavjud: - budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi alohida Davlat sektori buxgalteriya hisobi milliy standartlari ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinishi zaruriyati mavjud. Buni quyidagicha izohlash mumkin, ya‘ni xo’jalik sub‘ektlari uchun tasdiqlangan buxgalteriya hisobi milliy standartlari shuningdek, moliyaviy hisobot xalqaro standartlarida daromadlar va tushumlarni hisobda aks ettirishning aniq talablari belgilangan ammo, budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag‗lar bo’yicha tushumlarni daromad sifatida hisobda aks ettirishning aniq mezonlari belgilanmagan. Bu holat, budjet tashkilotlarida tushumlar va daromadlarni hisobda aks ettirishda turlicha yondashuvlarini keltirib chiqaradi. Yuqorida biz tahlil ob‘ektimiz bo‘lmish Toshkent moliya institutining budjetdan tashqari mablaglarini shakllantirish va ulardan foydalanish amaliyoti bilan tanishgan edik. Shundan kelib chiqgan holda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘larini shakllantirish va ulardan oqilona foydalanish tizimini oily ta‘lim muassasalari misolida ko‘rib chiqamiz. Oliy ta‘lim muassasalarining avtonomlik darajasini oshirish ta‘lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, umuman ta‘lim xizmatlari sifatini oshirishning yetakchi omilidir. Mamlakatimizda oliy ta‘lim muassasalarining avtonomligini ta‘minlash uchun quyidagilarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: - talabalarni oliy ta‘lim muassasalariga qabul qilish soni va to’lov asosida o’qish narxini belgilash xuquqini bosqichma-bosqich oliy o’quv yurtlari zimmasiga yuklash; - oliy ta‘lim muassasalarining moliyaviy resurslardan foydalanishlarini cheklovchi bevosita va bilvosita to’siqlarni olib tashlash, shu bilan birga qatorda oliy o’quv yurtlarining davlat budjetidan ajratilgan mablag’lardan samarali foydalanish ma‘suliyatlarini oshirish; 78 - oliy ta‘lim tizimida ko’p kanallik moliyalashtirish samaradorligini oshirishni rag’batlantirish; - oliy ta‘lim muassasalarining budjetlararo munosabatlari va moliyaviy faoliyati oshkoraligini ta‘minlash; - oliy ta‘lim tizimini moliyalashtirishda shartnoma mexanizmiga o’tish, ya‘ni davlat tomonidan oliy ta‘lim muassasalariga ularning faoliyat natijalariga asoslanib moliyaviy resurslarni tabaqalashtirilgan tarzda, shartnoma asosida ajratish; - oliy o’quv yurtlarida qo’shimcha to’lov asosida taqdim etiladigan ta‘lim xizmatlarini ko’rsatishni ragbatlantirish. Chunki undan tushadigan mablaglar oliy ta‘lim muassasalarining ichki moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi; - oliy ta‘limni boshqarish organlarining ta‘lim sohasidagi sub‘ektlarning keng o’zaro harakatni ta‘minlashi. Ta‘lim xizmatlari bozorida iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri mamlakatimizda joriy etilgan kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy elementlari (shaxs, jamiyat, ishlab chiqarish, uzluksiz ta‘lim, fan) o’rtasidagi bog’liqlikni kuchaytirishdan iborat. Ta‘lim muassasalarining ishlab chiqarish bilan hamkorligini yo’lga qo’yish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, ushbu faoliyatni yo’lga qo’yish quyidagilarga imkon beradi: - ta‘lim muassasalari tomonidan o’tkazilgan ilmiy-tadqiqotlarni amaliyotga qo‗llash va ularni yangi texnologiya va mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo’naltirish; - budjetdan tashqari mablaglarni ishlab topish; - ta‘lim berish va tadqiqotlarni olib borish sifatini oshirish. Oliy ta‘lim muassasalarining ishlab chiqarish bilan o’zaro hamkorligini ta‘minlash borasida quyidagilar taklif etiladi: - oliy ta‘lim muassasalari bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi hamkorlikda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini o’tashlarini ta‘minlash bilan cheklanib qolmasdan,ular tayyorlagan texnik loyihalar, magistrlik dissertatsiya ishlarini ishlab chiqarish sohasida sinovdan o’tkazishni tashkil etish. Mamlakatimizda ta‘lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishish innovatsiya tizimini shakllantirish va uning samarali harakatini ta‘minlash bilan bog’liq. Oliy ta‘lim muassasalarida innovatsiyalarga asoslangan faoliyatni ta‘minlash maqsadida quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: - turli texnologiyalarni takomillashtirishni ta‘minlovchi loyihalarni yaratish; - fundomental va amaliy tavsifdagi tadqiqotlarning olib borilishi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratish; - o’quv jarayonida loyiha va tadqiqot vazifalarining integratsiyasini ta‘minlovchi ta‘lim texnologiyalarini ishlab chiqish. Ma‘lumki, oliy o’quv yurtlari o’rtasidagi sog’lom raqobat ularning o’z faoliyatlarini doimo takomillashtirib borishni talab etadi va rag’batlantirib turadi. Ish beruvchi tashkilot oliy ta‘lim muassasalarida bilim berish vazifalari va natijalarini aniqlashda manfaatdor taraf bo’lib xisoblanadi. Shu bois oliy ta‘limning maqsad va vazifalarini aniqlashda biznes sohasining (ish beruvchi) o’rni sezilarli darajada oshdi. Demak, ta‘lim tizimini rivojlantirish jarayonida biznes sohasi (ish beruvchilar) va akademik tashkilotlar bir-birlariga tayanib, bir-birlarini qo’llab-quvvatlab, birgalikda faol qatnashishlari lozim. Ta‘lim xizmatlari bozorining rivojlanishini ta‘minlash ushbu sohani moliyalashtirishni takomillashtirish masalasi bilan bog’liq. Buning uchun esa quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: - oliy ta‘lim muassasalariga ajratilayotgan budjet mablag’laridan samarali foydalanish uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda oliy o’quv yurtlarida strategik boshqaruv tamoyillariga o’tishni rag’batlantirish; - oliy ta‘lim tizimini moliyalashtirishda raqobat va shartnomaga asoslangan mexanizmlarga o’tish, qo’shimcha xaq to’lashga asoslangan xizmatlarni ko’rsatishni keng yolga qo’yish
Ko’p kanalli moliyalashtirishni takomillashtirish, ajratilgan budjet mablaglaridan samarali foydalanishni ta‘minlash, oliy ta‘lim muassasalari moliyaviy munosabatlarining oshkoraligini ta‘minlash; - qo’shimcha pullik ta‘lim xizmatlarini ko’rsatishni kengaytirish; - ta‘lim sohasining investitsion jozibadorligini oshirish. Oliy ta‘lim tizimining investitsiya jozibadorligini ta‘minlashda quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiq: - oliy ta‘lim muassasalarining ijtimoiy va xuquqiy asoslarini mustahkamlash orqali ularning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish; - ta‘lim muassasalari moliyaviy faoliyatlarining oshkoraligini ta‘minlash; - ta‘limni boshqarishning ijtimoiy institutlarini rivojlantirish orqali mazkur sohada investitsion risk darajasining pasayishiga sharoit yaratish; - oliy ta‘lim muassasalarini boshqarish samaradorligini oshirish.
XULOSA Kurs ishimizning yuqoridagi paragraflarida biz budjet tashkilotlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblarini o’rgandik, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmunmohiyatini ochib berishga harakat qildik, budjet tashkilotlarini budjetdan tashqari manbalar hisobidan mustahkamlash yo’llarini tadqiq qilib, budjet amaliyotida budjetdan tashqari markazlashgan va markazlashmagan manbalardan foydalanish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini o’rganib chiqib, quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq bo’ldik: - bizning fikrimizcha, davlat, mamlakatdagi bozor munosabatlarining qay darajada shakllangan va rivojlangan bo’lishiga qaramay, ijtimoiy sohalarni boshqarish, ularning faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishda ishtirok etishi zarur, ularning normal darajada faoliyat qilishi uchun davlat barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratib berishi shart; - budjetdan moliyalanadigan sohalarga mablag’larni to’liq hajmda safarbar etish imkoniyatini ta‘minlash maqsadida davlat daromadlarining barqarorligini ta‘minlash va xarajatlarning aniq hisob-kitobini olib borish lozim; - ijtimoiy sohalardagi ta‘lim, sog’liqni saqlash muassasalari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlarini o’rnatish va ularga amal qilinishini nazorat qilishni yo’lga qo’yish lozim, aks xolda xizmatlar narxining oshib borishi bilan ularning sifati o’rtasidagi bog’liqlik uzilib bormoqda, malakali xizmat qimmat turishi bilan birga, sifat standartiga ham javob berishi kerak, deb hisoblaymiz; - aholining nochor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga bepul xizmatlar ko’rsatilishini davlat bundan keyin ham o’z zimmasiga olishi, bu xizmatlarning to’liq moliyalashtirilishiga erishishi lozim
- budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablaglarni jalb qilishga bo‗lgan harakati ularning asosiy faoliyatiga, tashkilotning missiyasini bajarishga putur yetkazmasligi kerak, shuni unutmaslik lozimki, budjet tashkiloti notijorat asosida faoliyat yurituvchi muassasa, shuning uchun unda marketing masalalari o’ylab, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak; - aksariyat aholi ongida ta‘lim, va ayniqsa, sogliqni saqlash xizmatlarining bepul taqdim etilishi kerak, degan stereotiplar mustahkam o’rnashgan, bu esa budjet tashkilotlarini pullik asosga o’tkazish jarayonida aholi tomonidan noroziliklarga olib kelmoqda, lekin bozor iqtisodiyoti talablari, qolaversa, ―pullik narsa qadrli bo’ladi degan naqldan kelib chiqib, budjetning chegaralanganligi sharoitida budjet tashkilotlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini faqat davlat mablag’lari hisobiga qoplashning ob‘ektiv tarzda imkoni yo’qligini tushunib yetish vaqti keldi; - hozirgi kunda budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari daromadlari barcha soliqlar va majburiy to’lovlardan ozod etilganligini e‘tirof etgan holda, budjet tashkilotlarining tijorat faoliyatlarini davlat bundan keyin ham ragbatlantirib borishi maqsadga muvofiq,; - budjet tashkilotida shunday muhitni yaratish kerakki, budjet tashkiloti tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar natijasidan unda ishlayotgan ko’p sonli xodimlarning shaxsiy manfaatlari emas, tashkilot manfaatlari ustuvor bo’lishi lozim, deb hisblaymiz.