Mavzu: chidamlilikni tarbiyalash



Yüklə 17,74 Kb.
tarix22.10.2023
ölçüsü17,74 Kb.
#159594
chidamlilik


MAVZU: CHIDAMLILIKNI TARBIYALASH
Chidamlilik – insonning biron harakat faoliyatini uzoq vaqt davomida uning samarasini pasaytirmasdan bajarish qobiliyati. Ishning davomiyligi oxir oqibat charchash bilan chegaralanganligi munosabati bilan chidamlilikni organizmning charchashga bardosh berish imkoniyati deb ham ifodalash mumkin. Charchash – uzoq vaqt davomidagi og‘ir faoliyat natijasida organizmning mehnat layoqati pasayishi bilan tavsiflanadigan holati. U, ish boshlangandan so‘ng ma’lum vaqt o‘tishi bilan paydo bo‘ladi va faoliyatni avvalgi samara bilan bajara olmaslikda namoyon bo‘ladi. Charchashni rivojlanishi 3 bosqichda o‘tadi: 125 1. Kompensatsiyalangan charchash bosqichi, qiyinchiliklarning ortib borishiga qaramasdan, insonning avvalo irodaviy urinishlari va harakat amallarinining biomexanik tuzilishini qisman o‘zgartirish hisobiga avvalgi sur’atlarni saqlab turish vaqti. 2. Dekompensatsiyalangan charchash bosqichsi, insonning barcha urinishlariga qaramasdan, faoliyat samarasini saqlab qola olmas-ligi. Agar shu holatda ish davom ettirilsa, bir ozdan keyin uni bajarishdan bosh tortish vaqti keladi. 3. To‘la charchash bosqichi. ... rasmda charchash holatida davriy harakat amallarini bajarishda tezlikning, qadamlar uzunligi va chastotasining o‘zgarishi keltirilgan (konkida yugurish misolida). Kompensatsiyalangan charchash bosqichsida, qadamlar uzunligi kamaygan bo‘lishiga qaramasdan, tezlik qadamlar chastotasi ortishi hisobiga saqlanib turadi. Charchash birlamchi mushaklarning qisqarish kuchi kamayishida namoyon bo‘ladi, natijada muzdan itarilish kuchi va tezligining kamayishi, qadamlar uzunligining qisqarishi yuz beradi. Qadamlar chastotasi bu erda kompensator mexanizm rolini o‘ynaydi va ma’lum vaqtgacha tezlikning keskin o‘zgarmasligini ta’daqlaydi. Dekompensatsiyalangan charchash bosqichsida qadamlar chastotasi ortishiga qaramasdan, tezlik pasaya boshlaydi. Chidamli odamlarda bir xil sharoitlarda charchashning birinchi va ikkinchi bosqichlari kechroq yuz beradi, to‘la charchash bosqichsida ham ishga layoqat sur’ati boshqalarga qaraganda sekinroq pasayadi. Chidamlilik jismoniy faoliyatning hamma turida zarur. Jismoniy mashqlarning bir turida u sport natijasini ta’daqlaydi (yurish, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish, chang‘i sporti), boshqalarda – ma’lum taktik amallarni bajarish imkonini beradi (boks, kurash, sport o‘yinlari va boshq.), uchinchilarda – qisqa muddatli ko‘plab katta yuklamalarga bardosh berish va kuchlarning tez orada qayta tiklanishini ta’daqlaydi (sprintercha yugurish, sakrash, og‘ir atletika va boshq.) Chidamlilikning rivojlanganligi darajasini ikki guruh ko‘rsatkichlar asosida baholash mumkin: 1. Tashqi ko‘rsatkichlar charchash vaqtida inson harakat faoliyatining natijaviyligini ifodalaydi. 2. Ichki ko‘rsatkichlar ma’lum faoliyat bajarilishini tasdiqlovchi organizm qismlari va tizimi faoliyatida yuz berayotgan ma’lum o‘zgarishlarni aks ettiradi. 126 Davriy mashqlarda chidamlilikning tashqi ko‘rsatkichlari: ♦ belgilangan vaqtda bosib o‘tilgan masofa (masalan, bir soatli yugurish yoki 12 daqiqalik Kuper testida); ♦ ancha uzoq bo‘lgan masofani kam vaqt sarflagan holda bosib o‘tish (Masalan, 5000 m ga yugirish, 1500 m ga suzish); ♦ belgilangan tezlikda eng uzoq masofani «oxirigacha» bosib o‘tish (masalan, belgilangan 6,0 m/s tezlikda yugurish). Kuch mashqlarida chidamlilik quyidagilar bilan ifodalanadi: ♦ ushbu mashqni takrorlay olish miqdori bilan (tortilish, bir oyoqda o‘tirishning chegaraviy miqdorlari); ♦ tana holatini ko‘p vaqt davomida o‘zgarishsiz saqlash yoki kuch mashqlarini eng kam vaqtda bajarish (Masalan, 5 m arqonga osilib chiqish; 6 marta tortilgandan keyin va boshq.); ♦ belgilangan vaqtda eng ko‘p harakatlar miqdori (masalan, 10 s da eng ko‘p o‘tirib turish). Barcha jismoniy mashqlarda insonning chidamlilik belgisi bo‘lib ishning boshida, o‘rtasida va yakunida harakat amallari biomexanik ko‘rsatkichlarining o‘zgarish xususiyatlari xizmat qiladi. Turli vaqt oraliqlarida ularning ko‘rsatkichlarini taqqoslab, chidamlilik darajasi haqida xulosa beriladi. Odatda, mashq yakunida bu ko‘rsatkichlar qanchalik kam o‘zgarsa, chidamlilik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Chidamlilikning ichki ko‘rsatkichlari: insonning charchagan holatida markaziy asab tizimi, yurak-qon tomir, nafas olish, endokrin va boshqa tizimlaridagi o‘zgarishlar. Chidamlilik insonning boshqa jismoniy imkoniyatlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq. Bulardan kelib chiqqan holda ikki tur ko‘rsatkichlarni qo‘llash taklif qilinadi: 1. Mutlaq – kuch, tezlik va muvofiqlash layoqatlarining rivojlanganligini hisobga olmasdan. 2. Nisbiy – kuch, tezlik va muvofiqlash layoqatlarining rivojlanganligini hisobga olgan holda. Masalan, agar barcha shug‘ullanuvchilarga bir xil masofani yugurib o‘tish taklif qilinsa, u holda yugurish natijalari chidamlilikning mutlaq ko‘rsatkichlarini ifodalaydi. Bunda ko‘pincha har xil odamlarning bir xil ko‘rsatkichlari ularning chidamliligi bir xil degani emas, chunki uning namoyon bo‘lishi bog‘liq bo‘lgan boshqa jismoniy sifatlar ko‘rsatkichlari e’tiborga olinmagan. 127 Tezlik, kuch va muvofiqlash layoqatlari nisbatan bir xil odamlarning chidamliligi taqqoslanganda, nisbiy chidamlilik ko‘rsatkichlari olinadi. Chidamlilikning namoyon bo‘lish imkoniyatlarini taqqoslash ma’lum insonlardagi maksimumdan ma’lum foizlarni hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Masalan, maksimal yugurishning 60% va shtangani ko‘tarishda mushaklar kuchining 50%. Chidamlilikning nisbiy ko‘rsatkichlarini baholash uchun chidamlilikning turli koeffitsiyentlari va indekslari qo‘llaniladi, ular ma’lum formulalar yordamida hisoblash yo‘li bilan topiladi. Bunda kuchli va zaiflar o‘z imkoniyatlariga nisbatan bir xil ish bajaradilar. Tezlik va kuch imkoniyatlaridan yaxshi foydalana olmaydigan odamlar, odatda, chidamlilikning past mutlaq ko‘rsatkichlariga ega. Chidamlilikning tuzilishi har bir hol uchun ma’lum faoliyat turining shartlari bilan aniqlanadi. Chidamlilikning rivojlanganlik va namoyon bo‘lish darajasi bir qator omillarga bog‘liq: ♦ inson organizmida energetik zaxiralar mavjudligi; ♦ organizmning turli tizimlari funksional imkoniyatlari darajasi (yurak-qon tomir, markaziy asab tizimi, asab-mushak va boshq.); ♦ ushbu tizimlarning faollashuv tezligi va muvofiqlashtirilganligi darajasi; ♦ fiziologik va ruhiy funksiyalarning organizm ichki muhitining noqulay sharoitlariga turg‘unligi (kislorod yetishmasligi va boshq.); ♦ organizmnig energetik va funksional salohiyatini tejab ishlatish; ♦ tayanch-harakat apparatining tayyorlanganligi; ♦ kontakt mahorati texnikasining takomillashganligi; ♦ shaxsiy-ruhiy xususiyatlar (ishga qiziqish, tirishqoqlik, chidamlilik, qat’iylik va h.k.). Inson chidamligiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa omillar qatorida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: yosh, jins, insonning morfologik xususiyatlari va faoliyat sharoiti. Mazkur omillar harakat faoliyatining ko‘p turlarida ahamiyatga ega, lekin ulardan har birining namoyon bo‘lish darajasi va ularning nisbati ma’lum faoliyat xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turlicha bo‘ladi. Shuning uchun chidamlilikning har xil shakllari mavjud, ular o‘zlarining belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Masalan: ♦ davriy, nodavriy yoki aralash xususiyatli ishga chidam-lilik; 128 ♦ statik yoki dinamik chidamlilik; mahalliy, daqiqaviy yoki global chidamlilik; aerob yoki anaerob chidamlilik: tezlik, kuch yoki muvofiqlashishga xos chidamlilik; umumiy yoki ixtisoslashgan chidamlilik; ♦ masofaviy, o‘yin yoki ko‘pkurash chidamliligi va boshq. Biroq faqat bir turdagi chidamlilik shakli namoyon bo‘lishing talab qiladigan harakat amallari mavjud emas. Ixtiyoriy harakat amallarini bajarishda chidamlilikning turli shakllari namoyon bo‘ladi. Amaliyotda chidamlilikning alohida shakllarini bog‘liqligi bo‘yicha baholash imkonini beradigan tasnifni qo‘llash maqsadga muvofiq. Amaliyotda juda ko‘p chidamlilik shakllarining namoyon bo‘lishi ikki turga ajratiladi: I. Umumiy. II. Maxsus. Umumiy chidamlilik – insonning odatiy bo‘lmagan faoliyatni uzoq va muvaffaqiyatli bajara olish qobiliyati. Maxsus chidamlilik – faoliyatning ma’lum turi talablari bilan belgilanadigan sharoitlarda ishni samarali bajara olish va charchoqqa bardosh berish qobiliyati. Ma’lumki, faoliyatning u yoki bu turi kuch, tezlik va muvofiqlash layoqatlarining namoyon bo‘lishiga, demak chidamlilikka ham yuqori talablar qo‘yishi mumkin. Va, nihoyat, faoliyatning bog‘liq holda chidamlilikning bu turlarini namoyon bo‘lishi mushak ishlarining tadqiqoti bilan bog‘liq. Chidamlilikning namoyon bo‘lishini faoliyatning xususiyatlari, talablari va uning shiddatliligi asosida to‘la ifodalash mumkin. Shundan kelib chiqqan holda chidamlilikning quyidagi asosiy shakllarini ko‘rsatish mumkin.Chidamlilik kuchini rivojlantirish Chidamlilik kuchi, ya’ni mushak kuchlanishining uzoq vaqt ko‘rsatish qobiliyati – bu jismoniy qobiliyatlarning muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tomonidir. Uning rivojlanish darajasi kasbiy, maishiy, harbiy va sport harakatlari faoliyati bilan bog‘liq. Chidamlilik kuchi bajariladigan harakat ta’sirining xususiyatidan qat’i nazar, nimoyon bo‘lishning turli shakllariga ega. Uning xususiyatlari tezlik qobiliyatlarining xususiyatlariga nisbatan oz darajada. Shuning uchun turli mashqlarda chidamlilik kuchida «ko‘chish» bo‘lishi mumkin. 136 Mushak kuchlanish tartibiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: ♦ chidamlilikning dinamik kuchi; ♦ chidamlilikning statistik kuchi; Ishlashda qatnashadigan mushak guruhlari hajmiga ko‘ra bo‘linadi; ♦ chidamlilikning mahalliy kuchlari, ya’ni harakatda gavda mushaklari umumiy hajmining 1/3 qismi qatnashadi; ♦ chidamlilikning regional kuchlari, ya’ni harakatda mushak hajmining 1/3 dan 2/3 gacha qismini qatnashadi; ♦ chidamlilikning global kuchlari, ya’ni harakatda gavda mushaklarining 2/3 dan ko‘proq qismi qatnashadi. Ish kuchining turli xususiyatlari anaerob yoki aerob energiya manbalarini ta’daqlaydi. Chidamlilikning dinamik kuchi uncha yuqori harakatda bo‘lmagan takrorlash va mushak kuchlanishi oz bo‘lgan mashqlar uchun xosdir, shuningdek, «tez» kuch kerak bo‘ladigan davriy mashqlar uchun ham xosdir. Dinamik kuch tavsifiga ega bo‘lgan mashqlar kuchning turli kattaligida (jadallik) va bir necha marta takrorlanish (hajmi) bilan bajariladi. Chidamlilik dinamik kuchining ko‘rsatkichlari oz o‘lchamda maksimal kuchlarning (tejalgan kuch) rivojlanish darajasiga bog‘liq. Qoidaga ko‘ra, katta kuchga ega bo‘lgan odamlar kuch mashqlarini bir necha marta bajaradilar. Insonning maksimal kuch imkoniyatlari engib o‘tish kerak bo‘lgan qarshilikning kattaligi 20-30% bo‘lgandagina namoyon bo‘ladi. Yuk oz bo‘lganda takrorlash imkoniyatlari tez o‘sadi va maksimal kuchlarga bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun kuch qobiliyatlari ozgina miqdorda qarshilik ishlatish yo‘li bilan rivojlansa, (taxminan maksimal kuchdan 75-80% ko‘p, ya’ni submaksimal quvvat zonasida) chidamlilik maxsus rivojlanmasligi mumkin. Qarshilik kam bo‘lganda maksimumdan (30-70%, ya’ni oz va katta quvvat zonasida), bir xil vaqtda kuch ham, chidamlilik ham oshadi. Agar engib o‘tiladigan qarshilik maksimal kuch darajasidan 20-30% kam bo‘lsa, chidamlilik amalda rivojlanmaydi. Kuch yuki og‘irligining 20% (shunga yaqin) maksimalda qo‘llanilishi chidamlilikning amalga oshishiga olib keladi. Chidamlilik dinamik kuchini rivojlantirish uchun, asosan, takrorlash, oraliq va aylanma usullaridan foydalaniladi. 137 Chidamlilikning statistik kuchi – asosan tanani ma’lum holatda ushlab turish uchun zarur bo‘lgan chegaraviy, chegaraga yaqin va o‘rtacha kuchlanishlarni uzoq vaqt saqlab turish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat bo‘lib, ko‘p jihatdan mushaklarning kuchlanishiga bog‘liq. Mushak maksimal kuchga qanchalik kam ta’sir ko‘rsatsa, chidamlilik shuncha katta bo‘ladi (rasm) 50% maksimal kuchga ega bo‘lgan yuk bilan bajariladigan mashqni 1 daqiqa davomida bajarish mumkin. Agar oshirilgan kuch maksimaldan 15 % kam bo‘lsa, ish davomiy bo‘lishi mumkin. Mushakning maksimal kuchi bilan statistik chidamlilik o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q. Maksimal kuchlarni oshirishda, masalan: orqa mushaklarning statistik chidamliligi, qoidaga ko‘ra, juda oz o‘zgaradi. Statistik mashqlarni «oxirigacha» bajarishdagi ish qobiliyatini 3 bosqichga bo‘lish mumkin: 1. Eng muvofiq ish qobiliyati. 2. Kompensatsiyalangan charchoq. 3. Dekompensatsiyalangan charchoq. Mashqlar xususiyatidan qat’i nazar, statistik kuchlanishni bajarish davomiyligi inson oganizdaqing holati vazifalarining birinchi bosqichi davomiyligi 41,1-43,6%, ikkinchisi 41,6-42,4% ni, uchinchisi 13,6-16,5% umumiy dvomiyligini tashkil qiladi. Shunday ekan, statistik vazifaga vaqtning eng qulay ta’siri (eng muvofiq ish qobiliyati plyus charchoqni kompensastiyalash) maksimumda 82 dan 86% gacha tashkil qiladi. Bu qonunchilik, statistik vazifalardagi charchoqni paydo bo‘lishiga e’tibor bergan holda, statistik chidamlilikka erishishning ishlash usulini qabul qiladi. Yosh o‘tgan sari chidamlilik kuchi statistik kuchayishda doimo ko‘payib boradi. (rasm) Chidamlilikni o‘sishi statistik kuchda 13-16 yosh bosqichida kuzatiladi, ya’ni jinsiy rivojlaniish davrida, qizlarda 32% o‘g‘il bolalarda 29% ni tashkil qiladi. Chidamlilik kuchi statistikasini rivojlantirish uchun turli izometrik mashqlar qo‘llanadi. Bu mashqlarni bajarish charchoqni kompensastiyalash bosqichlarini chegaralab qo‘yadi, ya’ni statistik vazifalarga ko‘ra maksimaldan 82 -86% (to‘xtatguncha) Ular yordamida hamma mushak guruhlariga ta’sir o‘tkazish mumkin. 138 Izometrik mashqlar to‘plamiga asosan 6-9 mashqlar kiradi. Mushakning statistik kuchlanish davomiyligi 12-20 s bo‘lishi kerak. Tabiiyki, har bir insonning maksimal statistik kuchlanish davomiyligi u yoki bu mashqlarda har xil bo‘ladi. Statistik mashqlar bir ohangda bajarilib, ruhiy zo‘riqish hosil qiladi., zerikarli bo‘lib, tez charchashga olib keladi. U bilan mashg‘ulotlar davomida uzluksiz ravishda shug‘ullanish tavsiya etilmaydi. Kuch xususiyatiga ega bo‘lgan izometrik mashqlar organizmni qattiq kuchantirish orqali bajariladi. Shuning uchun 7-14 yoshdagi o‘smirlarda qo‘llashda ehtiyot bo‘lish kerak va juda kichik hajmda ham quyidagi metodologik usuliy holatga rioya qilish kerak: ♦ izometrik kuchlanishda bajariladigan mashqlar qon aylanishni yaxshilovchi (lo‘killab yugurish, har xil rivojlantiruvchi mashqlar) mushaklarni dinamik ishlashi bilan birgalikda bajarish statistik chidamlikni tezroq oshiradi; ♦ mashg‘ulotlarda qo‘shimcha yuk bilan bajariladigan mashqlarni qo‘llamasligi aytiladi, qo‘llansa ham 1-2 kg dan oshmasligi karak; ♦ statistik mashqlarni mushak cho‘ziltirish mashqlari bilan almashtirgan holda bajarish kerak, shundagina mushaklarning asossiz cho‘zilishiga sabab bo‘lmaydi; ♦ statistik vazifa qanchalik ko‘p bo‘lsa, dam olish ham shunchalik ko‘p bo‘lishi kerak; ♦ statistik mashqlarni darsning asosiy qismi oxirida bijarish tavsiya etiladi lekin, bir shart bilan, ya’ni tugatilayotgan qism davomiy va dinamikali bo‘lish kerak.
Yüklə 17,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin