Balandlik mintaqalari. Tabiat zonalarining kenglik bo'yicha joylashIsh qonuni tog'li o'lkalarda buziladi. Tog'larda harorat va namlik miqdorining pastdan yuqoriga qarab o'zgarib borishi sababli tabiat zonalari ham pastdan yuqoriga qarab almashinadi. O'rta Osiyo tog'larining etagi cho'llarga borib taqalganligi uchun balandlik mintaqalari cho'ldan boshlanadi va asta-sekin subalp, alp o'tloqlarigacha almashinadi. *
Cho'l zonasi ko'proq Markaziy Qizilqumdagi tog' etaklari va yonbag'irlarida, Kopetdog', Sulton-Uvays tog'i etaklarida tarqalgan.
Chalacho'l zonasi. Bu zonaga, asosan, tog' oldidagi adirlar kiradi, balandligi 500 m dan 1200 m gacha. Relyefi notekis, asosan, bo'z tuproqlar tarqalgan, o'simlik qoplamini rang va qo'ng'irbosh o'simliklari tashkil qiladi. O'rtacha yillik harorat 12-13°C, yozda 35-40°C, qishda harorat -15-20°C gacha pasayadi, yog'inlar bahor va qishda yog'adi.
Dasht zonasiga balandligi 1200 m dan 2000 m gacha bo'lgan tog'lar kiradi. Yillik harorat adirdagidan 3—4°C past, yog'inlar kuz, qish va bahorda yog'adi, tuprog'i bo'z va jigarrang, chirindiga boy. Bu zonada bug'doyiq, shuvoq, chalov, toshkakra kabi efetner o'simliklar o'sadi.
O'rmon-dasht va o'rmon zonasiga dengiz sathidan 2000 m dan 2700 m gacha balandlikda bo'lgan joylar kiradi, tog'-qo'ng'ir o'rmon tuproqlari tarqalgan. O'simlik qoplami buta va daraxtlardan iborat, ba'zi joylarda chirindi miqdori 12 foizga yetadi. Yog'in miqdori 800 mm dan 1000—1200 mm gacha boradi, yozda ham yomg'ir yog'adi, asosiy yog'inlar qish, bahor va kuzda yog'adi. Asosiy o'simliklari turli mevalar — yong'oq, olma, o'rik, pista hamda bir necha tur archa, zarang, na 'matak va boshqalar.
Subalp va alp o'tloqlari zonasiga balandligi 2700 m dan yuqori bo'lgan yaylovlar kiradi. Bu zonadan faqat yozda go'shtdor Hisor qo'ylari uchun yaylov sifatida foydalaniladi. Tuprog'i och va to'q qo'ng'ir rangli. Yillik o'rtacha harorat 6—8°C, yog'in miqdori 600—1000 mm, issiq kunlar kam, havo iyul-avgust oylarida isiydi. Subalp o'tloqlariga balandligi 2700—2800 m dan 3000—3200 m gacha bo'lgan joylar kiradi. Tuprog'i och jigarrang va och qo'ng'ir. Boshoqlilar va chim hosil qiluvchi o'simliklar ko'p tarqalgan. Daraxtsimon o'simliklardan o'rik, archa, chetan, o'tlardan shashir, kuziniya, yaylov esporiyeti, betaga, geran, gulizardak va boshqalar o'sadi. Alp o'tloqlari 3200 m dan baland bo'lgan joylarda tarqalgan. Tuprog'i to'q jigarrang, qo'ng'ir. Kserofit o'simliklar ko'p. Yog'ingarchilik yil davomida bo'lib turadi, havoning nisbiy namligi ko'pincha 80—90 foiz atroflda boiadi. Asosiy o'simliklar navro'zo't, arlao't, ajriqbosh, yaylovrang, yaylov qo'ng'irboshi va boshqalar.
Qor va muzlar (nival) zonasiga tog'larning doimiy qor va muzlar bilan qoplangan eng baland joylari kiradi. Harorat doim past, yog'inlar yil bo'yi yog'adi, yog'gan qor erib ulgurmaydi. Bu zona «qor chizig'i»dan yuqorida joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |