Savollarni har qaysi guruh o’z nuqtai -nazari asosida izohlab javob beradi. 1. Tuproq qanday hosil bo’ladi, u qanday xossalarga ega bo’ladi?
2. Unumli va unumsiz tuproqlar haqida nima bilasiz, tuproq qanday ahamiyatga ega?
3. Chirindiga boyitish uchun nima qilish kerak? O’simliklarning tuproqni chirindiga boyitishdagi ahamiyati.
4. Tuproqning mexanik tarkibi nima? Madaniy tuproqlar haqida nima bilasiz?
5. Tuproqlar nima uchun xilma - xil bo’ladi. 6. Tuproqlarni muhofaza qilish ishlari haqida gapiring.
Savollarga javob berish jarayonida tuproq namunalari bir-biri bilan taqqoslanadi. Suvni o’tkazuvchanligi tekshiriladi. Tuproq qatlamiga suv quyib, suvning sizib o’tishi ko’rsatiladi. Konstitutciya 2- bo’lim 11- bob 50,55- moddalarda tuproqni muhofaza qilish haqida so’z yuritilgan.
Tuproqlarning tarkibini hosil qilgan jinslar, chirindi, mexanik tarkibi, berch va madaniy tuproq haqida o’qituvchi o’quvchilar fikriga qo’shimcha qiladi. Rasmlar bilan ishlanadi.
Dars mobaynida O’zbekiston tuproqlari aytib o’tiladi. (12 tur)
Maqollar va topishmoqlar: 1. Erni boqsang — er seni boqadi. 2. Boylikning otasi er - onasi mehnat 3. Eridan ajralgan 50 yil yig’lar - elidan ajralgan o’lguncha yig’lar 4. Zar gilam zargar gilam Ko’taray desam og’ir gilam 5. Edirib, edirib, o’zi er . Yuqoridagi maqollarni izohlash.
Rivoyat va haqiqat: O’tgan zamonlarda boshqa yurtga uzoq muddatga ketgan kishilar o’zlari bilan birga 1 kaftgina tuproq olib ketgan. Urushga ketgan o’zbek yigitlari ham yuragi ustida 1 kaft tuproqni asrab yurgan. Bu ona Vatanga, muqaddas tuproqqa muhabbat, sog’inch timsolidir.
Zukkolar boshqotirmasi:
3 turda beriladi. 2 ta guruh testlar bilan ishlaydi.
1.
K
2
A
3
Sh
4
T
5
A
6
N
1
1. Tuproq nomi
2. Dasht tuprog’i
3. Tuzli tuproq
4. Daryo sohili tuprog’i
5. Rangli tuproq
6. Shimol va tog’ tnpasi tuprog’i.
1.
Т
2.
U
3.
P
4.
R
5.
О
6.
Q
1. Sho’rlikning sababchisi.
2. Cho’l tuprog’i
3. Moddalarning....
4. Og’ir tuproq
5. Nuratuvchi vosita
6. Tuproq rangi
1.
G
2.
U
3.
М
4.
U
5.
S
1. Cho’l tuprog’i
2. Hosildor yoki..tuproq
3. Darachtlar ko’p o’sadigan joy
4. Tog’ tepasi tuprog’i
5. Tuproq hosil qiluvchi
"Zanjir o’yini" tuproq nomlari va komponentlarini to’xtamasdan aytish. To’htab qolgan guruh mag’lub hisoblanadi.
masalan: sariq - qora - bo’z - qayir - qumoq - sho’rxok - namlik - g’avak -kashtan - tundra - berch - madaniy - ona jins va hokazolar.
III. Yangi mavzuni mustahkamlash 1. Tuproq deb nimaga aytiladi?
2. U qanday hosil bo’ladi?
3. Gumus nima, qanday hosil bo’ladi?
4. Tuproqdagi mineral moddalarni ayting
5. Tuproq qanday tarkibga ega?
6. Mexanik tarkibiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi?
7. Madaniy tuproqlar qanday hosil bo’ladi?
8. Nima uchun er kuzda shudgorlab, yaxob beriladi?
Dars mavzusi bo’yicha uy vazifasi berish.
Xulosalash, o’quvchilarning bilimini baholash.
Darsni yakunlash. Atrofni o’ragan past - baland tog’lar, Gullarga burkangan yam - yashil bog’lar. Hayqirib, ko’pirgan daryolar – soylar, Barchasi seniki ona tuprog’im. Mo’`tabar, azizsan hamma narsadan, Sen bilan yiroqmiz g’amu – g’ussadan. Nomardlar ko’rolmay, ko’zga surolmay, Armonda o’tmoqda ona tuprog’im. Vatan degan aziz diyorda, Ko’zga surib xoki - tuprog’in. Boshim egib sajda qilaman. Toki tanda bor ekan jonim. M.Po’latova Foydalanilgan adabiyotlar: 1. 7 - sinf geografiya darsligi
2. O’zbekiston enciklopediyasi
3. O’zbekiston konstitutciyasi
4. "Tafakkur durdonalari".
5. Shaxsiy ijod namunalari.